Kimyo (5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun о‘quv qо‘llanma)


“Oddiy jismlarning, shuningdek, elementlar



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/55
Sana23.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#697832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
fayl 1716 20210831

“Oddiy jismlarning, shuningdek, elementlar 
birikmalarining shakli va xossalari elementlar atom massasining qiymatiga 
davriy ravishda bog‘liq bo‘ladi”. 
Buyuk rus olimi, davriy qonun kashfiyotchisi, elementlar davriy 
sistemasining foydalanish uchun qulay bo‘lgan dastlabki namunasini taklif etgan 
Dmitriy Ivanovich Mendeleyev (1834—1907). 
Davriy qonunning yaratilishida o‘sha davrga qadar kimyo, fizika, biologiya 
singari tabiiy fanlarda yaratilgan bir qator kashfiyotlar va qonunlar muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunday kashfiyotlar va qonunlarga quyidagilarni misol 
sifatida ko‘rsatish mumkin:
• Eramizdan avvalgi 460—370- yillarda Demokrit tabiatdagi barcha narsalar 
juda kichik zarrachalar — atomlardan tashkil topganligini bayon qildi. • Markaziy 
Osiyolik ensiklopedist olim Ar-Roziy (865—925)- atomlarning bo‘linishini va 
atom mayda bo‘laklar bilan bo‘shliqlardan iborat ekanligini va ular doimo 
harakatda bo‘lishini izohlab berdi.
• 979—1048- yillarda yashab, faoliyat ko‘rsatgan ajdodimiz Abu Rayhon 
Beruniy atomlarni bo‘linmaydigan zarrachalar deb qaraydigan olimlarga qarshi o‘z 
fikrlarini bildirgan va atomlarni bo‘linadigan (lekin cheksiz emas) mayda 
zarrachalar ekanligini e’tirof etgan. • Buxorolik buyuk tabib Abu Ali ibn Sino 
dorivor, tabiiy kimyoviy birikmalarning tarkibi va xossalariga ko‘ra sinflarga 
toifalashtirgan. 
• Ingliz kimyogari va fizigi R. Boyl (1627—1691) kimyoviy element eng 
oddiy, 
kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan modda bo‘lib, u murakkab moddalar 
tarkibiga kirishini tushuntirdi. 
• 1756- yilda M.V. Lomonosov massaning saqlanish qonunini kashf etdi. 
• 1801—1808- yillarda J.L. Prust tarkibning doimiylik qonunini kashf etdi. 
• 1803—1804- yillarda Djon Dalton atom-molekular ta’limotni rivojlantirdi 
va atom massa haqidagi tushunchani fanga kiritdi. 
• 1814- yilda Y.Ya. Berselius 46 elementning atom massalari asosida 
kimyoviy elementlar jadvalini tuzdi. 
• 1853- yilda Franklend valentlik tushunchasini fanga kiritdi. 
• 1858 yilda nemis kimyogari A.Kekule uglerod atomini to‘rt valentli 
ekanligini aytdi. 
• 1861- yilda A.M. Butlerov organik birikmalarning tuzilish nazariyasini 
kashf etdi. 
• I.V. Debereyner 1817—1829- yillarda elementlarning atom 
massalarigaasoslanib 


triadalar nazariyasini taklif etdi. 
• A.de-Shankurtua 1862- yilda kimyoviy elementlarning silindr shaklidagi 
jadvalini yaratdi. 
• Yu.L. Meyer (1830—1895) 1864- yilda elementlarning atom massalari 
ortib borishiga asoslangan jadvalni taklif qilgan. 
• J. Nyulends (1837—1898) 1865- yilda elementlar ekvivalentlariga 
asoslangan oktavalar qonunini taklif etgan. 
• 1869- yilda D.I. Mendeleyev davriy qonunni kashf etdi. 
Davriy qonun — tabiat qonuni va u tabiatda mavjud bo‘lgan bog‘liqliklarni 
aks ettiradi. D.I. Mendeleyev tomonidan davriy qonunning kashf etilishida 
elementlar atom massalari bilan xossalari orasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik borligi 
atroflicha o‘rganib chiqildi. Bir qator elementlarning oksidlari, asoslari
kislotalaridagi valentliklari o‘zgarishi asosida jadvallar tuzdi.
Davriy qonun va elementlar davriy sistemasi. Atom tuzilishi vodoroddan 
boshlab atom massalari ortib borishi tartibida joylashtirib borsak, litiydan 
boshlanib har to‘qqizinchi element birinchi elementning xossalarini takrorlashi 
ko‘rinadi. 
Litiy metallik xossasi eng kuchli bo‘lgan element. Berilliyda metallik 
xossalari zaiflashib, borga o‘tganda kuchsiz metallmaslik xossasi namoyon bo‘ladi. 
Bordan keyingi elementlarda metallmaslik xossalari ortib boradi. 
Ftor metallmaslik xossasi eng kuchli bo‘lgan element. Neon inert gaz bo‘lib, 
neondan keyingi element natriy litiyning xossalarini takrorlaydi. U ham ishqoriy 
metall, metallik xossasini kuchli ifodalaydi. Valentligi I ga teng. Tartib raqami 11 
ga teng bo‘lgan, natriydan boshlangan qatorda ham metallic xossalari asta-sekinlik 
bilan zaiflashib boradi. Magniy esa valentligi II bo‘lgan metall bo‘lib, berilliyga 
o‘xshaydi. Metallik xossasi aluminiyda yana ham zaifroq. Kremniy kuchsiz 
metallmas, metallmaslik xossasi ortib boradi. Xlor kuchli metallmasdir. U o‘z 
xossalari bilan ftorning xossalarini takrorlaydi. Argon inert gaz. Argondan keyingi 
element kaliy, litiy va natriyning xossalarini takrorlaydigan ishqoriy metalldir. 
Demak, elementlarning xossalari davriy ravishda takrorlanadi. D.I. Mendeleyev 
davriy qonunni kashf qilgan davrda ko‘p elementlarning atom massalarida 
noaniqliklar bor edi, ko‘p elementlar kashf qilinmagan edi. Shuning uchun davriy 
qonunni yaratishda bir qator qiyinchiliklar tug‘ildi. Argon (Ar)ning atom massasi 
40, argondan keyingi element kaliy (K) ishqoriy elementlar kabi bo‘lishi kerak edi 
va ishqoriy metallarning ostiga joylanishi lozim edi. Ammo atom massasi 39. Agar 
kaliyning o‘rnini argon bilan almashtirsak-chi? Unda inert gazlar qatoriga ishqoriy 
metall, ishqoriy metallar qatoriga inert gaz tushib qolardi va davriy qonun buzilgan 
bo‘lar edi. Davriy qonunning to‘g‘riligiga ishonib, argonga (atom massasi kaliydan 
biroz katta bo‘lsa ham) 18- tartib raqami, kaliyga esa 19- tartib raqami 
berildi. Davriy qonun buzilmadi. Ammo, bunday almashtirishlardan ma’lum 
bo‘ldiki, elementlarning xossalari atom massalaridan ham boshqa muhimroq 
ko‘rsatkichga bog‘liq ekan.
Davriy qonun hozirgi vaqtda quyidagicha ta’riflanadi: 


Kimyoviy elementlarning va ular hosil qiladigan oddiy hamda murakkab 
moddalarning xossalari shu elementlar atom yadrosi zaryadiga davriy ravishda 
bog‘liq. 
 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish