Lаbоrаtоriya ishi-7
VI guruh kаtiоnlаri (Cu2+, Ni2+, Co2+, Cd2+, Hg2+)
ning аnаlitik rеаktsiyalаri
Co2+ ionlarining reaktsiyalari
Kobalt tuzlarining suyultirilgan eritmalari va kristallogidratlari ‘ushti ranglidir. Bu rang gidratlangan [Co((OH)2)6]2+ ionga tegishlidir. Eritmalarni bug’latish yoki digidratlovchi moddalar, masalan, s’irt, kontsentrlangan HCl va hokazolar ta’sirida kompleks ionlarning suvni yo’qotish va ulardagi H2O molekulasining boshqa ligandlar bilan almashinishi tufayli eritmaning ‘ushti ranggi ko’kka o’tadi.
1. O’yuvchi ishqorlar NaOH va KOH Co2+ ion bilan ko’k rangli asosli tuz cho’kmasini hosil qiladi:
Co2+ + Cl- + OH- CoOHCl
Yana ishqor qo’shilsa va cho’kma qizdirlsa, ‘ushti rangli kobalt (II) – gidroksidga aylanadi:
CoOHCl + OH- Co(OH)2 + Cl-
Co(OH)2 cho’kma havoda asta – sekin kobalt (III) – gidroksidiga aylanib qo’ng’ir rangga kiradi:
4Co(OH)2 + O2 + 2H2O 4Co(OH)3
Agar kobalt tuzi eritmasiga ishqor va vodorod ‘eroksid ta’sir ettirilsa, darhol qora – qo’ng’ir cho’kma Co(OH)3 hosil bo’ladi, masalan:
2Co2+ + 4OH- + H2O2 2Co(OH)3
CHo’kma H2SO4 da erimaydi, lekin kislotali muhitda CoIII ni CoII gacha qaytaradigan aralashma (H2SO4 ning H2O2 yoki Na2NO2 bilan aralashmasi) da eriydi (bu reaktsiyani Mn ning xuddi shunday reaktsiyasi bilan solishtiring).
2. Ammiak NH4OH Co2+ ion bilan ko’k rangli asosli tuz cho’kmasini beradi. Bu tuz mo’l NH4OH da xira - sariq rangli kompleks birikma hosil qilib eriydi:
CoOHCl + 7NH4OH [Co(NH3)6]2+ + 2OH- + NH4+ + Cl- + 6H2O
Ammiak ammoniy tuzlari ishtirokida Co2+ ionini cho’ktirmaydi. Agar eritmada Fe3+, Al3+ yoki Cr3+ kationlar bo’lsa, ularni ajtatishda Co2+ ham qisman birga cho’kadi.
3. Ammoniy rodanid NH4CNS Co2+ ion bilan (NH4)2 [Co(CNS)4] tarkibli kompleks tuzni hosil qiladi:
Co2+ + 4CNS- [Co(CNS)4]2-
Eritmaga amil s’irt (yoki uning efir bilan aralashmasi) qo’shib chayqatilsa, hosil bo’ladigan kompleks birikma shu erituvchilar qavatiga o’tib (suvga nisbatan ularda yaxshiroq erigani uchun), uni ko’k rangga kiritadi.
Co2+ ionning bu xarakterli reaktsiyasini qilib ko’rishda [Co(CNS)4]2- kompleksning nihoyatda beqarorligini nazarda tutish kerak (Kbeqaror = 1·10-3).
SHunga ko’ra reaktsiya yaxshi chiqishi uchun kompleksning Co2+ va CNS- ionlarga dissotsilanishini kamaytirish, ya’ni CNS- dan ko’’roq kiritish kerak. 2 tomchi kobalt (II) tuzi eritmasiga 8 tomchi NH4CNS ning to’yingan eritmasidan ozgina qattiq tuzidan solinsa yana ham yaxshi) va 5-6 tomchi amil s’irtdan qo’shiladi. Fe3+ ion bu reaktsiyaga xalal beradi, chunki u ammoniy rodanid bilan qizil qon rang berib, Co2+ ion hosil qiladigan rangni bo’g’ib qo’yadi. SHuning uchun eritmaning qizil rangi yo’qolguncha NH4F yoki NaF eritmasidan qo’shib, Fe3+ ion [FeF6]3- kompleksga bog’lanadi.
Reaktsiya mana bunday o’tkazilsa yanada seziluvchan bo’ladi: bir oz kislota qo’shilgan 1-2 tomchi tekshiriladigan eritmaga (agar Fe3+ bo’lsa, bir necha milligramm quruq ftorid qo’shib) aralashtirib turib NH4CNS ning atsetondagi to’yingan eritmasidan 5 tomchi qo’shiladi. Co2+ ning oz – ko’’ligiga qarab eritma ko’k yoki yashil rangga kiradi. Co2+ ning kontsentratsiyasi juda kam bo’lsa, ammoniy rodanidni quruq tuz holda olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |