Kimyo bakalavr) 2021-2022 o’quv yili I semester uchun II kurs (III semestr) namangan – 2021



Download 1,03 Mb.
bet4/97
Sana31.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#277473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
KECHKI аналитика дафтар 2-курс 1-семестр

Na+ ionlarining reaktsiyalari

Natriyning ko’pchilik tuzlari suvda yaxshi eriydi. SHuning uchun Na+ ionini to’ishda qiyin eriydigan cho’kmalar hosil qilishga asoslangan reaktsiyalar juda oz. Quyida shu reaktsiyalardan ba’zilarini keltiramiz.

1. Kaliy digidroantimonat KH2SbO4 (ya’ni ortosurma kislota H2SbO4 ning kaliyli nordon tuzi) natriy tuzlarining eritmalari bilan oq kristall cho’kma – natriy digidroantimonat hosil qiladi:

Na+ + H2SbO-4 = NaH2SbO4

Reaktsiyani qilib ko’rish uchun natriy tuzi eritmasidan 2-3 tomchi olib unga reagent eritmasidan ham xuddi shuncha qo’shiladi va ‘robirka devorlari shisha tayoqcha bilan ishqalanadi. Cho’kma kristall holatda ekaniga ishonch hosil qilinadi (bu NaH2SbO4 ning muhim belgisi). Buning uchun cho’kma batamom tushguncha eritma tinch qo’yiladi, keyin ‘robirkaning og’zi teshikli ‘robka bilan bekitiladi va ‘robirka to’nkariladi. ‘robirka devorlarida kub shaklidagi yirik kristallar ko’rinadi.

Bu reaktsiyani o’tkazishda quyidagi shart – sharoitlarga rioya qilish kerak:

1) Natriy tuzining kontsentratsiyasi yetarli darajada yuqori bo’lishi zarur, NaH2SbO4 yaxshi eriydigan tuz bo’lib, u o’ta to’yingan eritmalar hosil qilishga ko’’roq moyildir, shuning uchun uning suyultirilgan eritmalaridan butunlay cho’kma tushmasligi yoki tushsa ham uzoq vaqtdan so’ng tushishi mumkin. Demak, bu reaktsiya u qadar seziluvchan emas. Shuning uchun bu tuzning suyultirilgan yoki kontsentratsiyasi noma’lum bo’lgan eritmalarini oldin bug’latib kontsentratsiyasini oshirish kerak. Cho’kma birdaniga hosil bo’lmasa, ‘robirkadagi suyuqlikni ma’lum vaqtgacha tinch qo’yish kerak va shunda ham cho’kma hosil bo’lmasagina eritmada Na+ ioni yo’q, degan xulosa chiqarish mumkin.

2) Tekshiriladigan eritmaning muhiti neytral (pH7) bo’lishi lozim. Kislotali (pH<7) muhitda reagent ‘archalanib, oq rangli amorf holatdagi cho’kma – metastibiat kislota HSbO3 hosil bo’ladi. Reaktsiya quyidagi tenglama bo’yicha boradi:

H2SbO-4 + H+  HSbO3 + H2O

Ishqoriy muhit NaH2SbO4 cho’kmaning erishiga yordam beradi, bunda suvda eriydigan o’rta tuz Na2SbO4 hosil bo’ladi. Reaktsiya yaxshi chiqishi uchun kislotali eritmalar KOH bilan, ishqoriy eritmalar esa CH3COOH bilan neytrallanadi.

Agar eritma yetarli darajada neytrallanmagan bo’lsa Na+ ioni yo’qligida amorf holatdagi cho’kma HSbO3 hosil bo’lishi mumkin. Uni krisatall holatdagi cho’kma NaH2SbO4 dan farq qila bilish kerak. Faqat amorf holatdagi cho’kma hosil bo’lishiga qarab eritmada Na+ ioni bor, deb xulosa chiqarish yaramaydi.

3) Reaktsiyani sovuqda o’tkazish lozim chunki NaH2SbO4 ning eruvchanligi (KHC4H4O6 ning eruvchanligi kabi) tem’eratura ko’tarilishi bilan juda ortib ketadi.


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish