11.3.1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmi
Manha: Mualliflar ishlanmasi
Bizningcha, soliq mexanizmi 4 ta asosiy elementdan - maxsus soliq tartibi; soliq imtiyozlari; soliqdan ma'lum muddatga ozod qilish; soliq hisobini yuritishda soddalashtirilgan qoidalar, alohida soliqlar va yig'imlar bo'yicha soddalashtirilgan soliq deklaratsiyalari shaklidan iborat. O'zhekiston soliq tizimining o'ziga xosligi shundaki, unda maxsus soliq tartiblari (shu jumladan, kichik tadbirkorlik uchun ham) mavjud. Viar kichik tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish va soliq to' lashning boshqa tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mavjud bo' lgan amaldagi qoidalaridan farq qiluvchi alohida qoidalardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, tashkil etilayotgan aksariyat kichik biznes subyektlarida dastlabki sarmoya sifatida o'z mablag'lari (ustav fondi pul mablag'lari qismi) kam ishtirok etadi. Bu bir tomondan respublikamiz hukumati tomonidan kichik biznes subyektlariga kredit berish mexanizmi rivojlantirilishi tufayli ularga kredit resurslarining dastlabki sannoya sifatida jalb etilishi samarasi bo' Isa, boshqa tomondan ayrim tadbirkorlarda tadbirkorlik qobiliyati bo' lsa-da, dastlabki jamg' anna yo' qligini bildiradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2011-yil 21- yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yil iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga bag'ishlangan majlisida ta'kidlaganlaridek: "20 I 0-yilda tijorat banklarining jami kapitali 36 foizga ortgan va banklarimiz erishgan 23 foiz miqdoridagi kapitalning yetarlilik darajasi dunyoda qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 barobardan ko'pdir. Faqat depozitlar hajmi 1,5 barobardan ziyod oshgan" 33.
Shu jumladan, "Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik - tijorat banki tomonidan o'tgan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlaming tub mazmunidan kelib chiqib halq farovonligini oshirish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
"Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" deb nom olgan joriy yilda "Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik-tijorat bankining asosiy vazifalaridan hisoblangan imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlari ko'lamini yanada kengaytirish borasida bir gator vazifalar belgilangan. Jumladan,
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlariga, fermer va dehqon xo'jaliklariga o' zlarining ishlab chiqarish faoliyatini mustahkamlash va kengaytirishlari uchun mikrokreditlar berish, keng ko' lamdagi bank hamda konsalting xizmatlari ko' rsatish;
sifatli bank xizmatlaridan bahramand bo' lish maqsadida, ayniqsa qishloq joylarda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko'rsatish uchun ko'shimcha imkoniyatlami ta'minlaydigan filiallar va mini-banklar tizimi orqali moliyaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish;
mikrokreditlar berish hamda mikrolizing yo' Ii bi Ian mikrofirmalar, oilaviy biznes va kasanachilik rivojlanishini rag'batlantirish va qo' llab quvvatlash hisobiga tadbirkorlik sohasi kengayishiga ko'maklashish kabi vazifalar bank faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridandir.
Shuni ham aytib o'tish lozimki, bugungi kunda "Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik-tijorat banki quyidagi mikromoliyaviy xizmatlami ko' rsatib kelmoqda:
yangi tashkil etilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga boshlang' ich sarmoyani shakllantirish uchun yiliga 3 foizdan
"Prezident Islam Karimovning 2010- y1lda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo'ljallangan eng muhim ustuvor yo'nahshlarga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkarnasining majlisidagi maruzasi. //Xalq so'zi, 2011-yil 22-yam·ar. N,16 (5183)
yuqori bo'lmagan foiz stavkasida, eng kam ish haqining 50-200 barobarigacha miqdorida 18 oygacha bo' lgan muddatga;
kichik biznes subyektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag' larini to' ldirishga mikrokreditlarni Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan yuqori bo'lmagan stavka bo'yicha, eng kam ish haqining 500 barobarigacha miqdorida 24 oygacha bo' lgan muddatga;
kichik biznes subyektlari uchun yiliga 5 foizdan yuqori bo' lmagan foiz stavkasida, eng kam ish haqining 2000 barobarigacha miqdorida 3 yilgacha bo'lgan muddatga imtiyozli mikrolizing bo'yicha xizmatlar.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, bugungi kunda tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit ajratish jarayomm soddalashtirish, rasmiylashtirish jarayonini qisqartirish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi ""Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to'g'risida"gi ,NQ PF-3750 sonli Farmoni qabul qilingan. Bunda qarz oluvchi tomonidan mikrokredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxati faqat:
mikrokredit olishga buyurtmanoma;
biznes-reja;
mikrokredit qaytarilishi ta'minlanishini tasdiqlovchi hujjatlar bilan cheklanadi.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, 2011-yilda bank-moliya tizimi oldida turgan vazifalarning ijrosini ta'minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, qulay ishchan muhitni yaratish, tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlari hisobiga yangi ishchi o'rinlarini yaratishda tijorat banklarining, xususan, "Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik-tijorat bankining imtiyozli mikrosarmoyalari muhim ahamiyat kasb etadi. 2011-yilda Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 14 foizdan 12 foizga tushirilganligi ushbu vazifalarni amalga oshirishda hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan ko' plab imkoniyatlardan biridir. Kichik biznes va tadbirkorlikni moliyaviy vositalarini shakllantirish bevosita tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning imkoniyatlar va aholini birlamchi tovar va xizmatlarga bo'lgan ehtiyojini qondirishdagi muhim omillari sifatida e'tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |