Kimyo fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


-BOB. KIMYO TA’LIMINING AMALDAGI JORIY HOLATI



Download 26,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/213
Sana09.07.2022
Hajmi26,01 Mb.
#762801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213
Bog'liq
Kimyo

2-BOB. KIMYO TA’LIMINING AMALDAGI JORIY HOLATI
VA MAVJUD MUAMMOLAR
3. Hozirgi vaqtda kimyo ta’limining joriy holati va to‘plangan tajribalar tahlilidan 
quyidagilar ma’lum bo‘ladi: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini 
egallash zarur va shartligi, bu yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini 
berishi, bugungi kunda korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroqda ekanligi 
alohida ta’kidlanib, raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini 
oshirishi, shuningdek, ortiqcha xarajatlarni kamaytirishi, natijadorlikni oshirishi, bir so‘z 
bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkinligi asoslab berildi. 
Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda 
tutadigan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqish va joriy etish vaziflari 
belgilandi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborotlarning shiddatli oqimi 
oxirgi 30 yil ichida jamiyatni o‘zgartirdi. Bu esa sanoatning yetakchi tarmoqlarini 
modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni 
joriy etish, yuqori texnologiyali korxonalar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalarini 
tashkil etish, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini barpo etishga 
yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Bugungi kunda umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida ta’lim olayotgan 
o‘quvchilarda sanoatlashgan mamlakatda ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur 
ko‘nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
Shu bilan birga, katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma, 
qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning eskirganligi, kadrlar 
kompetensiyalarining iqtisodiy rivojlanish strategik maqsadlariga nomuvofiqligi
intellektual mulkni himoya qilish muammolari, oliy ma’lumot olish imkoniyatlarining 
cheklanganligi, yuqori texnologiya va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishning 
rivojlanmaganligi, inson kapitali va imidjiga zarur miqdordagi investitsiyalarning 
sarflanmasligi, malakali xodimlarning yetishmasligi, o‘rta bo‘g‘in rahbar va xodimlarning 
past darajadagi malakasi, ishchilarda mehnatga nisbatan rag‘batning yo‘qligi, ishchi va 
muhandis-texnik kasblar obro‘sining tushgani, eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi 
muammolar o‘z yechimini kutmoqda. 
Rivojlangan mamlakatlar o‘z iqtisodiy doktrinalarida tashqi tahdidlarga qarshi 
kurashishga, rivojlanayotgan mamlakatlar esa ichki tahdidlarga qarshi kurashishga ko‘proq 
e’tibor berishadi. O‘zbekiston uchun tashqi tahdidlardan biri ilg‘or texnologiyalarni 
ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida ortda qolishdir. 
Ayniqsa, zamon talabidagi raqobatbardosh kadrlar masalasidagi muammolarni 
bartaraf qilish, ta’lim rivojlanishi barqarorlashuvining eng muhim omillaridan biri – bu 
kimyo ta’limini tashkil etishda maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim 
tizimlarida uzviylikni ta’minlash va yangi bosqichga ko‘tarishdir. 


10
Kimyo sanoatida nanotexnologik o‘zgarishlarning yangi to‘lqini kutilmoqda, bu esa 
iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishda innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi 
va ko‘plab an’anaviy o‘sish omillarining ta’sirini kamaytiradi. 
Kimyo sanoatida nanotexnologik o‘zgarishlarning yangi to‘lqini kutilmoqda, bu esa 
iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishda innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi 
va ko‘plab an’anaviy o‘sish omillarining ta’sirini kamaytiradi. 
Eng yangi avlod texnologiyalarining rivojlanishidagi kechikish milliy iqtisodiyotning 
raqobatdoshligini pasaytirishi, shuningdek, o‘sib borayotgan innovatsion raqobat 
sharoitida uning zaifligini oshirishi mumkin. 
Xususan, sanoatda kutilayotgan yangi texnologik o‘zgarishlar sharoitida umumiy 
o‘rta, professional ta’lim tizimlarida kimyo fani o‘quvchi-yoshlarda mantiqiy fikrlash, 
ijodkorlik qobiliyati va mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda oliy ta’lim bosqichida 
yoki mustaqil hayotga qadam qo‘yishda zarur bo‘ladigan bazaviy kompetensiyalar va 
dunyoqarashlarni shakllantirishda asosiy yechim bo‘lib xizmat qiladi. 
Ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Buyuk Britaniya, 
Fransiya, Germaniya, AQSH, Isroil, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi 
va boshqa rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida ham kimyo ta’limi uzluksiz ta’limning 
asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, jahon mehnat bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlashning 
muhim bosqichlari va tashkil etuvchilaridan biri deb qaraladi. 

Download 26,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish