Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari shaxsini rivojlanishida milliy xalq o‘yinlarini roli O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlanish va taraqqiyot yo‘liga chiqdi


O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib kichik maktab o’quvchi yoshlarning irodaviy sifatlarini tarbiyalashning mazmuni



Download 146,51 Kb.
bet3/9
Sana12.05.2023
Hajmi146,51 Kb.
#937903
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
27-Kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o\'zbek xalq o\'yi

1.1.O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib kichik maktab o’quvchi yoshlarning irodaviy sifatlarini tarbiyalashning mazmuni.
Ma’lumki, qadimda o‘zbek xalk o‘yinlari katta sayillarda, ommaviy tamoillarda keng qo‘llanilgan. O‘zbek xalq milliy o‘yinlarining tuzilishi, mazmuni turlicha bo‘lib, ular xalqimizning moddiy, maishiy va ma’naviy tarixini o‘rgatishda muxim manbaalardan biri hisoblanadi.
Bobokalonlarimiz Maxmud Qoshgariy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino asarlarida xam bolalar ijodkorligi, folklor o‘yinlariga taalluqli ma’lumotlar juda ko‘p uchraydi. Jumladan, «Devanu-lugatit turk» kitobida o‘yinlarning tur va yo‘nalishlari haqida kizikarli ma’lumotlar keltirilgan.
O‘zbek pedagogikasi tarixi ravnaqiga katta ulush qo‘shgan iste’dodli murabbiy, shoir, zabardast olim va moxir tarjimon Muxammad Rizo Ogahiy (1809-1870) «Ta’vizul-oshikin» devonida o‘zbek milliy o‘yinlari: chavandoz, ot ustida kurash tushish, ot ustida qilichbozlik, chavgon, yogoch ot, chillak, sopqon, kamondan otish bo‘yicha merganlik, shatranj, karda, dorboz, poyga, varrak, yogoch xuqqa, masxarabozlik, tosh ko‘tarish, pachoq o‘yini, oshiq o‘yini, to‘p o‘yini va boshkalar to‘grisida ma’lumotlar berib, bu o‘yinlarning koidalarini birma-bir izoxlaydi. Ogahiy «Kurash» she’rida xalk milliy sport o‘yinlaridan bo‘lgan kurashni juda yaxshi bayon etadi.
Biri – biriga zo‘r izxor aylab,
Yikorga ne allakim bor aylab.
Buyun olib bariga ko‘rguzib sho‘r
Biri changak solib, izxor etib zo‘r,
Madad chun biriga tam’ yeturdi,
Ko‘tarib birni andok yerga urdi.
Ogahiy fikricha, kurash bilan shugullanish bolalarni qat’iy intizomga odatlantiradi, u kuchiga ishonch xosil kilish bilan birga, ularning jismoniy va akliy kamolotiga ijobiy ta’sir kiladi. U «Poyga ta’rifida» asarida poygaga tibbiy va jismoniy tarbiya nuktai-nazaridan baxo beradi. «Otda yelish bolaligida gavdasini tutolmaslikka mubtalo bo‘lgan kishilarni aklining susayishidan, yurak xurujlaridan xalos etadi va jismonan bakuvvat kiladi, uni orzu-umid bilan yashashga, intilishga undaydi», - deydi.Bolalar o‘yinining yana bir foydalisi chavgon o‘yini bo‘lib, u bolalarni jangga o‘rgatib, toblab, chiniktirib, jismoniy kuch-quvvatini oshirib boradi. Bu haqda u shunday yozadi:
Chiqib maydon aro to kuyu-chavgon o‘yinni ko‘ring,
Agar mushkul desang mushkul, va gar oson desang oson ...
So‘z va qo‘shiqli o‘yinlar esa bolalarning nutkini o‘stirish bilan birgalikda, ularni chechanlikka o‘rgatadigan tarbiya vositasi ekanligini tushuntiradi.
Shu tarzda Ogahiy o‘zbek milliy o‘yinlari bolalarni ziyraklikka o‘rgatishda, jismonan baquvvat bo‘lib o‘sishda muxim tarbiya vositasi ekanini yorkin ifodalab bergan. Xullas, qadimda milliy o‘yinlarimiz buyuk allomalarimiz va mutaxassislarimizning asarlari orqali bizga xam yetib keldi.
Mustaqil o‘lka yoshlarining xar tomonlama kamol topgan shaxs kilib tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning, kolaversa, milliy jismoniy tarbiya usullarining axamiyati juda katta. O‘lkamiz tarixiga nazar tashlasak, qadim zamonlarda milliy sport, xarakatli o‘yin va ko‘ngil ochishlardan ota-bobolarimiz, ona-momolarimiz bayramlarda, sayillarda keng foydalanishgan. Navro‘z, xosil bayramlari, Ramazon xayiti, Qurbon xayit va boshqa bayramlarda uloq chopish, kurash, ko‘pkari kabi xilma-xil o‘yinlar, ko‘ngil ochishlar o‘tkazilgan.
Milliy jismoniy mashqlar sport va xarakatli o‘yinlarning xilma-xilligi, ulardan o‘quv-tarbiya jarayonining juda ko‘p soxalarida qo‘llash imkonini beradi.Har kuni uzaytirilgan guruxlarda xar xil xarakatli o‘yinlar uyushtirish, maxsus guruxlarda qiziqarli va bajarilishi oson bo‘lgan mashklar tashkil etish o‘quvchilar xarakat sifatlarini to‘gri shakllantirishga katta yordam berar ekan.
« O ‘yin» va «raqs» tushunchalarini farqlamay qoilash odat tusiga kirgan,go‘yoki ular bir hodisaday, ular orasida hech qanaqa tafovut yo‘qday. Aslida-chi? Aslida ular bir-biriga mohiyatan o‘xshamaydigan hodisalar bo‘Iib, harbiri o‘z tabiatiga ega, o‘ziga xos qonuniyatlar asosida yashaydi, rivojlanadi.
Rost, har ikkalasi ham harakat zamirida qurilgan, qolaversa, raqs, qisman esada, o‘yindan o‘sib chiqqan. Shu vajdanmikin, «o‘yin» nisbatan keng ma’nolitushunchaga aylangan, raqs hodisasini anglatadigan ma’noda ham qoilanaverilgan. Buni xalqona o‘yinlar misolida ravshanroq ko‘rish mumkin. Aytaylik,
«Chittigul» harakatni so‘z boshqarishi asosida qurilgan qizaloqlar o‘yini. Qizaloqlar uni erta bahorda (endigina nish otib ko'kara boshlagan gul-u sabzalarni ko‘rib quvonch va hayajondan entikib) «chittigul» — aslida ular chuchuktilida chiqqan, hayajonga limmo-lim «chiqdi gul!» iborasi ekanligini inobatgaoling, qo'l ushlashib davra hosil qilgan holda aylana turíb, o‘zaro jo‘rovozlikdaqo‘shiqni kuylashadi. Bunda aylanish harakati qo'shiq uchun ritmik — ohangdorlik asos vazifasini bajargan:
Etagingga gul bosay,
Bir yonini yon bosay.
Naqorat ijrosi jarayonida esa aylanayotgan yondosh qizaloqlar shiddat bilanjuñ-juñ boiishi, bir-birlarining kaftlariga kañlari bilan uch marta urib kuylashda
davom etishgan:
Ha-yu,chittigul,
Ha-yu, chittigul!
0 ‘yin nihoyasida oxirgi marta kaftlarni urishtirib, har bir qizaloq gir aylanib turib:
Ha-yu, chittigul,
Ha-yu!.. —
der ekan, barchalari birvarakayiga gurra tarqalishgan (0 ‘yin qaytarilganda yana yuqoridadi tartibga amal qilingan).
Ko'rinib turibdiki, «Chittigul»da ham o‘yin, ham raqs, ham qo‘shiq unsurlari o‘zaro singishib ketgan. Shunday ekan, uning o'zi nima? 0 ‘yinmi? Raqsmi? Yoki
qo'shiq? Undagi raqsga xos harakatlar butunlay raqs deyishga asos bo'lolmaydi.
Chunki ularda nafosat yetishmaydi (Ular hammabop, odmi harakatlar). Raqs esa nazokatga yo'g'rilgan jozibali harakatlar majmui bolib, har kim ham ijro qilavermaydigan san’at darajasidagi hodisadir. Shu mantiqning o'ziyoq «Chittigul» raqsga xos ibtidoiy harakatlarga ega esa-da, hali tom ma’nodagi raqs darajasiga o'sib chiqolmaganini ayonlashtiradi. Unda harakatning hammaboplik xususiyati ustuvor ekan, shuning o'ziyoq ommaboplik fazilati ustuvor bo‘lgan o'yinga mansublik alomatini kuchaytiradi. Qolaversa, «Chittigul» shunchaki qo'shiq ham emas. Undagi qo'shiq — o'yinning ajralmas uzvi, xolos. Shu qo'shiq bo‘lmasa undagi harakat ham yuzaga kelmaydi. Bu shunday qo‘shiqki, butun o'yin davomida harakatni ta’minlabgina qolmay, balki ravishini boshqarib turadi, shu asosda kompozitsion yaxlitlikni yuzaga keltiradi, shu bois «Chittigul» harakatni so‘z boshqaradigan behad ommaviy o'yin turi. Uning o'yinligini tasdiqlovchi yana bir muhim alomati
— o’yin ham, tomoshabin ham ijrochilarning o'zlari ekanligidaki, raqsda bunday uyg‘unlik yo‘q. Raqsda bir-biriga ma’naviy emotsionallik rishtalari bilan bog'langan raqqos yoki raqqosa olami va undan zavq-u surur olishga chog'langan tomoshabinlar olami bor. Ular alohida-alohida olamlar-ku, lekin purma’no harakatlami kuzatuvchi nigohlar vositasida o‘zaro tutashgan.
Bolalar o‘yinlarida esa bunday emas, ularda o'yin ham, tomoshabin ham bolalaming o'zlari, bunda o‘yinchi va tomoshabin yagona bir siymoda namoyon
bo‘ladi, ular o'zaro tutashgan. Shu bois har bir o'yin o‘ziga xos dramatik asarday,hayotning qay bir parchasi, qay bir dardi, qay bir muammosini aks ettiruvchi sahna asariday bo'lib, uning muallifi ham, ijrochisi ham tag'in o'sha bolalaming o'zlari... Bunda bolalaming ijodkorlik salohiyatlari haqiqatan namoyon bo'ladi.
Zero, bolalar o'ynab zavq oladi, o'ynab kurashga tushadi, o‘ynab magiubiyat alamini totadi, o‘ynab g'oliblik nashidasini suradi, o'ynab o'rganadi, o'ynab kashf etish va ijod qilish ilmini o'zlashtiradi, o‘ynab kuylaydi, o'ynab hamdardlik va hamkorlik tuyg'usini tuyadi, okynab birlashadi va birlashmoq manfaatdorligini his qiladi, hatto o'ynab judo bo‘ladi, yolg‘izlanadi va yakkalik iztirobini tortadi.
O'yinda harakat hayot ma’nolarini ifoda etuvchi ma’no kasb etsa-da, asosan, taqlidiy mohiyatga ega. Chunki bolalar kattalarga taqlid qila turib o‘ynaydilar, taqlid ular uchun olamni va odamni o‘zlashtirish vositasiga aylanadi. «Xalq ommasi bag'rida kechayotgan bolalar turmushining alohida nuqtalari bor, — deb yozgan edi rus folklorshunosi G.Vinogradov. — Bolalar o‘zlarini ayrim ajratilgan alohida olam sifatida anglashadi va yashashadi. Kattalar ishtirokisiz ham o‘yin o‘ynay bilishadi, o‘ynab turib o'rganadi, bevosita kattalardan emas, o‘z akasidan ular merosini o'zlashtiradi, raqsni o'rganadi — yana o'sha kattalardan emas, ko'pincha ulardan olamshumul sir tutgan holda shu tariqa atrofhi o'ragan muhitni anglash har gal ham kattalar ta’siri va rahbarligida kechavermaydi»1. Shunga qaramay, bolalar faoliyatida taqlidchilikning yetakchi tamoyilligi rad etib bo'lmas haqiqatdir.
Har bir taqlidiy harakat ulaming o'yinlarida turmushning qay bir qirrasini aks ettiruvchi ma’no kasb eta boradi. Aytaylik, uzun xivichni toychoq qilib minib oigan va har gal: «Chu!» — deya unga qamchi bosib chopqillagan bolakay quvonchi haqiqiy chavandoznikidan kam emas. U hatto entikkanidan toychoqday kishnab ham qo'yadi. «Urush-urush»ga o'ynab o'yinchoq to'pponchasi (miltiqchasi)dan «paq» etib otarkan, haqiqiy g'oliblik nash’asini surganday sezadi o'zini. O'yinchoq moshinchasida tuproq solib olib, o'zi «qurgan» yo'lakchadan sudrab turib «bib-bib»lab chopayotgan bolakay tuygan zavq haqiqiy shofyomikidan kam emas.
Qo'g'irchog'ini allalab uxlatayotgan yoki unga «ovqat yedirayotgan» qizaloq kayfiyatida haqiqiy onalamikidan qolishmaydigan surur bor. Yoxud o'shal qizaloq loydan «xamir» qorib, «kulcha»lar pishirib, mehmondorchilik taomilini o'ynab turib ado etarkan, bundan tuygan sururida kattalaming haqiqiy mehmonnavozlikda his qiladigan jonbaxsh safo bor, albatta.
Chelakchasida suv tashiganida, loydan uycha qurgan ida, tuproqdan xirmon uyganida bolakay shunchaki o'ynamaydi, kattalarga taqlid qila turib mehnat qilgan bo'ladi. Bu shunchaki taqlidiy mehnat emas, balki unga xos jarayonlami o'zlashtirish, mehnatning mohiyatini idrok etishdan iborat hayot sabog'idir. U hayotni o'ynab turib o'zlashtiradi, o'ynab turib ijodiy salohiyatini shakllantiradi va toblaydi, o'ynab turib bunyodkorlikni o'rganadi va kelajakning bunyodkori bo'lib yetishadi.
O‘yinlar inson hayotida shunday ahamiyat kasb etadiki, ularga qarab inson shaxsiyati, xarakteri manfaatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari haqida fikr yuritish mumkin. O‘zbeklar farzandlarida bolaligidanoq baxodirlik, xarbiylik, jangovarlik malakalarini shakllantirganlar.
Xalq dostoni «Alpomish»dagi sevimli bosh qaxramon Xakimbek haqidagi satrlar shundan dalolat beradi. Demak, o‘yinlar inson shaxsini kamol toptirishda asosiy vosita hisoblanadi. O‘yin bola uchun birinchi maktab. Bobolar va buvilarning qattiqqo‘l ota-onalarga «Bolalarning o‘yiniga xalaqit bermanglar!» deb tanbex berishlari bejiz emasda. Milliy o‘yinlarimizda tez xarakatli va aqliy o‘yinlar mavjud. Masalan, «Kes-kes» va «Olib kochar» o‘yinlarini qarab chiqaylik.
Kes-kes o‘yini. Bu o‘yinda to‘rt qadam kattalikdagi doira chiziladi. Doira markazida onaboshi turadi. Doira chetida esa barcha o‘yinchilar turadilar. Ular doiradan kesib o‘tib doiraning narigi chetiga chiqishga xarakat qiladilar. Onaboshi esa yugurib o‘yinchilarga ko‘l tekizadi. Qo‘l tekkan o‘yinchi o‘yindan chikadi. Doirani ko‘p kesib o‘tgan va ko‘l tekkizmagan o‘yinchi golib chikadi. Bu o‘yin bolalardan chakkonlikni, tez yugurishni, doirani kesib o‘tishni talab etadi va o‘ziga ishonchni tarbiyalaydi.
O‘tmish xalq o‘yinlarini ommalashtirish borasida ham qiyinchiliklar oz emas, albatta. Lekin, bu borada ancha xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Xullas, o‘tmish o‘yinlarini tarixini o‘rganib, hozirgi kungi davr talabiga
asosan inson shaxsini shakllanishida o‘yinlarni o‘rgatish katta axamiyatga egadir.
Xar bir xalqning o‘tgan avlodlari yaratib, bizga meros bo‘lib qolgan madaniy boyliklari xazinasiga xalq o‘yinlari ham kiradi. Xalq o‘yinlari o‘zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko‘ra g’ayrioddiy xodisa emas, balki xalqning xayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat tarakkiyotining qonunlari bilan belgilanadigan maqsadga muvofik faoliyatdir.
Xalq o‘yinlari xalq ijodiyotining o‘ziga xos janri bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu boskichiga xos ijtimoiy voqealar aniq aks etadi. Xar bir tarixiy davr olamni badiiy o‘zlashtirish uchun o‘z xissasini qo‘shadi: san’at ijtimoiy xayotning ko‘p kirralari xodisalarini to‘liqroq va yaqqolroq aks ettirishga intilib, fan, madaniyat, siyosat, axloq va iqtisodiyotning yutuqlarini qandaydir tarzda umumlashtiradi. Jamiyat tarakkiyotining ilk pogonalarida xalq o‘yinlaridan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish unumli mexnat bilan boglik bo‘lgan. Xalq o‘yinlarining mazmuni va xarakteri xayotning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlaridan va tarkib topayotgan elatlarning psixik xususiyatlaridan kelib chiqqan. Xalk o‘yinlari xarakteriga tarbiya sistemasining yo‘nalishi, unumli, uning mafkurasi, turmush an’analariga ta’siri katta.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq o‘yinlarining tadrijiy rivojlanishining va mana shu o‘yinlardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish bilan boglik masalalarni ko‘rib chikishda xalq o‘yinlarining har bir hiligi xos jihatlarni nazarda tutish kerak. O‘yinlar xalq tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik hayotidagi voqealar hamda xodisalarni obrazli aks ettirib, ularning xayotiy taassurotlarini, kuzatishlarini, tajriba va xissiyotlarini gavdalantirib, o‘zida so‘z, musiqa, raqs shakllarini mujassamlashtirgan. Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarakterli jihati ularniurugning urf-odatlari, an’analari, tarixi bilan, shuningdek, xalq ogzaki ijodi, rivoyatlar, qo‘shiklar va raqslar bilan tanishtirishdan iborat bo‘lgan.
Ibtidoiy jamiyatda yoshlarni kattalar safiga qo‘shish deb ataladigan bayram – diniy marosimlar keng tarkalgan. Bular o‘ziga xos o‘yin – musobaqalardan iborat bo‘lib, ularning mazmunini mexnat faoliyati, kabilalarning urf-odatlari xalq ogzaki ijodini tashkil qilgan. Mana shunday o‘yin-musobaqalarda yigitlar kurollardan foydalana olishlari lozim bo‘lgan. Ibtidoiy odamlarning yovvoyi xayvonlarni ovlashlari va ularni o‘zlariga bo‘ysundirishga intilishlari ov voqealarini ijod kilishga va namoyish etishga sabab bo‘ldi. Ishlab chiqarish kuchlarining tobora rivojlanishi, mexnat qurollarining takomillashuvi ibtidoiy jamoa tuzumining so‘nggi bosqichlarida bolalarning ana shu mexnat kurollaridan oddiy turmush va unumli mexnatda ilgaridek foydalana olmasligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli bolalar o‘yinchogiga o‘xshagan mexnat qurollari yasala boshlangan. Bolalar o‘yinining vositasi – o‘yinchoqlar ana shu tarika vujudga kelgan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida o‘yinning rivojlanishi fakat «diniy dabdaba» emas, balki atrofdagi vokelikni anglash, uning obrazga ko‘ra va tabiatga o‘xshatib ijod qilishni o‘rganish istagi xal bo‘ldi.
Har bir xalkning o‘z milliy o‘yinlari mavjud bo‘lib, ular xalq an’analari, millatlarning madaniyati va turmushiga xos xususiyatlar zaminida vujudga kelgan.
Xalq o‘yinlari xalq ma’naviy madaniyatining ko‘rinishlaridan biridir. Ularda etnik tarixga borib taqaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar, mafkura-e’tiqodning ayrim elementlari, axloqiy estetik me’yorlar aks etadi. Xalq o‘yinlari mamlakatning milliy xususiyatlarini, katta yoshli kishilarning fe’l-atvorini, odatlarini, mexnat jarayonlarini, jugrofiy sharoitlarni ifodalaydi. Shunga ko‘ra, o‘zbek xalq o‘yinlarini xalqning axloaiy-estetik tarixini, madaniyatini, boshqa xalqlar bilan aloqalarini o‘rganishning manbaalaridan biri sifatida karab chiqish lozim. O‘zbek xalq o‘yinlari tarixini o‘rganishda xalq ma’naviy madaniyatining rivojlanish bosqichlarini yoritish juda muxim axamiyatga molikdir.
O‘zbek xalq o‘yinlari o‘zbek xalqi ijodining maxsuli bo‘lib, ularni keng xalq ommasi yaratgan va saklab kelgan. O‘yinlar o‘zbek xalkining ko‘p avlodlari turmushi va ijtimoiy hayotining zarur elementi sifatida asrlar bo‘yi mavjud bo‘lib keldi va rivojlanishning har bir tarixiy bosqichida turli ijtimoiy vazifalarni bajardi. O‘zbek xalq o‘yinlari tarixning ijodiy kuchini, moddiy va ma’naviy boyliklarini o‘zida mujassamlashtiradi, ularda atrofdagi vokelikni bilish va o‘zlashtirishning tarixiy tajribasi aks etadi.
O‘zbek xalq o‘yinlari o‘z tabiatiga ko‘ra amaliydir. Ularda xalq badiiy madaniyatining o‘ziga xosligi, uning milliy xususiyatlari yaqqol kurinadi. Mazkur o‘yinlarning milliy xarakteri zamirida xalkning madaniy boyligi, katta merosi mavjuddir. Ko’p o‘yinlar mazmunining mavzulari qabilalarning urf-odatlarini, qadimiy udumlarning, mexnat faoliyati yoki madaniyatini yoritishi mumkin.
Xalkning unutilayozgan iltijolari, baytlari va sanoqlari bolalarning xalq o‘yinlaridagina davom etib keladi. Guruh bo‘lib o‘ynaladigan o‘zbek xalq o‘yinlari va ayrim sport o‘yinlari qadimiy qabilalarning o‘yinlariga borib takaladi. O‘zbek xalk o‘yinlari kadim zamonlarda, bizning eramizgacha bo‘lgan davrlarda vujudga kelgan.

Download 146,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish