Kimyo bakalavr) 2021-2022 o’quv yili I semester uchun II kurs (III semestr) namangan – 2021



Download 1,03 Mb.
bet2/97
Sana31.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#277473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
KECHKI аналитика дафтар 2-курс 1-семестр

K+ ionlarining reaksiyalari

1. Vino kislota H2C4H4O6 yoki uning natriyli nordon tuzi - natriy gidrotartarat NaHC4H4O6 kaliy tuzlarining eritmalari bilan oq kristall cho’kma - kaliy gidrotartrat KHC4H4O6 beradi.

Vino (boshqacha aytganda tartrat) kislota ancha kuchsiz organik kislotadir. Uning molekulasida oltita vodorod atomi bo’lsa ham, ulardan faqat ikkitasigina H+ ionlari holida ajraladi. Shuning uchun ham u ikki asosli kislotadir. U o’rta va nordon tuzlar hosil qila oladi. Vino kislotaning kaliyli va natriyli o’rta tuzlari (tartratlar) K2C4H4O6, NaC4H4O6 hamda natriy gidrotartrat NaHC4H4O6 suvda yaxshi eriydi. Aksincha, kaliy gidrotartrat KHC4H4O6 suvda ancha kam eriydi, bundan K+ ionini to’ishda foydalaniladi:

KCl + NaHC4H4O6 = KHC4H4O6 + NaCl

Kaliyning boshqa tuzlari ham shunga o’xshash reaktsiyaga kirishadi, masalan:

K2SO4 + 2NaHC4H4O6 = 2KHC4H4O6↓ + Na2SO4

Albatta, shunday bo’lishi kerak edi, chunki reaktsiyada faqat K+ va HC4H4  ionlarigina ishtirok etadi. Boshqa hamma ionlarni tenglamadan tushirib qoldirish mumkin. Bunda ko’rib chiqilayotgan reaktsiyaning ionli tenglamasini hosil qilamiz.

K+ + HC4H4O-6 = KHC4H4O6

Reaktsiyani o’rganish uchun konussimon ‘robirkaga kaliy tuzi (KCl yoki KNO3) eritmasidan 4 – 5 tomchi olib, NaHC4H4O6 eritmasidan shuncha tomchi qo’shiladi. ‘robirkadagi suyuqlik shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi, agar shu ondayoq cho’kma tushmasa, shisha tayoqcha bilan ‘robirka devori sekin ishqalanadi. Ga’ shundaki, reaktsiya natijasida ko’’incha bir oz vaqtdan keyingina cho’kma ajratadigan o’ta to’yingan eritmalar hosil bo’ladi. Ishqalash, chayqatish va shunga o’xshash mexanikaviy ta’sirlar cho’kma hosil bo’lishini tezlashtiradi.

Cho’kma hosil qilingach, uning xossalarini o’rganiladi.

1. Eng avval uning kristall tuzilishga ega ekanligi aniqlanadi. Buning uchun ‘robirka og’zini yo’ib to’nkariladi va uning tagiga hamda devorlariga yo’ishib qolgan KHC4H4O6 kristallari ko’zdan kechiriladi. ‘robirka shunday ushlanganda amorf (hamda juda mayda kristall tuzilishli) cho’kmalar uning devorlaridan ko’chib chiqadi.

2. Cho’kmaga kislota va ishqorlar ta’sir etish - etmasligi tekshirilib ko’riladi. Buning uchun, ‘robirkadagi suyuqlikni chayqatib turib, loyqa suyuqlikdan tomchi ‘lastinkasining uchta chuqurchasiga (yoki uchta ‘robirkaga) bir tomchidan solinadi. Ulardan biriga bir tomchi kuchli kislota (HCl, HNO3 yoki H2SO4), ikkinchisiga bir tomchi ishqor (NaOH yoki KOH) va uchinchisiga bir tomchi sirka kislota ta’sir ettiriladi. Oxirgisidan boshqa barcha hollarda cho’kma eriydi. Bunda bo’ladigan reaktsiyalar quyidagi tenglamalar bilan ifodalanishi mumkin:

KHC4H4O6↓ + H+ → H2C4H4O6 + K+

KHC4H4O6↓ + OH- → S4N4O62- + H2O + K+

3. Cho’kmaning qolgan qismiga ikki tomchi distillangan suv qo’shiladi va ‘robirkadagi suyuqlikni shisha tayoqcha bilan aralashtirib turib, suv hammomida isitiladi. Bunda ham cho’kma eriydi. Demak, KC4H4O6 ning eruvchanligi tem’eratura ko’tarilishi bilan ortar ekan.

Shunday qilib, KHC4H4O6 cho’kmasi oq kristall modda bo’lib, issiq suvda, kuchli kislotalarda va ishqorlarda eriydi, lekin kuchsiz kislota bo’lgan sirka kislotada erimaydi. Shuni ham aytish kerakki, KHC4H4O6 ko’’ miqdordagi sovuq suvda ham eriydi, shuning uchun uning reaktsiyasi uncha seziluvchan emas (suyultirish chegarasi 1:1000).

Cho’kmaning bu xossalari reaktsiyani qanday sharoitda o’tkazish kerakligini belgilab beradi. Chunonchi, KHC4H4O6 cho’kmasi issiq eritmadan hamda kuchli kislotali va kuchli ishqoriy muhitdagi eritmadan hosil bo’lmaydi. Bunga ishonch hosil qilish uchun 2 - 3 tomchi kaliy tuzi eritmasiga bir necha tomchi kuchli kislota yoki ishqor qo’shingda, hosil bo’lgan eritmadan K+ ionini to’ib ko’ring. Uni to’ib bo’larmikan?

Eritmada K+ ionining kontsentrattsiyasi oz bo’lsa ham KHC4H4O6 cho’kma hosil bo’lmasligi mumkin.

O’tkazilgan hamma tajribalardan NaHC4H4O6 yordamida K+ kationini to’ish sharoitlari quyidagicha bo’ladi, degan xulosa chiqarish mumkin:



  1. eritmada K+ ionining kontsentrattsiyasi yetarli darajada yuqori bo’lishi;

  2. reaktsiyaning sovuqda o’tkazilishi;

  3. eritma kuchsiz kislotali yoki neytral (rH = 4 - 7) bo’lishi.

Analiz vaqtida reaktsiya boradigan sharoitni talabaning o’zi yaratishga to’g’ri keladigan hollar ham bo’ladi. Agar eritma juda suyultirilgan bo’lsa, uni bug’latib kontsentrlanadi. Agar eritma kislotali yoki ishqoriy bo’lsa, uni pH kerakli qiymatga kelgunga qadar neytrallanadi. Ishqoriy eritmalarni laboratoriyadagi istalgan kislota bilan, yaxshisi sirka kislota bilan neytrallash kerak, chunki uning ortiqcha miqdori KHC4H4O6 cho’kmaning tushishiga xalaqit bermaydi. Kuchli kislotali eritmalarni NaOH bilan neytrallash mumkin-u, lekin KOH bilan qat’iyan mumkin emas, chunki bunda to’ishimiz kerak bo’lgan ionni eritmaga kiritib qo’ygan bo’lamiz. NaOH ning o’rniga natriy atsetat CH3COONa dan foydalanish qulay. Natriy atsetat tekshirilayotgan eritmadagi kuchli kislota bilan reaktsiyaga kirishib kuchsiz sirka kislotani hosil qiladi:

CH3COO- + H+ ↔ CH3COOH

Agar eritmaga natriy atsetatdan biroz ortiqroq qo’shilsa, pH = 5 bo’lgan atsetatli bufer aralashma hosil bo’ladi. Bunday muhitda KHC4H4O6 to’liq ko’chadi. Tekshiriladigan ishqoriy eritmaga bir oz ortiqroq sof sirka kislota qo’shilsa ham atsetatli bufer aralashma hosil bo’ladi.

Yuqorida aytib o’tildiki, K+ ioniga reaktiv qilib, NaHC4H4O6 o’rniga vino kislotadan foydalanish mumkin, chunki uning birinchi bosqich dissotsiyasida K+ cho’ktiruvchi HC4H4  ionlari hosil bo’ladi.

H2C4H4O6 ↔ H+ + HC4H4 

Lekin bunda kuchli kislota hosil bo’ladi, masalan:

K+ + H2 C4H4O6 ↔ KHC4H4O6↓ + H+

Bu kislota reaktsiyani qaytar qilib qo’yadi. Shuning uchun reaktsiya qilishda tekshiriladigan eritmaga tegishli reaktivdan tashqari, kislota bilan reaktsiyaga kirishib, atsetatli bufer aralashma hosil qiladigan natriy atsetat ham qo’shish kerak bo’ladi.




Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish