2. Ammiak NH4OH (ozroq miqdorda qo’shilsa) yashil tusli asosli tuz, masalan, (CuOH)2SO4 ni hosil qiladi, bu tuz mo’l ammiakida osongina eriydi. Bunda (pH>9) misning ravshan ko’k tusli ammiakli kompleksi hosil boladi. Cu2+ ioni uchun xarakterli bo’lgan bu reaktsiyaning tenglamasi ionli shaklda quyidagicha ifodalanishi mumkin.
2Cu2+ + SO + 2NH4 OH (CuOH)2 SO4 + 2NH
(CuOH)2 SO4 + 8NH4 OH 2 [Cu (NH3)4]2+ + SO + 2OH + 8H2O.
Misning ammiakli kompleksiga kislota qo’shilganda NH3 molekulalarining H+ ionlari bilan bog’lanib, barqaror NH4+ kompleksni hosil qilishi natijasida u ‘archalanadi. Bunda ko’k tusli eritma havo rangga kiradi (Cu2+ ionning rangi). [Cu(NH3)4]2+ kompleks ham H2S ta’sirida xuddi shunday ‘archalanadi, chunki bunda Cu2+ ionlarning kontsentrasiyasi CuS ning eruvchanlik ko’’aytmasini orttirishga yetarli bo’ladi, shuning uchun u cho’kmaga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |