Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari shaxsini rivojlanishida milliy xalq o‘yinlarini roli O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlanish va taraqqiyot yo‘liga chiqdi


Kichik maktab yoshdagi bolalarini tarbiyalashda o`zbek xalq o`yinlarining ma’naviy va axloqiy ta’siri



Download 146,51 Kb.
bet8/9
Sana12.05.2023
Hajmi146,51 Kb.
#937903
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
27-Kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o\'zbek xalq o\'yi

2.2.Kichik maktab yoshdagi bolalarini tarbiyalashda o`zbek xalq o`yinlarining ma’naviy va axloqiy ta’siri.
Mustaqil O‘zbekistonimizning istiqloli tufayli, boshqa soxalarda bo‘lganidek, boshlangich ta’lim soxasida ham katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Buni biz boshlangich sinflar faoliyatiga milliy urf-odatlar, an’analarning dadil kirib kelayotgani, barcha darslarning davlat tilida o‘tilayotgani kabi misollarda ko‘rishimiz mumkin. Eng quvonchlisi o‘zbek xalq milliy o‘yinlarining maktab dasturlaridan keng o‘rin olishidir.
Xalq o‘yinlari xalq ijodining o‘ziga xos turi bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Xar bir xalqning o‘z milliy o‘yinlari mavjud. Ular o‘sha xalqning madaniyati, urf-odatlari, ijodi, mexnat faoliyati asosida vujudga keladi. Shuningdek, o‘zbek xalq milliy o‘yinlari xalqimizning buyuk merosi sifatida qadim zamondan bugungi kungacha saqlanib va saykallanib kelmoqda.
Go’daklik davridan maktabgacha yoshga o’tgan bolalarning faoliyati kattalar rahbarligidagi faoliyatidan mustaqil o’z-o’zini nazorat qilish darajasiga o’sib o’tadi. Biroq, yuqorida ta’kidlangan barcha shart-sharoitlar o’zaro uzviy bo’lmasligi sababli har qanday o’yinning negizi vazifasini o’tay olmaydi va shunga ko’ra ma’lum davrgacha o’yin faoliyati predmetlarga bog’liq tarzda amalga oshadi.
Ruhshunoslarning ta’kidlashicha, o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kmida uchta sharoit mavjud bo’lishi kerak:
a) bolaning ongidan uni qurshab turgan voqe’lik to’g’risidagi xilma-xil taasurotlarning tarkib topishi;
v) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi;
b) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi.
Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi qiluchi rol o’ynaydi. Bu ob’ektiv shart-sharoitlarning o’zi milliy xalq o’yinlarini tashkil etish, yaratish uchun hali yetarli emas, buning uchun bola bilan kattalar o’rtasidagi munosabatni tubdan o’zgartirish lozim. Aks holda mustaqillik vujudga kelmaydi. qadimdan ota-bobolarimiz ham bolalarda avvlo qattiqqo’llik bilan irodani, mustaqillikni tarbiyalab, juda ko’p maqsadlarni ko’zda tutishgani ma’lum. Bunda kattalar bolalarga nisbatan talabchanlikni oshirishlari, bolani mustaqil ravishda harakat qilishga majbur qilish etishlari ma’qul. SHunga o’xshash tadbirlarbolada mustaqillik va mustaqil faoliyatni tashkil qilish o’quvini shakllantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bola asta-sekin kattalarning hayoti va faoliyati dunyosiga kirib boradi, oldin hamkorlikdagi faoliyatda namoyon bo’lgan ijobiy his-tuyg’ular, shijoat va dadillik sari yetaklovchi ruhiy kechinmalar iborat namuna darajasiga ko’tarilgan kattalarning ruhiy olamiga ko’tariladi. Maktab yoshida bolaning o’zi mustaqil ravishda kattalarning hayoti va faoltyatiga kirishish yo’llarini topa boshlaydi.
U keyinchalik katta kishilarning hayotiva faoliyatining barcha sohalarida va shaxslararo munosabatlarida qatnashish istagini ko’rsatadigan bo’ladi. SHuning uchun xalq milliy o’yinlari kattalar bilan bola o’rtasida yangicha munosabatlar asosida vujudga keladi va bu munosabatlarda milliy xususiyatlar: o’z yurtini qadrlash, hurmat qilish, kattalarga hurmatda bo’lish kabi fazilatlar shakllanib, tarkib topib boradi.
Xalq milliy o’yinlari paydo bo’lishi, vujudga kelishi jihatidan ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, kattalarning hayoti va faoliyatini qayta tiklash va takrorlashdan boshqa narsa emas, shuningdek, bu o’yin faoliyati o’zining mazmuni va mohiyati bilan ijtimoiydir. O’zbek xalq milliy o’yinlari bola mustaqil faoliyatining yorqin namunasi bo’la oladi, bu jihatdan bu o’yinlarning mazmuni orqali kattalarning hayoti bilan yaqindan tanishadi.
O’yinlarda bola faoliyatida ana shu o’yin sharoiti va predmetli harakatlarning o’zaro munosabatida asosiy e’tibor predmetlar bilan ko’pincha harakat qilishga qaratilishini, bunda predmetli o’yinlar, masalan, tosh bilan, chopon, do’ppi bilan va hakazo, harakatining xususiyati uchun yetakchi faoliyat vazifasini o’tashini ham aytib o’tish kerak bo’ladi. Ammo, bola o’yinlarda qandaydir vazifani bajara oladi, buni ham e’tibordan soqit qilmaslik kerak. Masalan, biror predmetni bir ob’ektdan ikkinchisiga yetkazishga belgilangan o’yinlarda shunday holat ro’y berishi mumkin. Milliy harakatli o’yinlardan foydalanish jarayonida boshlang’ich maktab o’quvchilarining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:
1. Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqadi.
2. Bolalar xalq o’yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar.
3. Milliy o’yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi.
4. Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi.
SHu bobni xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o’z vaqtida ta’kidlagan edi.
Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga soluvchi yurish-turish shakllarining to’g’riligini talab etadi.
Bolalarning bu yoshida tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlarini muvozanatligini yuzaga keltirishda kattalar talabining tizimliligi va o’zini tuta bilishga odatlantirish katta rol o’ynaydi.
Milliy o’zbek o’yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab o’quvchilari sevib, maroq bilan o’ynamoqdalar. Bunday o’yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki hovlilar va bog’, parklarda dam olish soatlarida o’ynaladi. Muhim sifatlarni rivojlantirishga mo’ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga doir bayon qilingan material ko’proq o’yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni tushuntirish va faol dam olish uchun qisqacha pauzalar bo’lgan kichik dozada uzluksiz bajariladi. O’yin mashqlaridan keyin bo’shashtiradigan, ohista yuriladigan mashqlarni yoki diqqat-e’tiborini o’stiradigan mashqlarni berish lozim.
O‘zbek xalq o‘yinlarini hozirgi kunda ham inson shaxsini tarbiyalashdagi o‘rni beqiyosdir. O‘zbek xalq o‘yinlari o‘zining turli yosh, jins, shahar va kishlokka mo‘ljallangan keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Birok, bu jihatlarning kam yoritilganligi va kam o‘rganilganligi sababli o‘zbek xalq o‘yinlariga xar tomonlama tasnif berish o‘ta mushkul. Shunga karamasdan, ularni nazoratdan o‘tkazish va o‘rganish o‘yinlarni shartli ravishda quyidagidek turlarga bo‘lib chikish imkoniyatini beradi:
1) turli yoshdagilar o‘yinlari (go‘daklik, bolalik, o‘spirinlik va x.kazolar);
2) turli jinsdagi odamlar o‘yinlari (o‘gil bolalar, qiz bolalar, erkaklar va ayollar);
3) mavsumiy o‘yinlar (baxorgi, yozgi, kuzgi, qishki);
4) turli ifoda vositalaridan foydalanishga asoslangan o‘yinlar (so‘z, kuy, ko‘shik, raqs, pantomima, syujetli, saxna, turli xususiyatli va xokazolar).
So`nggi tur o‘yin turli ifoda va sitatalardan foydalangan xolda amalga oshiriladi. Masalan, so‘z, qo‘shiq, raqs, harakat, saxna tomoshalari, shuningdek, qilich, kaltak, toshchalar, yongoqchalar kabi oddiy narsalar asosiy ifoda o‘xshashligi yoki narsalar o‘yinning xarakterini, shaklini, mazmunini va rolini belgilaydi. Deylik, o‘yinda asosiy vosita so‘z bo‘lsa, so‘z o‘yini, agar harakat, tezlik, kurash bo‘lsa, bu harakat – musobaqa o‘yini bo‘ladi. Agarda o‘yinda syujet, badiiy timsol vositasida muayyan hayotiy xodisa o‘z aksini topsa, bu saxna o‘yini, asar asosiy rol qo‘shik jurnavozlikka berilsa, bu ko‘shik o‘yini yoki jo‘rnavozlikdagi qo‘shik o‘yini bo‘ladi.
U yoki bu vositadan foydalanishga asoslangan o‘yinlar sof xolda uchramaydi, boshka o‘yinlar yoki turkumlar bilan chatishib ketadi. Zero, ularda turli yoshdagi, jinsdagi odamlar turli fasllarda o‘ynaydilar. Shu bois bir turkumda nishonlanadigan o‘yinlar boshqasida takrorlanishi mumkin.
Turli yoshdagi odamlar guruxiga moslangan va xayotning ma’lum boskichida o‘ynaladigan o‘yinlar avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Yoshi o‘tinkirab kolguncha odamlar bamisoli xalq o‘yinlari «maktab»ini o‘tgan, bunda xar bir sinfda u yoki bu yoshga tegishli o‘yinlardan foydalanganlar. har bir yosh xususiyati o‘yinlarning moxiyati va mazmunini belgilagan. Masalan, yosh bolalar o‘rtasida o‘yinchoq va qo‘girchoqlar bilan bog’liq o‘yinlar, oraliq yoshdagi bolalar o‘rtasida – syujetli taklid o‘yinlari keng tarkalgan. «Hakalam-hakalam», «Kelin-kuyov», «Quvlashmachoq» kabi o‘yinlar bugungi kunda xam bolalar tomonidan sevib o‘ynaladi.
O‘yinlar bolalar va yoshlarga nima beradi?
O‘yin bolalarning, xususan, 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning asosiy mashguloti xisoblanadi, keyinchalik o‘kish va mehnatga almashadi. O‘yinlar bolalar uchun hayotga, kelajakdagi voqea-xodisalarga o‘ziga xos tayyorgarlik maktabi hisoblanadi. Ular bolalarni nafakat jisman, balki aklan stirib, ongini boyitadi, bolalar hayolotini uygotadi, xotirasini charxlab,
irodani mustaxkamlaydi. O‘yinlar jarayonida bola deyarli bilimlarni egallaydi, shaxs kamolotidagi zarur malakani oshiradi. O‘yinlar kelajakdagi katta hayot bo‘sagasidagi tayyorgarlik bo‘lib xizmat kilgan. «Agar bola o‘yinni vijdonan o‘ynasa, hayotda xam vijdonan yashaydi» deb bejiz aytishmaydi-da. Xullas, o‘yinlar bolalarda ijodiy faollik, tashabbus, jamoatchilik, tashkilotchilik o‘quvi va malakasini rivojlantirishning samarali vositasidir.

XULOSA
Hozirgi sharoitda o‘zbek xalq o‘yinlarining asosiy vazifasi o‘z mazmuni va metodikasi bilan bolalarni jamiyatimiz talablariga muvofiq yo‘sinda tarbiyalashni ta’minlash, ularda axloqiy, irodaviy sifatlarni rivojlantirish, ijodkor va bunyodkorlarga xos bilim, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Qadimiy tarbiya tizimidagi o‘yinlardan shaxsni shakllantirish vositasi sifatida keng foydalanilgan. Juda uzoq davrlar mukaddam pedagogik fikr namoyondasi o‘yinning tarbiyaviy imkoniyatlarini g’oyat ziyraklik bilan faxmlashgan. Bolalarni yosh xususiyatini xisobga olib, ularga mos o‘yinlarni tanlash masalasi qo‘yilgan, bolani o‘zining yoshiga muvaffak ishlar va turli o‘yinlar bilan mashgul kilish zarur deb topilgan.
Kuzatishlardan ayonki, atrofdagi voqelik yorkin, kishilarning xatti-harakati, o‘zaro munosabatlari va faoliyati jixatdan tushunarli bo‘lsagina o‘yinni yuzaga keltiradi. Atrof-muxitdagi barcha murakkablikni avvalo bola o‘yinda bartaraf etadi. Bolalar o‘yinining moxiyati muayyan rolni bajarishdan iboratdir. O‘zbek xalq o‘yinlaridan foydalanish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘yin bolaning o‘z faoliyati ekanin, undagi tashabbuskorlikni va mustakillikni saklash hamda ragbatlantirish zarurligini hisobga olish kerak.
O‘zbek xalq o‘yinlarini o‘rganish tarbiya jarayonini uzluksiz yangilaydi, o‘kuvchilarda hayotiy vaziyatlarni yaxshi anglash kobiliyatini rivojlantiradi. Biz o‘zbek xalq o‘yinlariga jamiyatning butun ma’naviy madaniyati bilan tarkibli birgalikda bolalarni tarbiyalashning eng muxim vositalaridan biri sifatida karaymiz.
O‘zbek xalq o‘yinlarining tarbiyaviy axamiyati haqida gap borar ekan, shuni aloxida ta’kidlash lozimki, ular eng avvalo bolalarda o‘z qishlog’iga, shahriga, tabiatga, mamlakatimizda yashovchi barcha xalqlarga muxabbat ruxida tarbiyalaydi. Eng muhimi o‘zbek xalqining milliy madaniyati, o‘tmishdagi va hozirgi turmushiga, milliy an’analari hamda san’atiga muxabbat uygotadi. Shuningdek, o‘quvchilarni halollikka, saxovatlilikka o‘rgatadi, kattalarning tajribasini bolalar va yoshlarga yetkazishning vositasi sifatida xizmat qiladi. O‘gil va qizlarda mexnatga ongli munosabatni shakllantiradi. Ularning kuchli, chaqqon, serharakat, ziyrak, topqir, o‘zaro hamkor bo‘lishlariga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy urf-odatlari, ajoyib an’analari bo‘lgan. Xattoki, yoshlarning barkamol shakllanishlari uchun xalqimiz qadim-qadimdan jiddiy e’tibor berib kelgan. O‘sha davrdanoq milliy xalq o‘yinlari keng rivojlangan. Bu o‘yinlar yosh avlodning jismonan baquvvat va sog’lom bo‘lib ulgayishida juda qo‘l kelgan.


Download 146,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish