Suv molekulasidagi kimyoviy bog’lanishda qaysi orbitallardagi elektronlar ishtirok etadi?
A) 1s – 2s B) 2p – 2p C) 1s – 2p D) 2s – 2p
4,48 l gazda 18,06*1023 ta elektron bo’lsa, gaz formulasini aniqlang.
A) NO B) NH3 C) CO D) H2S
Laboratoriyada ozon olish reaksiyasidan foydalanib 4,48 l ozon olish uchun kerak bo’ladigan kislota massasini (g) aniqlang.
A) 29,4 g B) 49 g C) 58,8 g D) 39,2 g
56 g is gazini yoqishga yetarli bo’lgan kislorodni necha gr kaliy permanganatni parchalab olish mumkin?
A) 316 g B) 158 g C) 237 g D) 79 g
Fosfor (V) oksidining ekvivalent massasini toping.
A) 28,4 B) 71 C) 35,5 D) 14,2
8 g vodorod va 3 mol kislorod aralashmsi portlatilgandan so’ng hosil bo’lgan mahsulotlarning yig’indisini (g) toping.
A) 104 g B) 72 g C)108 g D) 100 g
Oltingugurt (IV) oksid va kislorod aralashmasining 120 ml miqdori portlatildi. Bunda 30 ml kislorod ortib qolgan bo’lsa, dastlabki aralashmadagi kislorodning hajmini (ml) aniqlang.
A) 80 B) 70 C) 60 D) 50
Quyida berilgan jadval ma’lumotlari asosida to’g’ri javobni aniqlang?
Metall
|
HCl
|
H2SO4
|
NaOH
|
H2O
|
X
|
–
|
+
|
–
|
–
|
Y
|
+
|
+
|
–
|
+
|
Z
|
–
|
–
|
–
|
–
|
K
|
+
|
+
|
+
|
–
|
+ Kirishadi; – Kirishmaydi;
|
X
|
Y
|
Z
|
K
|
A)
|
Ag
|
Ca
|
Pt
|
Fe
|
B)
|
Cu
|
Na
|
Au
|
Al
|
C)
|
Fe
|
Ag
|
Cu
|
Na
|
D)
|
Hg
|
Ca
|
Ag
|
Zn
|
Natriy gidroksidning 200 ml 3 M li va 300 ml 4 M li eritmalari aralashtirilishi natijasida hosil bo’lgan yangi eritmaning molyar konsentratsiyasini toping.
A) 3,2 B) 3,6 C) 3,5 D) 3,8
Molekulalarni tarkibidagi π – va σ – bog’lar yig’indisi ortib borish tartibida joylashtiring.
1) aluminiy gidroksosulfat;
2) aluminiy gidrokarbonat;
3) aluminiy sulfat;
4) aluminiy fosfat.
A) 4, 2, 1, 3 B) 2, 3, 1, 4
C) 2, 4, 3, 1 D) 4, 1, 2, 3
Sulfat kislota molekulasidagi sp3 – orbitallarida nechta elektron harakatlanishi mumkin?
A) 20 B) 12 C) 16 D) 14
Ekvimolar nisbatda olingan azot va vodorod aralashmasidan 34 g ammiak olindi. Hosil bo’lgan yangi aralashmada faqat ikki xil gaz borligi ma’lum bo’lsa, qaysi gazdan necha gramm ortgan?
A) 56 g N2 B) 4 g H2 C) 28 g N2 D) 2 g H2
Tarkibida massa jihatdan 28 % Fe tutgan Fe va noma’lum Me (II) ning 100 g aralashmasini to’la eritish uchun HCl ning 0,5 N li eritmasidan 14 litr sarflandi. Me ni aniqlang.
A) Sn B) Zn C) Ti D) Mg
30 talik № 4
Quyidagilardan bog’i qutbli, molekulasi qutbsiz bo’lganlarini tanlang.
A) SiH4, PH3 B) SO2, NH3
C) SO3, CCl4 D) CH3Cl, CH4
Quyidagilarning qaysi birida ion radius eng katta ?
A) Cl- B) Cl+ C) Cl+3 D) Cl+5
Kvant sonlari n = 3, l = 2, m = 0, ms = +1/2 va n = 4, l = 1, m = 0, ms = -1/2 shunday bo’lgan elektronlar o’zaro necha birlikka farq qiladi?
A) 9 B) 12 C) 17 D) 21
Qaysi qatorda elementlarning ionlanish potensiali kamayib boradi?
A) Cs, Rb, K, Na B) Mg, Ca, Sr, Be
C) Li, K, Na, H D) He, Ne, Ar, Kr
III valentli qaysi element oksidining nisbiy molyar massasi 152 g/mol ga teng?
A) As B) Fe C) Cr D) P
1:3 mol nisbatda olingan karbonat angidrid va is gazi aralashmasining o’rtacha molyar massasini (g/mol) aniqlang.
A) 42 B) 25,6 C) 28 D) 32
Kimyoviy element atomining 5 – pog’onasida 9 ta elektron bo’lsa, elementning elektron konfiguratsiyasini ko’rsating.
A) …6s25d3 B) …6s26p6
C) …6s25d1 D) …6s25d5
200 g 30 % li sulfat kislota eritmasiga necha gramm suv qo’shilganda 20 % li eritma hosil bo’ladi?
A) 50 B) 100 C) 150 D) 200
Qaysi metal temir (II) sulfat eritmasidan temirni siqib chiqara oladi?
A) Cr B) Ni C) Pb D) Sn
0,5 mol sulfat kislotaga necha gramm suv qo’shilganda, hosil bo’lgan eritmadagi vodorod va kislorod atomlari nisbati 1,4:1 bo’ladi?
A) 74 B) 36 C) 90 D) 54
65 g suvga necha gramm kaliy oksid eritilsa 50 % li eritma hosil bo’ladi?
A) 47 B) 16,25 C) 18,8 D) 56,4
Silan va metan gazlar aralashmasida silanning proton va neytronlar yig’indisi metanning elektron va neytronlar yig’indisidan 1,5 marta kichik. Aralashmadagi silanning hajmiy ulushini toping?
A) 20 B) 25 C) 50 D) 75
20 % li o’yuvchi natriy eritmasining molyal konsentratsiyasini hisoblang.
A) 25/4 B) 29/4 C) 25/3 D) 29/3
Mn+2 kationidagi toq elektronlar soni Cr+3 kationidagi toq elektronlar sonidan nechtaga ko’p?
A) 4 B) 1 C) 2 D) 3
Cm xα + yβ- + U
Ushbu yadro reaksiyasida 124 g Cm yemirilishidan 118 g U izotopi hosil bo’ldi. Agar x va y ning qiymatlari 1,5:1 nisbatda bo’lsa, U izotopining nisbiy atom massasini aniqlang.
A) 234 B) 236 C) 238 D) 240
Qaysi metal hosil qilgan oksidining ekvivalent molyar massasi kislorodning ekvivalent molyar massasidan 3,5 marta katta bo’ladi?
A) Zn B) Mg C) Cu D) Ca
Berilgan molekulalarni bog’lanish energiyasi ortib borishi tartibida joylashtiring.
1) H – F; 2) H – Cl; 3) H – I; 4) H – Br
A) 3, 2, 1, 4 B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 4, 3 D) 3, 4, 2, 1
Normal sharoitda bir idishga azot to’ldirib o’lchanganda massasi 32,8 g, ozon to’ldirib o’lchanganda 44,8 g bo’lsa, noma’lum gaz to’ldirib o’lchanganda 25,6 g kelsa, noma’lum gazni aniqlang.
A) CH4 B) C2H2 C) O2 D) Ne
Guruhlarda yuqordan pastga qarab elementlarning ionlanish energiyasi, qaytaruvchilik, elektronga moyillik va atom radiusi qanday o’zgaradi (berilgan tartibda)?
A) ortadi, kamayadi, ortadi, kamayadi
B) ortadi, ortadi, ortadi, kamayadi
C) kamayadi, ortadi, kamayadi, ortadi
D) kamayadi, kamayadi, kamayadi, ortadi
500 C da 60 g suvda 45 g tuz eritilsa to’yingan eritma hosil bo’ladi. 300 C da shu tuzning eruvchanligi 500 C dagiga nisbatan 15 g ga kam bo’lsa, tuzning 300 dagi eruvchanligini toping.
A) 40 B) 60 C) 36 D) 50
Suvsiz sulfat kislota tayyorlash uchun 200 g 73 % li sulfat kislota eritmasida necha gramm SO3 eritish kerak?
A) 120 B) 160 C) 240 D) 320
Mol nisbati 1:1,5:1,5 bo’lgan Cu, Zn, Al qotishmasining 2/3 qismi natriy gidroksid eritmasiga qo’shilganda 33,6 l (n.sh da) gaz ajraldi. Qotishmaning qolgan qismini konsentrlangan nitrat kislotada eritilganda necha litr (n.sh) gaz ajraladi?
A) 11,2 B) 44,8 C) 67,2 D) 22,4
Ca(OH)2 va HCl reaksiyasi natijasida jami necha xil tuz hosil bo’lishi mumkin?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 1
Vodorod bog’lanish hosil qilmaydigan moddalarni tanlang.
1) chumoli kislota; 2) benzol; 3) sirka aldegid;
4) etil spirt; 5) aseton; 6) etilen; 7) ortoftor fenol; 8) suv
A) 1, 4, 7, 8 B) 2, 3, 5, 6
C) 4, 5, 6, 8 D) 3, 4, 6, 7
Sariq qon tuzidagi markaziy atomning valentligi va oksidlanish darajasi nechaga teng?
A) VI; +3 B) IV; +3 C) VI; +2 D) VI; +4
300 C da to’yingan eritmada suvning massasi tuzning massasidan 2,5 barobar ko’p bo’lsa, tuzning shu haroratdagi eruvchanligini aniqlang.
A) 25 B) 60 C) 35 D) 40
Teng massada olingan ishqoriy metall va suv reaksiyasidan 1 g suv ortib qoldi va 2,24 litr (n.sh) gaz ajraldi. Metalni aniqlang.
A) seziy B) natriy C) rubidiy D) kaliy
120 g 20% li NaOH eritmasiga 480 g 10% li NaOH eritmasi qo’shildi. Bunda 6 M li eritma hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan eritmaning hajmini (ml) toping.
A) 300 B) 200 C) 600 D) 500
Tarkibida 20 g NaOH tutuvchi 47 g o’yuvchi natriy eritmasiga necha gramm Na metalli solinganda hosil bo’lgan eritmada erigan modda va erituvchining atomlari soni tenglashadi?
A) 6,9 B) 11,5 C) 23 D) 46
Quyidagi birikmalarning ionliligi ortib borish tartibida joylashtiring.
1) NaCl; 2) LiF; 3) KCl; 4) LiCl; 5) NaF; 6) KF
A) 6, 5, 3, 2, 1, 4 B) 4, 1, 2, 3, 5, 6
C) 6, 5, 2, 3, 1, 4 D) 4, 1, 3, 2, 5, 6
Do'stlaringiz bilan baham: |