Bir pog`onali, mavhum qaynash qatlamli adsorber konstrukstiyasi 5.82-rasmda keltirilgan. Bunday qurilmalarda adsorbent mavhum qaynash holatida bo’ladi va u uzluksiz ravishda tegishli panjara ustiga uzatilib turiladi.
Adsorber vertikal stilindr qobiqdan va uni ichiga o’rnatilgan separator va gaz taqsimlovchi panjaradan iborat. Separator chang ushlash vazifasini bajaradi. Adsorbent qurilmaning tepasidagi truba orqali yuklanadi va stilindrik qobiqning past qismida o’rnatilgan shtusterdan chiqariladi. Boshlang`ich bug`-gaz aralashmasi qurilmaning konussimon tubidagi shtusterdan tegishli panjara ostiga yuboriladi. Albatta, bug`-gaz aralashmaning tezligi adsorbent zarrachasining mavhum qaynash tezligidan yuqori bo’lishi kerak. Adsorbent bilan o’zaro ta’sirda bo’lgan bug`-gaz aralashmasi separatordan o’tib, tepa qismidagi shtusterdan chiqib ketadi.
Bunday adsorberlarda adsorbent zarrachalari intensiv aralashadi va qatlamda bo’lish vaqti har xildir. Bu esa, adsorbentning notekis to’yinishiga sababchi bo’ladi.
Undan tashqari, fazalarning yo’nalishi bir tomonlama bo’lsa, gaz fazasida adsorbent qatlamidagi o’rtacha konstentrastiyaga mos keladigan muvozanat holidagi konstentrastiyadan kam bo’lgan adsorbtivning konstentrastiyasiga erishish ancha murakkab.
Bir pog`onali adsorber kamchiliklari ko’p pog`onali, qarma-qarshi yo’nalishli qurilmalarda bartaraf qilingan.
Ko’p pog`onali, mavhum qaynash qatlamli adsorber5.83-rasmda tasvirlangan. Bu qurilma kolonna tipida bo’lib, ichida quyilish patrubkali gaz taqsimlovchi tegishli panjaralar joylashtirilgan. Quyilish patrubkalari bir vaqtning o’zida tamba vazifasini o’taydi, ya’ni gaz oqimini o’zidan o’tkazmaydi. Adsorbent qurilmaning tepasidagi shtusterdan eng yuqori tarelkaga uzatiladi va undan so’ng pastda o’rnatilgan tarelkalarga quyilish patrubkasi orqali birin-ketin o’tadi. Eng pastdagi tarelkadan shlyuzli tamba orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Boshlang`ich bug`-gaz aralashma esa adsorberning pastki qismidagi shtusterdan kiritiladi va tepadagidan chiqariladi.
Bu turdagi qurilmalarda bug`-gaz aralashma ko’ndalang kesim bo’ylab bir tekisda taqsimlanadi va fazalar o’rtasida intensiv massa almashinish yuz beradi. Natijada, adsorbentning to’yinishi bir xil va eng katta yutish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Bir pog`onali adsorberlardan farqli, ko’p pog`onali qurilmalar ideal siqib chikarish sxemasida ishlaydi. Bu hol adsorbstiya jarayonini fazalar qarama-qarshi yo’nalishida olib borish imkonini yaratadi.