Fraksion tarkibi. Karbyuratorli yoqilg`ilarning fraksion tarkibiga dvigatelning ishga tushirish sharoiti, isitish davomiyligi, eskirishga chidamliligi va yoqilg`ining to`liq yonishi bog`liq bo`ladi. Avtomobil dvigatellarining kuzgi-qishki va yozgi mavsumlarda ekspultatsiya qilish sharoitlari turlichadir. Shuning uchun ham hozirgi zamon me`yorlari tomonidan fraksion tarkibga mavsumiy talablar qo`yilgan. Yozgi sharoitda qo`llash uchun mo`ljallangan benzinlar bug`lari ancha past bosimga ega. Tovar benzinining zarur bo`lgan ishga tushirish xosalarini ta`minlash uchun uning tarkibiga 30 % gacha yengil komponentlardan kiritadilar. Yozgi benzinlarda odatda 2-3 % butan, qishgilarida esa 5-8% gacha saqlanadi.
Kimyoviy barqarorlik. Karbyuratorli yoqilg`ilarni saqlash, tashish va ishlatish jarayonida ulrning kimyoviy tarkibida birinchi navbatda oksidlanish va polimerlanish reaksiyalari tomonidan keltirib chiqaradigan o`zgarishlar bo`lishi mumkin. Avtomobil benzinlarining kimyoviy barqarorligi standart sharoitlarda aniqlanadigan induksion davrlarining davomiyligi bilan hamda smolalarning miqdorida barqarorlik bilan xarakterlaydilar. Aviatsion benzinning kimyoviy barqarorligini baholash uchun smolalarning miqdorida barqarorlik davrining ko`rsatkichlari qo`llaniladi.
Alkenlarni saqlamagan komponentlar oddiy haydash benzinlari, katalitik riforming benzinlari, alkilatlar va izomerizat yuqori kimyoviy barqarorlikka egadir. Kokslash termik va katalitik kreking benzinlarida teskarisi kata miqdorda elkenlar saqlanadi. Saqlash va tashishda tovar benzinining komponentlari oson oksidlanib smolalarni hosil qiladi. Ikkilamchi kelib chiqishli komponentlarni saqlagan yoqilg`ilarning kimyoviy barqarorligini oshirish uchun ularga antioksidlovchi peresadkalar: n-oksidofenilamin, ionol (2,6-di-uchlamchi-butil n-krezol), antioksidlovchi FCH-16, yog`och smolali antioksilovchilar qo`shiladi.
Oltingugrt miqdori. Faol oltingugrtli brikmalar (vodorod sulfidi, quyi merkaptanlar) yoqilg`i sistemasi va tashiladigan idishlarning kuchli korroziyasini keltirib chiqaradi. Benzin bu moddalardan to`liq tozalangan bo`lishi kerak. Tozalash to`laligi mis plastinkasida tahlil orqali nazorat qilinadi. Faol bo`lmagan oltingugrtli brikmalar (tiofenlar, tetragidrotiofenlar, sulfidlar, disulfidlar, yuqori merkaptanlar) korroziyani keltirib chiqarmaydi. Ammo, ular yonganda oltingugurt oksidlari (SO2 , SO3 ) hosil bo`ladi. Ularning ta`sirida esa dvigatellar detallarining korrozion eskirishi sodir bo`ladi, quvvat ko`rsatgichlari pasayadi. Karbyuratorli yoqilg`ilarda oltingugrtning miqdorini kamaytirsh uchun tozalashning turli usullaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |