Mavhum qaynash qatlamli adsorber – mayda, donador adsorbent bilan to’ldirilgan bo’ladi (5.80-rasm).
Boshlang`ich aralashma adsorbent zarrachasining mavhum qaynash tezligidan kattaroq tezlikda gaz taqsimlovchi teshikli panjara 2 ostiga uzatiladi. Natijada, adsorbent qatlami kengayadi va so’ng mavhum qaynash holatiga o’tadi. Adsorbstiya jarayonini mavhum qaynash qatlamida o’tkazish massa almashinish jarayonini intensivlashga va jarayon davomiyligini qisqarishiga olib keladi.
Reaktor tipidagi adsorber- mexanik yoki pnevmatik aralashtirish moslamali bo’ladi. Adsorber stilindr qobiq va elliptik tublardan iboratdir. Qobiq ichida parrakli aralashtirgich aylanadi. Adsorberga eritma qurilma tepa qismidagi lyukdan quyiladi, adsorbent esa o’sha qismida joylashtirilgan lyukdan yuklanadi. Suspenziya esa, qurilmaning pastki patrubkasidan to’kiladi va filtrga uzatiladi. U erda suspenziya komponentlarga ajratiladi. Ishlatib bo’lingan adsorbent qayta tiklash uchun desorberga yo’naltiriladi. Adsorbstion qurilmalar davriy ishlaydigan bir nechta adsorberdan iborat bo’ladi. Bir nechta adsorber adsorbstiya bosqichida ishlasa, qolganlari esa - adsorbentni qayta tiklash bosqichida ishlatiladi.
Uzluksiz ishlaydigan adsorberlar siqiq (zich) harakatlanuvchi va mavhum qaynash qatlamli bo’ladi.
Harakatchan donador adsorbent qatlamli adsorberlar- bu ichi bo’sh kolonna tipidagi qurilma bo’lib, unda to’siqlar, quyilish patrubkalari va uzatuvchi moslamalar o’rnatilgan.
5.81-rasmda bug`-gaz aralashmasini tozalash va taqsimlovchi tarelkalardan tarkib topgan. Bu turdagi adsorberda adsorbent uzluksiz stirkulyastiya qilib turadi va gazdagi yutiluvchi komponent adsorbentga o’tadi.
Adsorbentning birinchi sekstiyasi bo’lmish sovutkichda qayta tiklangan adsorbent sovutiladi. Ushbu sekstiya qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi ko’rinishida yasalgan. Sovuqlik eltkich sovutkichning trubalararo bo’shlig`iga uzatilsa, adsorbent esa - trubalar ichida harakatlanadi.
Ikkinchi sekstiya adsorber vazifasini bajaradi. Bu erda adsorbent bug`-gaz aralashmasi bilan to’qnashuvda bo’ladi. Birinchi sekstiyadan ikkinchisiga adsorbent patrubka va taqsimlovchi tarelkalar orqali o’tadi. Qayd etilgan moslamalar adsorbent qurilma ko’ndalang kesimi bo’yicha bir xilda taqsimlash va ikkala sekstiya orasida tamba va ajratib turuvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Undan keyin, ishlatib bo’lingan adsorbent desorbsiya sekstiyasiga o’tadi va u erda desorbsiyalovchi eltkich (o’tkir bug`) bilan o’zaro ta’sirda bo’lib qizdiriladi. Qayta tiklangan adsorbent shlyuzli tamba orqali chiqarib yuboriladi.
Mavhum qaynash qatlamli adsorberlar bir va ko’p pog`onali bo’ladi.