Кимё-технология факултети кимёвий технология


Benzinlar Arenlar



Download 427,21 Kb.
bet3/13
Sana11.03.2022
Hajmi427,21 Kb.
#491120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги фар

Benzinlar



Arenlar

Sikloalkanlar

Alkanlar

Alkenlar

Oddiy haydash benzini :
Tatariston neftidan

3-10

20-30

60-80

1-2

G`arbiy Sibir neftidan

7-12

22-35

55-70

1-2

Boku neftidan

2-10

40-65

25-50

-

Riforming katalizati :
Yumshoq rejimniki

40-50

50-60

-

1-2

Qattiq rejimniki

60-70

30-38

-

1-2

Katalitik kreking benzini

20-35

55-65

-

8-12

Termik kreking benzini

15-35

50-60

-

15-25

Kokslash benzini

20-25

25-35

-

45-60

Alkilat

-

-

100

-

Ekstraksiya qurilmalarining rafinati

3-4

96-97

-

-

Pirolizning yengil smolasi

45-60

10-18

-

20-28



Detatnatsion barqarorlik. Detonatsiya deb, dvigatelda yoqilg`i yonishining maxsus rejimiga aytiladi. U faqatgina yoqilg`i – havoli aralashma alangalangandan so`ng yoqilg`ining bir qismi yonib bo`lgan hollarda paydo bo`ladi. Yoqilg`i zaryadining qoldig`i (20 % gacha ) bir zumda o`z-o`zidan alangalanadi: bunda alanganing tarqalish tezligi 20-30 m/s o`rniga 1500-2500 m/s ga yetadi, bosim esa sakrab o`zgaradi. Bosimning keskin o`zgarishi dvigatel silindrining devorlariga urilib turiladigan detanatsion to`lqinning hosil bo`lishiga olib keladi.
Detanatsiyaning harakterli belgilari quyidagilardan iborat :

  • Silindr devorlaridan detanatsion to`lqinlarni ko`p marta urib qaytarilganidan kelib chiqadigan metallik taqqilash ;

  • Chiqindi gazlarda qora tutunning hosil bo`lishi ;

  • Silindr devori haroratining keskin ko`tarilishi.

Yoqilg`ining detanatsion yonishi yoqilg`i solishtirma sarfining oshishiga, quvvatning kamayishiga va dvigatelning qizib ketishiga, porshenlar va chiqarib yuboradigan klapnlarning qurumlanishiga, shuningdek, dvigatelning tez ishdan chiqishiga olib keladi.
Denonatsiya hodisasi yoqilg`idagi uglevodorodlarning yonish va oksidlanish reaksiyalarining hususiyatlari bilan tushuntiriladi. So`rib olish va siqish vaqtida yoqilg`i uglevodorodlari havo kislorodi bilan oksidlanish reaksiyasiga kirishishni boshlab pereoksidlarni hosil qiladi. Pereoksidlar parchalanishi erkin radikallarni hosil qiladi, ular esa uglevodorodning yangi molekulalari bilan reaksiyaga kirishadi. Reaksiya zanjir xarakterga ega bo`lib qoladi. Ishchi aralashma uchqundan alangalangandan so`ng, oksidlanish reaksiyalari yana ko`proq tezlashadi, chunki harorat va bosim oshadi. Aralashmaning yonmagan qismida pereoksidlar va boshqa faol zarrachalarning konsentratsiyasi oshadi.
Kimyoviy tarkibidan tashqari dvigatel konstruksiyasining ba`zi xususiyatlari va uning eksplutatsiya qilish sharoitlari detonatsiyaga yordam beradi. Siqish darajasining oshirilishi, ya`ni dvigatel silindri to`liq hajmining yonish kamerasi hajmiga nisbati, ishchi haroratlarning va dvigateldagi bosimning o`sishiga olib keladi, bu esa o`z navbatida detonatsiya sodir bo`lishiga yordam beradi.
Uglevodorodlar va yoqilg`ilarning detanatsion barqarorligi (DB) oktan soni bilan xarakterlanadi. Bu detonatsion barqarorlikning shartli o`lchov birligi hisoblanadi. Izooktan uchun detanatsion barqarorlik 100 ga, geptan uchun 0 ga teng deb qabul qilingan. Agar tekshirilayotgan benzin o`zining detanatsion barqarorligi bo`yicha tekshirilsa 80 % izooktan va 20% geptandan iborat aralashmaga to`g`ri kelsa, bu yoqilg`ining oktan soni 80 ga teng bo`ladi.
Ko`pchilik benzinlarning oktan soni 50 bilan 70 orasida bo`lib, ularning oktan sonini 2 xil yo`l bilan oshirish mumkin.

  • Benzinga ba`zi moddalar qo`shilsa, u bir me`yorda yonadi. Bunday moddalardan tetraetil qo`rg`oshin (C2H5)4Pb keng qo`llaniladi. Tetraetil qorg`oshindan benzinga 0,2-0,8 ml/l miqdorda qo`shilganda benzinning oktan soni 80 gacha oshishi mumkin. Bunday benzin etillangan benzin deb ataladi.

  • Benzinning oktan sonini oshirish maqsadida u izomerlanadi, ya`ni benzindagi tarmoqlangan zanjirli brikmalar miqdori oshiriladi. Bu jarayon riforming deyiladi. Uni amalga oshirish uchun benzin xona haroratida yoki yuqoriroq haroratda katalizator ustida o`tkaziladi. Odatda katalizator sifatida alyumoplatinali katalizatorlar ishlatiladi.


Download 427,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish