algoritimi
11.2.1-rasm. Oilaviy korxonani tashkil etish algoritmi26
Haqiqatda oilaviy korxona deb mulkning asosiy qismi yoki boshqaruv oila a'zolarining qo'lida bo'lgan va oila a'zolarining bir qismi bevosita mazkur korxona ishlovchi istalgan korxonaga aytiladi.
26 Salaycv S.K., Fayzullaycv N.B., Tadjiev B.U. O'zbekistonda oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish yo'nalishlari. -T.: "Fan va texnologiya", 2011, 21-bet.
Odatda, oilaviy biznesning shakllari shahardagi oilaviy korxonalami hamda qishloqda faoliyat yurituvchi dehqon, fermer xo'jaliklarining farqlanishini taqozo etadi. Chunki ularning faoliyat ko' rsatish shart sharoitlari, ish boshlash talablari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Shahar joylarida oilaviy tadbirkorlik yirik va o' rta biznes uchun xos bo'lmagan sohalarda o'z o'mini topishga intiladi. Bular mayda ulgurji va chakana savdo, maishiy xizmat ko'rsatish, restoran biznesi, choyxona va oshxonalar, kafe va barlar, aholiga transport xizmati ko'rsatish, ta'mirlash va qurilish, buxgalterlik ishlari va audit kabilardir.
Oilaviy tadbirkorlikda alohida o'rinni bir necha avlodlar almashinuvi davomida aksiyalaming nazorat paketlari bitta oila qo' Iida bo' lgan yirik korporatsiyalar, aksiyadorlik jamiyatlar, "moliyaviy imperiyalar" tutadi.
O'zbekiston Respublikasida oilaviy tadbirkorlikning dinamik rivojlanishi ulaming taraqqiyoti uchun muhim bo'lgan rivojlangan davlatlardagi kabi institutsional shart-sharoitlami yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi. G· arb tadqiqotchilarining ma'lumotlariga ko'ra, oilaviy tadbirkorlik subyektlari umumiy kichik korxonalaming 68 foizini tashkil etadi27•
Oilaviy tadbirkorlik kichik biznesning o'ziga xos tashkiliy-huquqiy shakli sifatida mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati katta b·o lib, u bir gator afzalliklarga ega:
Moslashuvchanlik va innovatsiyalarning yuqori darajasi, o' zgaruvchan bozor talablariga tez moslashish qobiliyati.
Oila institutini mustahkamlash kabi muhim ijtimoiy vazifani bajaradi, bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalashga imkon bergani holda, ularni ijtimoiylashtirishga hamda demografik muammolami hal qilishga imkon beradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bo'lgan yuqori intilish darajasini ta'minlaydi.
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishining zaruriy sharti bo' lgan fuqarolaming tadbirkorlik nuqtai nazaridan o' z-o' zini ro'yobga chiqarishga imkon beradi.
Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy holatning barqarorlashuviga imkon beradi.
Bir necha yuz yillar davomida shakllangan g'arb mamlakatlarida tadbirkorlikning rivojlanishi tarixi ko'rsatishicha, tadbirkorlik oilani mustahkamlanishiga imkon beradi, oila ichidagi ziddiyatlar miqdorini kamaytiradi va maishiy muammolarni yechish imkoniyatlarini oshiradi.
27 L(enoaa.1 MocKBa. 2006. N-25. (16). S11.
Oilaviy biznesga moslashuvchanlik va barqarorlik xos bo' lib, barqaror oilaviy aloqalar oilaviy korxona biznes-tuzilmasida o'z ifodasini topadi va bu esa iqtisodiy faoliyat yuritish tavakkalchiligini pasaytiradi, uning barcha a'zolar rag'batlantirish darajasini oshiradi.
Qarindoshlar ishlaydigan firma bolalarni, oilaning keksa a'zolarini, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarni ishga joylashtirishga imkon beradi. Ularning oila ishida to' la-to' kis qatnashish bola va o' smirlarni ijtimoiylashtirish, ularni kelgusi mehnat faoliyatiga moslashtirish imkonini beradi.
Xo'jalik yuritishning kichik shakli sifatida oilaviy korxonalar yirik va o'rta firmalarning yanada samarali faoliyat yuritishiga yordam beradi. Odatda, oilaviy korxonalar mahalliy xomashyoda mahalliy bozor uchun ishlagani holda, mintaqaviy bozorni rivojlantirish, takomillashtirishni uncha katta bo'lmagan doimiy buyurtmalar bilan ta'minlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning omillaridan biri bo' lgan, "o' rta sinfni" o'sishining asosi bo'lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, oilaviy tadbirkorlik zamonaviy O'zbekiston iqtisodiyotida quyidagi iqtisodiy vazifalarni bajaradi:
Oilaviy biznes - jamiyatning siyosiy barqarorligi va demokratik rivojlanishning kafolati bo'lgan o'rta sinf shakllanishining asosi hisoblanadi.
Oilaviy biznes vakillari nafaqat o'z-o'zining samarali bandligini ta'minlaydi, balki yangi ish o'rinlarini ham tashkil etadi.
Rivojlangan oilaviy biznes iste'molchilar va bozorning tez o'zgaruvchan talablariga muvofiq holda tovar va xizmatlar ishlab chiqarib, iste'molchilarning asosiy qismiga xizmat ko'rsatadi.
Kichik tadbirkorlik sektori innovatsion xarakterga ega bo' lib, tavakkalchilikka asoslangan yangi mahsulot va xizmatlarni tez, qulay va oson o' zlashtiradi.
Kichik biznes shaxsning ichki salohiyatini ochishga, mehnat faoliyatida o'z-o'zini namoyon qilishga imkon beradi.
Oilaviy tadbirkorlikning ommaviy rivojlanishi jamiyat ruhiyatining o'zgarishiga va aholining aksariyat qismi qadriyatlari yo' nalishini yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashtirishga imkon beradi.
Dastlabki bilim, malaka va ko'nikmalarni amalga oshirish, sinab ko' rish uchun faoliyat maydoni, "poligon" vazifasini bajaradi.
Iste'molchilar bilan bevosita mustahkam aloqalar o'rnatishga imkon beradi.
Mahalliy shart-sharoitlarga tez va oson moslashgani holda, operatsion xarajatlari kam bo'ladi.
Oilaviy tadbirkorlikda boshqarish oddiy bo' ladi va kapital qo'yilmalar tez qoplanadi va h.k.
Shunday qilib, oilaviy tadbirkorlikning asosiy vazifalarini quyidagicha ifodalashimiz mumkin (11.2.2-rasm).
11.2.2-rasm. Oilaviy tadbirkorlikning vazifala ri28
28 Salaycv S.K., Fayzullaycv N.B., Tadjiycv B.U. O'zbckistonda oilaviy tadbirkorlik va ki ik bizncsni rivojlantirish yo'nalishlari. -T.: "Fan va tcxnologiya", 2011, 25-bct.
Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikning iqtisodiy vazifalaridan tashqari
Do'stlaringiz bilan baham: |