43. Mopac дастури, имкониятлари ва қўлланилиши
Yarim empirik hisoblashlar uchun mo‘ljallangan, keng tarqalgan majmualardan biri МОРАС sanaladi. J. Styuart (J. Stewart)
1981- yildan boshlab uni yaratish ustida ish boshlagan. Birinchi varianti 1989-yilda yaratildi. 1989 – 2000-yillar mobaynida
kimyoning barcha muammolarini yechishga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar turli xil nashrlarda chop etildi. Ilk variantlarda
(Mopac6 va Mopac7) MINDO/3, MNDO, AM1 va PM3 usullari kiritilgan edi. Bugungi kundagi oxirgi versiyasi МОРАС2016
programmasida MINDO/3, MNDO, AM1, PM3, RM1, PM6 va РМ7 yarim empirik usullari mujassam (
www.openmopac.net
).
Kimyoda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hisoblash majmualari, imkoniyatlari va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni maxsus
internet saytlaridan olish mumkin.
44.Атомлардаги заряд тақсимотларини ҳисоблаш усуллари. Орбитал ва заряд назорати билан борадиган
реакциялар.
Kimyo fanida moddalarning muhim ko‘rkatkichlaridan biri ulardagi zaryad taqsimoti hisoblanadi. Zaryad taqsimotini aniqlagan
holda moddalarning reaksion markazlarini, reaksiyalarning borish mexanizmlarini, aromatik birikmalarda nukleofil va elektrofil
reaksiyalar markazlarini aniqlash mumkin. Atomlarning zaryad qiymatini eksperimental usullar bilan aniqlab bo‘lmaydi, lekin
uni hisoblashning bir nechta matematik usullari mavjud:
• Malliken zichlik taqsimoti tahlili (Mulliken population analysis);
• Lauvdin zichlik taqsimot tahlili (Lovdin population analysis);
• Tabiiy bog‘ tartibi tahlili (NBO – Natural bond order analysis);
• Molekula tarkibidagi atomlar (AIM – Аtoms in molecules);
• Elektrostatik ta’sirlashishlar usuli (Merz – Singh – Kollman (MK), Chelp, ChelpG). Zichlik taqsimoti tahlili (ZTT) –bu molekula
yadrosi atrofidagi elektron zichlik taqsimlanishini tavsiflash funksiyasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotlarning
matematik usulda ifodalanishi hisoblanadi.
Atom qobiqlari tavsiflari bevosita tajriba yo‘li bilan kuzatilishi mumkin emas, chunki bu tavsiflar takrorlanmas ko‘rinishda o‘ziga
xoslikka ega bo‘lib, har qanday turdagi fizik tavsiflar orqali aks ettirish imkonini bermaydi. Ma’lumki, atom musbat zaryadga
ega bo‘lgan yadro va uning atrofida elektron qobiqlar bo‘ylab joylashgan manfiy zaryadga ega elektronlardan tashkil topgan
bo‘lib, bu tavsiflar har bir atomda o‘ziga xos farqlanishlarni belgilab beradi. Biroq, zich holatdagi elektron qobiqlarning yadroga
tortilib turish tavsiflari haqidagi tushuncha bu holatda zichlik bo‘yicha elektronlarning taqsimlanish qonuniyatlarini batafsil
tushuntirib berish imkoniyatini bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |