30 talik № 8
Kaliy ishqorning 200 g 10 % li eritmasiga 50 g shu ishqordan qo’shildi. Hosil bo’lgan yangi eritmaning (%) konsentratsiyasini toping.
A) 20 B) 25 C) 28 D) 30
600 g 15 % li magniy sulfat eritmasining (p = 1,2 g/ml) molyar konsentratsiyasini toping.
A) 1 B) 1,5 C) 2 D) 0,5
Sulfat kislotaning 200 ml 4 N li va 300 ml 2 N li eritmalari aralashtirildi. Hosil bo’lgan eritmaning normal konsentratsiyasini aniqlang.
A) 2,8 B) 1,2 C) 2,4 D) 1,4
32,8 g sulfit kislotani 200 ml suvda eritildi. Hosil bo’lgan eritmaning molyal konsentratsiyasini aniqlang.
A) 1,5 B) 1 C) 2,5 D) 2
24 ml suvga 20 g kaliy ishqor qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmaning (p = 1,1 g/ml) titrini aniqlang.
A) 0,4 B) 0,45 C) 0,5 D) 0,6
36 g natriy gidroksidga necha gramm suv qo’shilganda 15 molyarli eritma (p = 1,5 g/ml) hosil bo’ladi?
A) 46 B) 54 C) 60 D) 64
59,2 g xrom (II) sulfatning g/ekv lar sonini aniqlang.
A) 0,2 B) 0,4 C) 0,6 D) 0,8
200 ml 20 % li natriy ishqor eritmasi tarkibida 48 g ishqor mavjud bo’lsa, shu eritmaning zichligini aniqlang.
A) 1,2 B) 1 C) 1,25 D) 1,3
260 g 40 % li mis (II) sulfat eritmasiga (p = 1,3 g/ml) necha gramm suv qo’shilganda 1 M li eritma hosil bo’ladi?
A) 400 B) 450 C) 540 D) 350
Kaliy sulfatning 200 g 20 % li va 300 g 40 % li eritmalari o’zaro aralashtirilganda, eritmaning foiz konsentratsiyasi qanday bo’lishini aniqlang.
A) 25 B) 30 C) 32 D) 35
Is gazi va kisloroddan 30 ml dan olib aralashtirilsa, qaysi gazdan qancha ortib qoladi?
A) 10 ml kislorod B) 10 ml is gazi
C) 15 ml is gazi D) 15 ml kislorod
1,4 ml suvga 1,2 g natriy sulfat eritildi va eritmaning titri 0,6 ga teng bo’ldi. Shu eritmaning zichligini aniqlang.
A) 1,3 B) 1,2 C) 1,4 D) 1,25
Fosfat kislotaning 300 ml 24 N li eritmasiga necha ml 6 N li eritmasidan qo’shilganda 4 M li eritma hosil bo’ladi?
A) 150 B) 500 C) 600 D) 700
8 g vodorod va 22,4 l (n.sh) oltingugurt (IV) oksiddan iborat aralashmaning geliyga nisbatan zichligini aniqlang.
A) 3,2 B) 3,6 C) 2,5 D) 4
Quyidagi qaysi metall xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi?
A) Al B) Zn C) Pb D) Ag
Eritmalar tarkibida … moddalar bo’lishi bilan aralashmalarga yaqin turadi va kimyoviy birikmalardan farq qiladi.
A) bir xil B) ikki xil
C) o’zgarmaydi D) bir necha xil
Nitrat kislotaning 0,8 molyarli eritmasidan 750 ml tayyorlash uchun uning 2 molyarli eritmasidan qancha hajm (ml) talab etiladi?
A) 300 B) 250 C) 200 D) 400
70 g suvga necha gramm kaliy ishqori qo’shilganda eritmaning (p = 1,2 g/ml) titri 0,5 ga teng bo’ladi?
A) 30 B) 40 C) 50 D) 60
KOH suvdagi eritmasining molyar va foiz konsentratsiyalari nisbati 1:4 bo’lsa, eritmaning titrini (g/ml) toping.
A) 0,028 B) 0,56 C) 0,28 D) 0,056
80 g 82,5 % li nitrat kislota eritmasiga necha gramm mis qo’shilganda eritmadagi kislota va tuzlarning massa ulushlari teng bo’lib qoladi?
A) 9,6 B) 6,4 C) 3,2 D) 12,8
24 g NaH ga necha gramm suv qo’shilganda 40 % li eritma hosil bo’ladi?
A) 80 B) 78 C) 76 D) 86
Magniy sulfatning 20 % li eritmasini tayyorlash uchun 240 ml suvga 30 % li shu tuz eritmasi (p = 1,2 g/ml) dan necha millilitr qo’shish kerak?
A) 160 B) 240 C) 350 D) 400
Quyidagi qaysi moddaning eruvchanligi harorat ortganda, pasayadi?
A) NaOH B) SO2 C) HNO3 D) CuSO4
Teng massada olingan SO2 va O2 dan iborat 13,44 l (n.sh) aralashma olindi. So’ngra katalizator orqali o’tkazildi. Bunda hajm 1,2 marta kamaygani aniqlangan bo’lsa, reaksiya unumini (%) hisoblang.
A) 25 B) 75 C) 100 D) 83,3
25 % li natriy gidroksid eritmasini hosil qilish uchun 129 ml suvga necha gramm natriy oksid qo’shish kerak?
A) 31 B) 62 C) 93 D) 124
2 M li (p = 0,49 g/ml) H2SO4 ning qanday hajmdagi (ml) eritmasiga 50 ml 28 % li (p = 1,4 g/ml) H2SO4 eritmasidan qo’shilganda, 35 % li (p = 0,84 g/ml) eritma hosil bo’ladi?
A) 100 B) 200 C) 50 D) 150
Erigan moddaning miqdori ortishi, eritma zichligi … va muzlash harorati … olib keladi.
A) pasayishiga, ortishiga
B) pasayishiga, pasayishiga
C) ortishiga, pasayishiga
D) ortishiga, ortishiga
22 g P2O3 ni 168 g 20 % li KOH eritmasida eritilishidan hosil bo’lgan o’rta tuzning miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,2 B) 0,4 C) 0,1 D) 0,3
K2MnO4 va K2Cr2O7 aralashmasi tarkibidagi metall atomlarining mol ulushi 37,5 % ni tashkil etsa, aralashmaning mol nisbatini aniqlang.
A) 1:3 B) 1:2 C) 1:1 D) 1:1,5
x va y ning nisbatini toping.
Modda
|
Molekuladagi H atomlari soni
|
Bog’lar soni
|
|
Qutbli
|
Qutbsiz
|
Sikloalkan
|
a
|
10
|
x
|
Alkan
|
a
|
y
|
z
|
A) 1:2 B) 1:3 C) 3:1 D) 2:1
Do'stlaringiz bilan baham: |