Kimyo (5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun о‘quv qо‘llanma)



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/55
Sana23.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#697832
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
fayl 1716 20210831

Metallurgiya
 — bu tabiiy xomashyodan sanoatda metallar olish usuli 
haqidagi fan. Metallurgiya sanoati ham metallurgiya deyiladi.
Hozirgi metallurgiyada 75 xildan ko‘p metallar va ular asosida turli-tuman 
qotishmalar olinadi. Metallar olishning usullariga qarab piro-, gidro- va 
elektrometallurgiya bo‘ladi. 
Pirometallurgiya metallurgiyada yetakchi o'rinni egallaydi. U rudalardan 
metallarni yuqori temperaturalarda qaytarish reaksiyalari yordamida olish 
usullarini o‘z ichiga oladi. Qaytaruvchilar sifatida ko‘mir, aktiv metallar, uglerod 
(II) oksid, vodorod, metan ishlatiladi. Masalan, ko‘mir bilan uglerod (II) oksid qizil 
mis rudasi (kuprit) Cu
2
O dan misni qaytaradi: 
C u
2
O + C = 2 C u + CO 
Cu
2
O + CO = 2 C u + CO 
2
Temir rudalaridan cho‘yan va po‘lat olish ham pirometallurgiyaga misol 
bo‘ladi. 
Agar ruda metall sulfidi boisa, u oldin kuydirib oksidlash (havoli joyda 
kuydirish) yo‘li bilan oksidga aylantiriladi. Masalan: 
2Z nS+302= 2 Z n 0 + 2 S 0 2 
So'ngra metall oksidi ko‘mir yordamida qaytariladi: 
2 Z n 0 + C = 2 Z n + C 0 2 
Ko‘mir (koks) bilan qaytarib olinadigan metallar karbidlar hosil qilmaydigan 
yoki beqaror karbidlar (uglerodli birikmalar) hosil qiladigan hollardagina 
qo‘llaniladi; bunday metallarga temir va ko‘pchilik rangdor metallar — mis, rux, 
kadmiy, germaniy, qalay, qo‘rg‘oshin va b. kiradi. 
Metallarni ularning birikmalaridan kimyoviy jihatdan aktivroq bo’lgan 
boshqa metallar bilan qaytarish metallotermiya deyiladi. Bu jarayonlar ham yuqori 
temperaturalarda sodir bo‘ladi. Qaytaruvchilar sifatida aluminiy, magniy, kalsiy, 
natriy shuningdek, kremniy ishlatiladi. Agar qaytaruvchi aluminiy bo‘lsa, u holda 
jarayon aluminotermiya, agar magniy bo'lsa — magniytermiya deyiladi. Masalan: 
Cr20 3+2A1 =2Cr+Al 20 3; TiCl4+2M g=Ti+2M gCl2 


Metallotermiya yo‘li bilan, odatda, qaytarilganda ko‘mir bilan karbidlar 
hosil qiladigan metallar (va ularning qotishmalari) olinadi. Bular — marganes, 
xrom, titan, molibden, volfram va b. Ba’zan metallar ularning oksidlaridan 
vodorod bilan qaytariladi. 
Gidrometallurgiyaga metallarni tuzlarining eritmalaridan olish usullari 
kiradi. Bunda ruda tarkibiga kiradigan metall dastlab mos reagentlar yordamida 
eritmaga o‘tkaziladi, so'ngra shu eritmadan ajratib olinadi. Masalan, tarkibida mis 
(II) oksid CuO bor mis rudasiga suyultirilgan sulfat kislota bilan ishlov berilganda 
mis sulfat holida eritmaga o‘tadi: 
Cu0+H2S04=CuS04+H,0 
So'ngra mis eritmadan elektroliz yo'li bilan yoki temir kukuni yordamida 
siqib chiqarish orqali ajratib olinadi: 
CuS04+Fe = Cu+FeS04 
Hozirgi vaqtda qazib olinadigan barcha misning
 25% ga yaqini 
gidrometallurgiya usuli bilan olinadi. Bu usulning kelajagi porloq, chunki rudani 
yer yuzasiga chiqarmay turib metallar olishga imkon beradi.
Oltin, kumush, rux, kadmiy, molibden, uran va boshqa metallar ham shu 
usul bilan olinadi. Tarkibida yombi oltin bor rudaga maydalangandan keyin kaliy 
sianid 
eritmasi bilan ishlov beriladi. 
Bunda oltinning hammasi eritmaga o'tadi. U eritmadan elektroliz usulida 
yoki rux metali bilan siqib chiqarish orqali ajratib olinadi 
Elektrolizdan ba’zi metallarni tozalash uchun ham foydalaniladi. 
Tozalanadigan metalldan anod tayyorlanadi. Elektroliz vaqtida anod eriydi, metall 
ionlari eritmaga o'tadi, katodda esa ular cho'kadi. Elektrolitik toza metallar: mis, 
kumush, temir, nikel, qo'rg'oshin va boshqalar ana shunday olinadi. 
Hozirgi yarimo'tkazgichlar texnikasi bilan atom texnikasiga nihoyatda toza 
(qo'shimchalar miqdori ko'pi bilan 10“%) metallar zarur. Metallarni puxta 
tozalashning eng muhim usullari zonali suyuqlantirish, metallarning uchuvchan 
birikmalarini qizdirilgan sirtda parchalash, metallarni vakuumda qayta 
suyuqlantirish va b. 
Shunday qilib, metallarni birikmalaridan olishning barcha usullari 
oksidlanish-qaytarilish jarayonlariga asoslangan. 
Metallar korroziyasi va qattiq qotishmalar. Hozirgi kunda metallar eng 
muhim konstruktsion material bo`lib, turli sharoitda (havoda, suvda, yer ostida) 
ishlaydi. Metallarning ishlash sharoitida ularni yemiruvchi ko`pgina moddalar 
bo`ladi. Bunday sharpoitda metallar qisman yoki butunlay yemirilishi, ya'ni 
korroziyaga uchrashi mumkin. Metallarning korroziya tufayli bo`ladigan 
isrofgarchiligi yiliga bir necha mln. tonnani tashkil etadi. Binobarin, metallar 
korroziyasi xalq xo`jaligiga kata ziyon yetkazadi. Shuning uchun, ularni 
korroziyadan asrash davlat ahamiftiga ega bo`lgan muhim masaladir. Metallar 
korroziyasining oldini olish uchun esa, avvalo, korroziya jarayonining mohiyatini, 
uning turli sharoitda qanday borishini bilish zarur. 
Ma'lumki, metallarning juda ko`pchiligi tabiatda kimyoviy birikmalar 
tarkibiga kirgan holda bo`ladi va ularning bu holati eng barqaror holat hisoblanadi. 
Metallurgiya jarayonlarida metallar anna shu birikmalaridan ajratib olinadi va 


bunda metallarning barqaror holati buziladi, ammo metallar qulay sharoit kelganda 
barqaror holatini tiklaydi, ya'ni kislorod va boshqa elementlar bilan birikadi. 
Korroziyaning sodir bo`lish jarayoni ana shundan iborat. 
Metallarning tashqi muhit bilan fizik – kimyoviy o`zaro ta'siri oqibatida 
yemirilishi 
metallar korroziyasi 
deb ataladi. 
Metallar korroziyalanganda ularning fizikaviy va mexanikaviy xossalari 
pasaayib ketadi. Korroziya hodisasi mashinalarning ishqalanuvchi qismlari 
orasidagi ishqalanishni kuchaytiradi, asbob va apparatlarning elektrik xossalarini 
pasaytiradi. 
Metallarning korroziyalanish tezligigina emas, balki ularning sirtida 
korroziyalanganjoylarning qanday taqsimlanishi ham nihoyatda muqimdir. Agar 
metalning butun sirti bir qadar tekis korroziyalangan bo`lsa, bunday korroziya 
tekis 
korroziya 
deb ataladi. Agar metall sirtining ko`p qismi korroziyalanmay, ayrim 
joylarigina 
korroziyalansa, 
bunday 
korroziya 
mahalliy 
korroziya 
deyiladi. 
Korroziya qanchalik notekis bo`lsa, u shunchalik xavflidir. Po`lat va ba'zi metallar 
chuchuk va sho`r suvda, tuproqda, ba'zi oksidlovchi muhitda, ko`pincha, mahalliy 
korroziyalanadi. Metall donalari (kristallitlari) chegarasi yemirilsa, bunday 
korroziya 
kristallitlararo korroziya 
deb ataladi. Korroziyaning bu turi nihoyatda 
xavflidir, chunki bunday korroziyalangan metalning mexanikaviy xossalari kuchli 
darajada pasaygan bo`lishiga qaramay, uning tashqi ko`rinishi deyarli 
o`zgarmaydi. Metallga agressiv muhit va mexanikaviy (statikaviy va dinamikaviy) 
kuchlanishlar bir vaqtda vaqtda ta'sir etsa bu metallda 
korrozion darzlar 
hosil 
bo`ladi. 
Metallarning korroziyalanish jarayoni xarakteriga ko`ra, barcha korroziya 
hodisalarini ikkita kata guruhga bo`lish mumkin:
1.
Kimyoviy korroziya
2.
Elektrokimyoviy korroziya.

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish