Kimyo (5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun о‘quv qо‘llanma)



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/55
Sana23.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#697832
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
fayl 1716 20210831

Adsorbsiya
. Ko'mir (ayniqsa, pista ko'mir)ning adsorblash xususiyati juda 
kuchli bo'ladi. 
Ko‘mirning va boshqa qattiq yoki suyuq moddalarning o‘z sirtida bug‘, 
gaz va erigan moddalarni ushlab qolish xossasi 
adsorbsiya
 deyiladi.
Yuzasida adsorbsiya sodir bo'ladigan moddalar 
adsorbentlar
deyiladi. 
Adsorblanadigan moddalar
 adsorbatlar
deyiladi. Agar, masalan siyoh eritmasini 
mayda tuyilgan ko'mirga qo'shib chayqatilsa va so'ngra aralashma filtrlansa, u 
holda filtratda rangsiz suyuqlik — suv bo'ladi. Bu holda erigan bo'yoqning 
hammasi ko'mirga adsorblanadi. Ko'mir — adsorbent, bo'yoq — adsorbat. 
Texnikada adsorbentlar sifatida alumosilikatlar, sintetik smolalar va boshqa 
moddalar ishlatiladi. 
Ko'mirning adsorblash xususiyati uning g'ovakligi tufaylidir. ( i'ovaklar soni 
qancha ko'p bo'lsa, ko'mirning sirti shuncha katta va adsorblash xususiyati shuncha 
kuchli bo'ladi. Odatda pista ko'mirning g'ovaklari turli xil moddalar bilan qisman 
to'lgan bo'ladi, bu esa uning adsorblash xususiyatini kamaytiradi. Adsorbsiyani 
kuchaytirish uchun ko'mirga maxsus ishlov beriladi suv bug'i oqimida qizdirib, 
g'ovaklari ifloslantiruvchi moddalardan tozalanadi. Shunday ishlov berilgan 
ko'mir 
aktiv ko'mir
deyiladi. 
Aktiv ko'mir shakar sharbatini unga sariq rang beruvchi qo'shimchalardan 
tozalash, o'simlik moylari va yog'larni tozalash uchun keng ko'lamda ishlatiladi. 


Aktiv ko'mirdan tayyorlangan tabletkalardan («karbolen») tibbiyotda organizmdan 
zararli moddalarni chiqarib yuborish uchun foydalaniladi. Aktiv ko'mir 
protivogazlarda zaharlovchi moddalarni yutib qolish uchun ishlatiladi. 
N.D.Zelinskiy yaratgan filtrlovchi protivogazdan 1914— 1918- yillardagi jahon 
urushida foydalanilgan, bu esa bir necha o'n minglab kishilarning hayotini saqlab 
qolishga imkon bergan. 
Kimyoviy xossalari. Odatdagi temperaturada ko'mir ancha inert bo'ladi. 
Uning kimyoviy aktivligi yuqori temperaturalardagina namoyon bo'ladi. Ko'mir 
oksidlovchi sifatida ba’zi metallar va metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. 
Uglerodning metallar bilan hosil qilgan birikmalari
 karbidlar
deyiladi. 
Vodorod bilan ko‘mir nikel katalizator ishtirokida va qizdirilganda metan — 
tabiiy yonuvchi gazlarning asosiy tarkibiy qismini hosil qiladi: 
C+2H
2
=CH
4
Lekin ko‘mir qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladigan reaksiyalarga 
ko‘proq kirishadi. Bu hoi ко‘miming istalgan allotropik shakl o'zgarishining to‘liq 
yonishida ko‘rinadi: 
C+0
2
=C0
2
Ko'mir temir, mis, rux, qo‘rg‘oshin va boshqa elementlarni ularning 
oksidlaridan qaytaradi, uning bu xossasidan metallurgiyada shu metallami olishda 
keng ko‘lamda foydalaniladi. Masalan:
2ZnO+C=2Zn+CO
2
Ko‘miring juda muhim kimyoviy xossasi — uning atomlarining bir-biri 
bilan birikib, puxta bog‘lanishlar — uglerod zanjirlari hosil qilishidir. 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish