Kimyo (5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun о‘quv qо‘llanma)



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/55
Sana23.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#697832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
fayl 1716 20210831

Jami: 
100 
 
 
1-MAVZU: КIMYO FАNI VA UNING АSОSIY VAZIFALАRI. 
D.I.MЕNDЕLЕYEVNING DАVRIY JАDVАLI VА DАVRIY QОNUNI. 
Reja: 
 
1.
Kimyo fani va uning asosiy vazifalari 
2.
Kimyoviy elementlar davriy jadvali 
3.
Atom tuzilishi 
 
Tayanch so’zlar: 
Kimyogar olimlar, tabiy va sintertik moddalar, davriy 
qonun, atom, oddiy modda, murakkab modda, qator, davr, gruppalar, elementlar 
oilalari. 
 
Kimyo - moddalar, moddalarning xossalari va ularning bir-biriga 
aylanishini o‘rganadigan fandir. 
Kimyo tabiatdagi barcha mavjudotlar turli ko‘rinishdagi kimyoviy 
moddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda, ularning bir turdan boshqa 
turga o‘zgarish qonuniyatlarini, shuningdek, moddalaming xossalarini o‘rganuvchi 
fan hisoblanadi. Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir. 
Tabiatdagi yer, suv, havo, osmon jismlari, jonli va jonsiz barcha 
mavjudotlar, kundalik turmushda foydalaniladigan uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-
ovqat mahsulotlari, umuman, atrofimizdagi butun borliq kimyoviy moddalardan 
tarkib topgan. Moddalar esa hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan 118 ta kimyoviy 
elementning u yoki bu tarzda o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘lgan birikmalardir. 
Kimyo fani butun borliqdagi kimyoviy o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘ladigan 


moddalarning xossalarini o‘rganadi, ulardan foydalanish yo‘llarini aniqlaydi va 
insoniyat uchun muhim bo‘lgan moddalami topishda bevosita ishtirok etadi. 
Tabiatda mavjud bo‘lmagan, sintetik yo‘llar bilan hosil qilingan polietilen, 
plastmassalar, dori vositalari, kapron, neylon kabi tolalar, avtomobil va boshqa 
texnik vositalaming ko‘plab ehtiyot qismlari sintetik kimyoviy moddalardir. Tabiiy 
va sintetik kimyoviy moddalardan kimyoviy usullar yordamida inson organizmi 
uchun sun’iy organlar, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, 
turmush uchun zarur bo‘lgan turli-tuman anjomlar, qurilish materiallari va 
boshqalar tayyorlashda keng foydalanilmoqda. Bulaming barchasi moddalarning 
fizik va kimyoviy xossalarini o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Shiming uchun 
moddalarning kimyoviy va fizik xossalarini o‘rganish kimyo fanining asosiy 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Hayotni kimyo fanisiz tasavvur qilish mumkin 
bo‘lmaganligi tufayli, atrofimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlaming mohiyatini 
tushunish uchun moddalami va ularning kimyoviy o‘zgarishlari qonuniyatlarini 
bilish talab etiladi. Kimyoviy moddalar va ulardagi o‘zgarishlardan insoniyat o‘z 
ehtiyojlari uchun qadimdan foydalanib kelgan. Xitoy, Misr, Markaziy Osiyoda 
qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, turli xil bo‘yoqlar ishlab 
chiqarishda, me’moriy obidalami barpo etishda, kiyim-kechaklar tayyorlashda 
kimyoviy moddalar va hodisalardan keng foydalanganlar. Jahonga tanilgan buyuk 
ajdodlarimiz Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino VIII-X asrlardayoq 
o‘zlarining ilmiy asarlarida kimyoviy moddalardan turmush ehtiyojlarida va turli 
xil xastaliklarni davolashda foydalanish yo‘llari haqida dastlabki qimmatli 
ma’lumotlarni keltirganlar. Abu Ali ibn Sino dorivor moddalami ma’lum tarkibda 
bo‘lishini ta’riflash orqali tarkibning doimiylik qonuniga, ulami sodda va 
murakkab dorilarga toifalash orqali atom-molekular ta’limotning dastlabki 
tushunchalari shakllanishiga asos solganligi yurtimizda kimyoviy bilimlar bilan 
shug‘ullanish tarixi chuqur ildizlarga ega ekanligidan dalolat beradi. O‘rta asrlarga 
kelib, Yevropadagi rivojlanish kimyo sohasida ham o‘z aksini topdi. XVII asrda 
nemis olimi G.Shtal flogiston nazariyasini yaratdi. XVIII asrda rus olimi 
M.Lomonosov moddalar haqidagi element va korpuskulalar to‘g‘risidagi fikrlarini 
bayon qilish orqali atom-molekular ta’limot to‘g‘risidagi tushunchalami 
rivojlantirdi. Fransuz olimi A.Lavuazye yonish va oksidlanish jarayonlari haqida 
ilmiy nazariyalarni yaratdi. Ingliz olimi J.Dalton o‘z tajribalariga asoslanib, 
atomistik nazariya asoslarini bayon etgan bo‘Isa, 1869-yilda rus olimi 
D.Mendeleyev tomonidan o‘sha davrgacha ma’lum bo‘lgan kimyoviy elementlami 
sinflash muvaffaqiyatli amalga oshirilib, elementlar Davriy jadvali yaratildi. Shu 
davrda rus olimi A. Butlerov organik moddalarning tuzilish nazariyasi asoslarini 
bayon etdi. Kimyo fani rivojiga G.Devi, N.Bor, M.Svet, E.Franklend, A.Kekule, 
V.Markovnikov, M.Faradey, Sh.Vyurs, Gey- Lyussak, S.Arrenius, E.Rezerford, 
M.Skladovskaya-Kyuri, P.Kyuri, N.Zelinskiy, N.Zinin, M.Kucherov, A.Favorskiy, 
P.Shorigin, 
N.Semyonov, 
A.Nesmeyanov, 
N.Kochetkova, 
V.Sergeyev, 
I.Azerbayev, A.Quatbekov, O.Sodiqov, S.Yunusov, H.Usmonov, M.Nabiyev, 
X.Oripov, S.Sobirov, Q.Uteniyazov va boshqa taniqli olimlar o‘z hissalarini 


qo‘shdilar. XX asr oxirlariga kelib, kimyo fani yanada jadal sur’atlar bilan 
rivojlandi.
1991-yilda O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, kimyo fani va kimyo 
sanoati rivojlanishi uchun juda katta imkoniyatlar ochildi. Natijada, Mingbuloq, 
Ko‘kdumaloq, Sho‘rtan va boshqa neft-gaz konlarining ochilishi va ular negizida 
kimyo sanoatining rivojlanishi natijasida O‘zbekistonda neft va neft mahsulotlarini 
chetdan olib kelishga barham berish bilan birga, ulami chet mamlakatlarga eksport 
qilish imkoniyatlari yaratildi. Shuningdek, yerosti foydali qazilmalari zaxiralaridan 
oqilona foydalanish orqali sanoat uchun qimmatbaho bo‘lgan o‘nlab kimyoviy 
mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Asakada ishlab chiqarilayotgan 

Damas



Spark



Neksiya



Matiz



Lasetti



Epica



Captiva



Malibu



Cobalt



Orlando

hamda Samarqandda ishlab 
chiqarilayotgan 

Otayo’l



MAN

rusumli avtomobillarining Toshkentda 
ishlab chiqarilayotgan traktor va samolyotlarning o’nlab ehtiyot qismlari sintetik 
kimyoviy mahsulotlardir. Ularning barchasi O’zbekistonda tayyorlanayotganligi 
kimyo fani yutuqlarining natijalaridandir.
 
Hozirgi vaqtda davriy sistemani tasvirlashning 500 dan ortiq 
variantlari 
bor: bular davriy qonunning turli shakldagi ifodasidir. 
D.l.Mendeleyev 1-mart 1869-yilda taklif etgan elementlar
sistemasining 
birinchi varianti uzun shakldagi variant deyilar edi.
Bu variantda davrlar bitta 
qatorga joylashtirilgan edi. 1870-yil dekabrda
u davriy sistemaning ikkinchi —
qisqa shakldagi variantini bosib 
chiqardi. Bu variantda davrlar qatorlarga, 
gruppalar esa gruppachalarga (bosh va yonaki) bo‘lingan edi. 
7-davrda tartib raqamlari 90—103 bo’lgan 14 element aktinoidlar oilasini 
hosil qiladi. Ular ham alohida — lantanoidlar ostiga 
joylashtirilgan, tegishli 
katakchada esa ularning sistemada joyla
shish ketma-ketligi ikkita yulduzcha 
bilan ko‘rsatilgan: Ac — Lr Lekin lantanoidlardan farq qilib, aktinoidlarda 
gorizontal analo
giya bo'sh ifodalangan. Ular birikmalarida ko‘pincha turli xil 
oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Masalan, aktiniyning oksid
lanish 
darajasi +3, uranniki +3, +4, +5 va +6. Aktinoidlarning 
yadrolari beqaror 
bolganligi sababli ularning kimyoviy xossala
rini o‘rganish juda murakkab ishdir. 
Davriy sistemada vertikal bo‘yicha sakkizta gruppa joylashgan
(rim 
raqamlari bilan belgilangan). Gruppaning tartib raqami elementlarning 
birikmalarida namoyon qiladigan oksidlanish darajalari bilan bog'liq. Odatda, eng 
yuqori musbat oksidlanish darajasi gruppa raqamiga teng. Ftor bundan mustasno 
— uning oksidlanish darajasi — 1 ga teng; mis, kumush, oltin +1, +2 va 
+3
oksidlanish darajalarini namoyon qiladi; VIII gruppa elementlaridan faqat 
osmiy, ruteniy va ksenon +8 oksidlanish darajasini
namoyon qiladi. 


D.l.Mendeleyev elementlar davriy sistemasining uzun shaklida
ham 7 davr 
va 18 gruppa bor. Gruppalar A yoki В harfli rim 
raqamlari bilan raqamlanadi. 
Lantanoidlar ham, aktinoidlar ham
oilalar deyiladi va hech qaysi gruppaga 
kiritilmaydi. 
1869- yilda rus olimi D.I. Mendeleyev kimyoviy elementlarning Davriy 
qonuniga quyidagicha ta’rif berdi: 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish