24
Atrof - muhit muhofazasi
Tabiat — insonning yashashi uchun zarur bo‘lgan resurslar manbaidir.
Havo, suv, tuproq (atmosfera, gidrosfera va litosfera) mana shu uch tayanch
tufayligina insoniyat abadiy mavjud bo‘la oladi. Insonlar
faoliyati natijasida
tabiatning o‘zgarishi shubhasiz. Bu o‘zgarish ishlab chiqarish kuchlarining
taraqqiy etib borgani sari kuchayib boradi. Tabiatdagi hamma narsa bir-biriga
uzviy bog'liq va nisbiy muvozanatda bo'ladi. Keyingi yillarda bu o‘zgarishlar
shunchalik kengayib katta masshtabga yoyilib ketdiki, uning oqibatida tabiatdagi
mavjud nisbiy muvozanatning buzilish xavfi tug‘ildi. Har yili dunyoda 120 mlrd.t
ruda qazib olinadi. Uning atigi 2 foizidan foydalaniladi. 98
foizi esa chiqindi
sifatida tashlanadi. 60 mln.t sintetik moddalar, 100 mln.t mineral o‘g‘it, 3 mln.t
zaharli kimyoviy birikmalar ishlab chiqariladi. Bularning bari atrof-muhitni
ifloslaydi. Atrof-muhitning ifloslanishi insoniyat sog‘lig‘i uchun katta xavf
tug‘dirmoqda hamda ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotiga to'siq bo‘lmoqda.
Shuning uchun ham atrof-muhitning muhofazasi umumbashariy muammoga
aylandi.
Neft va gazni qayta ishlash tizimida atrof-muhitning eng ko‘p
miqdorda
(75—80%) ifloslantiruvchi hisoblanadi, ya’ni yiliga bu korxonalardan 4,0
mln
tonna chiqindi chiqishi yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalilidir. Neft va gazni
qayta ishlash sanoatida o‘rnatilgan quvur va jihozlarni mos tanlash, ularning
germetik holatlarini to‘liq ta’minlash va joriy sozlash ishlarini
doimiy olib borish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bular uchun ham yo‘riqnomalar tayyorlangan.
Respublikamizdagi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bu ishlarni har doim
nazorat qilib turadi.
Birinchi marta havoning ifloslanishi natijasida ommaviy kasallanish 1930-
yili Belgiyada qayd etildi. 1952- yilda esa Londonda ushbu kasallik tufayli 4000
kishi vafot etdi. Yevropa mamlakatlari va AQShda surunkali bronxid kasalligidan
o‘lim har o‘n yilda ikki marta ortayotganligini aytib o‘tish kifoya. Xalqaro
Sog‘liqni Saqlash qo'mitasining ma’lumotlariga ko‘ra har to‘rtta rak kasalligining
uchtasi atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog'liq ekan. Ayniqsa, atrof-muhitdagi
kimyoviy
ta`sirlarning
ortishi
natijasida
inson
organizmida
noqulay
mutatsiyalarning hosil bo'lishi mumkinligi katta xavf tug'dirmoqda. Buning
natijasida aqliy va jismoniy zaif chaqaloqlar tug'ilishi ko‘payadi yoki yangi
qurilgan oilalarda chaqaloq tug‘ilmaydi, tug‘ilganda ham kasallik bilan tug‘iladi.
Hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda tug‘ma kasalliklardan o‘lish,
bolalar
yuqumli kasalliklaridan o‘lishga qaraganda ko‘p.
Dunyoda hozirgi kunda 300 dan ortiq tabiatni muhofaza qilish xalqaro
tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. Tabiatni qo`riqlash deganda, uning turli
qismlari: atmosfera, suv resurslari, tuproq,
yer osti boyliklari, landshafitlar,
o'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish nazarda tutiladi. Ularning barchasi
bir-biri bilan ekologik bog`liq bo`lib, bittasining buzilishi boshqasining
o`zgarishiga olib keladi. Masalan, tarkibida oltingugurt saqlovchi yoqilg'ini yoqish,
atmosferani S0
2
gazi bilan ifloslanishiga olib kelsa, o`z navbatida S0
2
ning
25
havodagi suv bug`lari yog`inlar ta`sirida kislotaga aylanib yerga tushishi, tuproqni
va suvni ifloslaydi.
Barcha mamlakatlarda zararli moddalaming me’yoriy
darajasidagi
konsentratsiyasi (MDK) ishlab chiqilgan. 0`zbekistonda hoziigi paytda sobiq
ittifoq davrida qabul qilingan (MDK) amalda qo'llanilmoqda. Masalan, atmosfera
ifloslanishining me’yoriy darajadagi konsentratsiyasi me’yori shunday
konsentratsiyaki, kishiga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir etmaydi. Uning ish
qobiliyatini pasaytirmaydi. Kayfiyati va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ayrim moddalaming MDKsi quyidagi jadvalda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: