Kichik biznes



Download 0,78 Mb.
bet198/243
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#271099
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   243
Bog'liq
ARM Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011 (1)

ijtimoiy vazifalari ham mavjud. Xususan:

I) Ijtimoiy keskinlikni yumshatadi va bozor munosabatlarini demokratlashtiradi.



  1. Yirik biznesdagiga nisbatan ish ·o rinlarini yaratish qariyb ·o n

marta arzon bo'lganligidan kambag'allikka qarshi kurash va ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida yangi ish o'rinlari manbai hisoblanadi.

  1. Oilaviy tadbirkorlikning muhim roli - bu ish beruvchilarning ko'pgina toifalari tomonidan ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kam foydalaniladigan pensioner, talaba va o'quvchi, nogironlar kabi mehnat resurslarini mehnat faoliyatiga faol jalb qiladi.

  2. Oilaviy tadbirkorlik ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida demokratiyani kengaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy faoliyatda tadbirkor yoki yollanma ishchi maqomini tanlashga imkon beradi.

Islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi k·o pincha, fuqarolarning jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yo'nalishlari, me'yorlari va qadriyatlar haqidagi tasavvurlariga bog'liq. Ma'lumki, har qanday mamlakat fuqarolarining mentaliteti tadbirkorlik munosabatlariga ham bevosita ta'sir ko'rsatadi. Oilaviy tadbirkorlik rivojlanishiga mentalitetning ta'sirini o'rganar ekanmiz, O' zbekistonda uning quyidagicha namoyon b·o lishiga amin bo'lamiz:

  1. Milliy mentalitet oilaviy korxonaning tashqi institutsional muhitigajiddiy shakllantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

  2. Oilaviy biznes korxonalarida mehnat munosabatlari oilaviy munosabatlarda "rollarning" qanday taqsimlanishi haqidagi an'anaviy qarashlar asosida quriladi.

Mentalitetning ta'siri oilaviy korxonada ichki mehnat

munosabatlarini qurishda ham ·o z ta' sirini k·o rsatadi. O' zbekiston

iqtisodiyotida zamonaviy oilaviy tadbirkorlik korxonasini, odatda erkak kishi (oila boshlig'i) boshqaradi va moliyaviy hisob, nazorat ayol kishi tomonidan boshqariladi.

Respublikamizda oilaviy biznesga xos b·o lmagan xususiyatlarga quyidagilami kiritishimiz mumkin: qarindoshlar o'rtasida iqtisodiy munosabatlami huquqiy mustahkamlanganligi, lavozim (tadbirkorlik) majburiyatlari bilan oilaviy majburiyatlar o'rtasidagi "chegara"ning aniq qo'yilganligi, ayollarning biznesga aralashuv darajasining yuqoriligi.

O'zbekiston Respublikasida oila institutining holati, bugungi kunda uning rivojlanishida hal qilinishi lozim bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy va

axloqiy-ruhiy nuqsonlar borligidan dalolat beradi. Jumladan, O' zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra, 2010- yilda respublikamizda 285,4 mingta nikohga qariyb 19,0 mingta ajralishlar to'g'ri kelgan, ya'ni 6,5 foiz oilalar barbod bo' lgan29. Albatta, bu ko'rsatkich boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha kam hisoblanadi va respublikamizda oila institutining nisbatan mustahkamligidan darak beradi. Chunki, Rossiya Federatsiyasida 2003-yilda 1091,8 ming nikohga 798,8 ming ajralish to'g'ri kelgan yoki mazkur mamlakatdagi 73,1 foiz oilalar barbod bo' lgan30.

Bu esa istiqboldajamiyatning muhim bo'g'ini bo'lgan oila institutini rivojlantirishda mahalla fuqarolar yig'ini, "Oila" respublika ilmiy-amaliy markazi kabi jamoatchilik tashkilotlari rivojlanishini yanada kuchaytirishni taqozo etadi.

BMT ma'lumotlariga ko'ra, kichik korxona, mikrofirma va oilaviy tadbirkorlik subyektlari dunyoning 50 foiz mehnatga layoqatli aholisi uchun asosiy ish beruvchi hisoblanadi, masalan AQSHda kichik korxonalar 60 foiz yangi ish o'rinlarini yaratadi. Respublikamizda ham bu ko' rsatkich 2010-yil yakunlariga ko' ra qariyb 50 foizdan ortiq ish o' rin KBXT subyektlari ulushi tomonidan yaratilgan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham ishsizlik muammosi ko' pgina rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda KBXT subyektlari tomonidan echilgan.

BMT va Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan kichik, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik kambag'allikka qarshi kurashning strategik yo'nalishlaridan biri sifatida qaraladi. 2003- yilda bo'lib o'tgan XMT ning 91-sessiyasida Xalqaro mehnat byurosi bosh direktorining ma'ruzasida "Mehnat qashshoqlikka qarshi kurash vositasi·, tadbirkorlik kambag'allikni engishning muhim vositasi, ijtimoiy keskinlikni yumshatishning asosiy quroli sifatida qaraladi31

XMT ning 91-sessiyasidagi yuqoridagi nomi tilga olingan ma'ruzada keltirilgan taklitlami respublikamiz amaliyotiga moslagan holda, bir gator ijtimoiy muammolami keskinligini kamaytirishga imkon beruvchi, oilaviy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini qo' llab-quvvatlovchi quyidagi taklif

va tavsiyalarni berish mumkin:


  • mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobat afzalliklarini oshirish,

davlat va munitsipial mulkdan foydalanish bo'yicha imtiyozlar berish, ish




29 O'zbekiston Resnublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari

30 PoccKiicKHii C1])3TCnrtecKHii e;KefOJUiHK. 2004. C.123.

31 "Mehnat qashshoqlikka qarshi kurash vositasi sifatida" nomli xalqaro mehnat byurosi Direktorining 2003-yildagi ma'ruzasi // www.iCo.ru.

beruvchi tadbirkorlar uchun soliq preferensiyalarini taqdim etish, kreditlashning imtiyozli shartlari, kredit oluvchilarning xarajatlarining bir qismini subsidiyalash va h.k.



  • ommaviy axborot vositalarini tadbirkorlik tashabbuslarini

rivojlanish muammosiga yanada kengroq jalb qilish, tadbirkorlikning ijobiy qiyofasini, oilaviy tadbirkorlikning jamiyat va davlatning rivojidagi tutgan o'mini yoritishga bag'ishlangan ijtimoiy reklama roliklarini kuchaytirish, "o' z kelajagingni o zmg qur" ruknida tele va radioeshittirishlarni ko'paytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini OAVda ommaviy targ'ib qilish;

  • mintaqalar aholisi uchun o'z xususiy biznesini yuritish masalalari

bo'yicha doimiy "ishonch telefonlari"ni tashkil qilish.

Xulosa qilib aytganda, respublikamizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirilishi bir gator vazifalami hal etishda qo'I keladi. Xususan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor iqtisodiyoti islohotlari sharoitida mulkdorlar sinfining kengayishiga qulay shart-sharoit yaratadi. Shuningdek, aholi bandligini ta'minlash va farovonligini yuksaltirishdek zalvorli yumushlarni oddiy mexanizmlar asosida hal etish mumkin bo' ladi. Qolaversa, uzoq yillik qadriyatlarimiz, milliy an'analarimizning ham izchil rivojlanishini ta'minlaydi.




    1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo'llab­ quvvatlashda mikrosarmoyalar hajmini oshirish orqali ularning


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish