Kimyo fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi



Download 26,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/213
Sana09.07.2022
Hajmi26,01 Mb.
#762801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213
Bog'liq
Kimyo

M U Q A D D I M A
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya 
tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4-bandiga ko‘ra “Maktabgacha, umumiy o‘rta, 
professional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta’minlash” 
vazifasi belgilangan.
Qaror ijrosiga binoan kimyo fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Uzluksiz ta’lim 
milliy o‘quv dasturi” majmuasini tayyorlashning maqsad va vazifalari belgilandi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi 
hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari hamkorligida 32 nafar kimyo fani 
mutaxassis olimlari, tajribali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhini tashkil etdi. 
Ular ko‘magida kimyo fanidan har bir ta’lim turi uchun konsepsiyalar va alohida o‘quv 
dasturlari loyihalari tayyorlandi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 
portaliga (http://www.uzviylik.tdi.uz) joylashtirildi. Portalga 100 ga yaqin taklif va 
mulohazalar kelib tushgan. 
Uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta’minlanmaganligi ta’lim sifati va 
samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ta’lim turlari aro mavzularning takrorlanishi, 
ayrim mavzularga haddan ziyod ko‘p soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy 
ma’lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi 
muammolar aniqlandi. Xususan, Kimyo fanidan mavjud o‘quv dasturlari qiyosiy jadvallar 
asosida tahlil qilindi. Birlamchi tahlillarga ko‘ra takrorlangan mavzular 6 ta, uzviyligi 
ta’minlanmagan mavzular 14 ta, nazariy mashg‘ulot turidan amaliy mashg‘ulot turiga 
o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mavzular soni 19 ta, qisqartirilishi taklif etilgan mavzular soni 
19 ta, yangi kiritishga yoki takomillashtirishga taklif etilgan mavzular soni 22 ta, xalqaro 
tadqiqotlar bo‘yicha kiritiladigan mavzular soni 13 ta, boshqa ta’lim turiga o‘tkaziladigani 
9 ta ekanligi aniqlandi va dasturlar to‘g‘rilandi.
To‘g‘rilangan o‘quv dasturlari ikkinchi marta ta’lim inspeksiyasi saytidagi (http://
www.uzviylik.tdi.uz) muhokama portaliga joylashtirildi va ularga 150 dan ortiq takliflar 
bildirildi.
Keyingi bosqichda kimyo fani konsepsiyasi o‘quv dasturlari ( umumiy o‘rta ta’lim, AL, 
KHM va OTM uchun) O‘zFA Umumiy va noarganik kimyo institutiga, O‘zbekiston Milliy 
universitetiga, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan 
maktabiga hamda Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasiga ekspertizaga berildi 
hamda ushbu ta’lim muassasa va tashkilotlarining tajribali mutaxassislari tomonidan 1 
oy davomida ko‘rib chiqilib xulosalar olindi.
Ekspertiza xulosalarida jami 32 ta (14 ta maktab bo‘yicha, AL va KHM 10 ta, 8 ta 
OTMlar) kamchilik va takliflar aniqlanib, ular tegishli vazirliklarga taqdim etildi hamda 
mualliflar tomonidan muhokamalar qilindi. Ulardan 49 tasi dastur mazmuniga kiritildi, 
38 tasi asoslantirildi. Shuningdek, o‘quv va fan dasturlarini takomillashtirish jarayonida 
xalqaro tajribalar, jumladan, Finlyandiya tajribasi o‘rganildi. Shuningdek, umumiy 
o‘rta ta’limning o‘quv dasturlarini tahlil qilishda YuNISEF ko‘magida Singapur, Koreya, 
Yaponiya, Gonkong dasturlari, Prezident maktablari bilan Kembridj tajribasi, o‘quv 
dasturlari o‘rganildi.


6
Konsepsiya va o‘quv dasturlari vazirliklardagi metodist va mas’ullar tomonidan 
tahrirlandi hamda o‘zgartirishlar kiritildi va umumiy majmua holatiga olib kelindi.
Mazkur majmua kimyo fani bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimining yagona konsepsiyasi, 
umumiy o‘rta ta’limning 7-11-sinflari uchun o‘quv dasturi, akademik litsey uchun 2 yillik 
o‘quv dasturi, boshlang‘ich professional ta’lim ya’ni kasb-hunar maktablari uchun 2 yillik 
o‘quv dasturi va oliy pedagogik ta’limning o‘quv dasturlaridan tarkib topgan “Kimyo 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’limining milliy o‘quv dasturi” loyihasi 
hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’limning kimyo fani o‘quv dasturiga Oliy ta’lim bo‘yicha 4 ta o‘quv 
dasturlari mos ravishda tanlandi va uzviyligi ustida ishlandi, shundan mazkur majmuada 
“Kimyo fani o‘qitish metodikasi” o‘quv dasturi misol tarzida berilgan.
Bunday tajriba, ya’ni ta’lim tizimining barcha bosqichlari uchun o‘quv dasturlarining 
bir majmua tarkibiga kiritilishi va ularni umumlashtiruvchi yagona konsepsiya orqali 
mustahkamlanishi Respublikada birinchi marta amalga oshirildi. 
Ushbu jarayonda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlaridan tajribali kimyo fani 
o‘qituvchilari, olimlar, metodistlar ishtirok etishdi, barchasiga minnatdorchilik bildirgan 
holda loyiha – majmua xatolardan xoli emasligini ma’lum qilamiz. 
Sizlarga tavsiya etilayotgan loyihani takomillashtirishda fikr va mulohazalaringizga 
suyanamiz. 
Hamkorligingiz uchun oldindan rahmat.
Ta’lim sifatini nazorat qilish 
davlat inspeksiyasi tashkiliy guruhi
aloqa uchun: 71-2310753, 99 -8574213, a.nasirov@tdi.uz



Download 26,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish