Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Faollangan ko’mir qo’zg`almas qatlamda suv-spirt aralashmasini tozalash



Download 7,48 Mb.
bet10/16
Sana11.04.2023
Hajmi7,48 Mb.
#926978
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Адсорбция1

Faollangan ko’mir qo’zg`almas qatlamda suv-spirt aralashmasini tozalash sxemasi 5.84-rasmda keltirilgan. Avval suv-spirt aralashmasi qumli yoki keramik filtrda tozalanadi, so’ng esa adsorberlarda tindiriladi. Bitta stilindrik adsorberdagi faollangan ko’mir massasi 250...300 kg. Ko’mir qurilmaning gaz taqsimlovchi teshikli panjarasiga yuklanadi. Suv-spirt aralashmasi esa, gaz taqsimlovchi panjara ostiga yuboriladi.

Yangi yoki qayta tiklangan adsorbentli adsorberga suv-spirt aralashmasi aroqning naviga qarab 30...60 dal/g miqdorga uzatiladi. Ekspluatastiyadagi adsorber adsorbentni qayta tiklash rejimiga bir yilda 3...4 marta o’tkaziladi. Ishlatib bo’lingan faollangan ko’mir adsorberda 115°S temperaturada qayta tiklanadi. Buning uchun yuqoridan pastga qarab to’yingan suv bug`i haydaladi.
Bitta adsorberdan quvvati 55...60 % li 50...60 dal spirt haydab olish mumkin. Ikkita davriy ishlaydigan adsorber kurilmaning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Desorbsiyalash jarayoni davomiyligi 3...4 soat, 1 kg ko’mirni tiklash uchun 4 kg suv bug`i sarflanadi. Qayta tiklashdan so’ng, adsorbent sovutiladi va issiq havo bilan quritiladi.
Sanoat miqyosida faollangan ko’mirni qayta tiklash barabanli o’txonalarda 800...850°S temperaturada olib boriladi. Kuydirish jarayonida faollangan ko’mirning yo’qotilishi 20% ni tashkil etadi.
Qand qiyomini adsorbstion tozalovchi, ikki pog`onali qurilma 5.85-rasmda keltirilgan. Qand qiyomlarini mayda, donador suyak ko’mirlari yordamida tozalanadi, rangsizlash - qandni tozalashning oxirgi bosqichidir.
Suv va qand isitiluvchi avtoklavda aralashtirilishi natijasida qand eriydi va uning qiyomi hosil bo’ladi. Eritmaning dastlabki rangsizlantirishi adsorber 2 da o’tkaziladi. Ikkinchi tozalash pog`onasidan bu qurilmaga qisman ishlatilgan adsorbent kelib tushadi. 1 kg qiyomni rangsizlash uchun faollangan ko’mirning sarfi 5...10 g ni tashkil etadi. Adsorbstiya jarayoni 30 minutga yaqin davom etadi. Suspenziya filtrpress 3 da fazalarga ajratiladi. Filtrlangan qand qiyomi adsorbstion tozalashga uzatiladi. Adsorber 4 ga yangi adsorbent yuklanadi. Suspenziyani fazalarga ajratib ham birinchi pog`onada, ham filtr-pressda olib boriladi. Ishlatib bo’lingan ko’mir qayta tiklanadi yoki utilizastiyaga yuboriladi.
Qand qiyomlarini tozalash uchun granula holatidagi faollangan ko’mirli qurilmalar ham ishlatiladi. Stilindrik adsorberlar balandligi 8...10 m va diametri 1 m bo’lganda, qand qiyomining tezligi 1,5...2,5 m/s oraliqda ishlaydi. Adsorbent qatlami va qand qiyomining o’zaro ta’sir davomiyligi 6 soatni tashkil etadi. Adsorbentning qayta tiklashgacha xizmat qilish muddati 80 sutka. Ishlatib bo’lingan adsorbent, qurilmadan to’kilgandan so’ng, noorganik birikmalar bilan yuviladi, quritiladi va 1000...1100°S temperaturada termik ishlov beriladi. Undan keyin esa, suv bug`i yordamida faolligi oshiriladi.
Qand qiyomini rangsizlantirish uchun harakatchan qatlamli, uzluksiz ishlaydigan adsorberlar ham qo’llaniladi.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish