Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


IX 4. Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va kasb



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

IX 4. Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va kasb 

kasalliidarini tekshirish va hisobga olish 

 

O’lim  bilan  tugagan,  og'ir  jarohatlanish  va  gruppa  bilan  baxtsiz 



hodisaga  uchragan  hollardan  tashqari  hamma  baxtsiz  hodisalarni 

tekshirishni  sex  boshlig'i,  xavfsizlik  texnikasi  injeneri  va  jamoat 

nazoratchisi tarkibida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi. 

Baxtsiz hodisa ish boshlanishidan oldin, ish davomida, ishdan keyin, 

ish joyida, zavod  hududida va  ma'muriyatning topshirig'iga asosan zavod 

hududidan  chetda  yuz  bergan  bo'lishidan  qat'i  nazar  tekshirilishi  lozim. 

O'tkir  zaharlanish,  issiq  urishi  va  tananing  ba'zi  qismlarining  muzlashi 

baxtsiz hodisa sifatida tekshiriladi. 

Bir kundan kam bo'lmagan ish kunini yo'qotgan baxtsiz hodisalar 24 

soat  davomida  tekshirilib,  maxsus  forma  bo'yicha  (N-I)  4  nusxada  akt 

tuziladi. 

Aktda baxtsiz hodisaga uchragan kishi haqidagi axborotdan tashqari, 

aniqlangan  baxtsiz  hodisaning  sabablari  keltirilishi  va  bunday  baxtsiz 

hodisalar qaytarilmasligi uchun qanday chora-tadbirlar qurilganligi haqida 

axborot beriladi. 

Aktni  korxonaning  bosh  injeneri  tasdiqlaydi.  Aktning  bir  nusxasi 

sex boshlig'iga yuboriladi va u bosh injener belgilagan muddat davomida 



 

 

161 



aktda ko'rsatilgan mehnatni muhofaza qilish masalalarini amalga oshirishi 

kerak, ikkinchi nusxasi kasaba uyushmasi qo'mitasiga, uchinchisi tegishli 

kasaba  uyushmasining  texnik  nazoratchisiga  va  to'rtinchisi  mehnatni 

muhofaza qilish bo'limiga nazorat o'rnatish uchun yuboriladi. Ma'muriyat 

baxtsiz  hodisaga  uchragan  kishiga  aktning  tasdiqlangan  nusxasini  berishi 

shart.  Baxtsiz  hodisaning  asoratlari  keyinchalik  ham  kelib  chiqishini  hi-

sobga olib, aktlar 45 yilgacha saqlanishi kerak. 

Baxtsiz  hodisa  tekshirilgandan  keyin  sanoat  korxonasi  ma'muriyati 

yo'l qo'yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta'minlashga qaratilgan buyruq 

e'lon  qiladi.  Bu  buyraqda  korxonada yuz  bergan  baxtsiz  hodisaning  kelib 

chiqishiga aybdor bo'lgan kishilarning javobgarligi aniqdanib, ta'kidlanadi. 

Baxtsiz  hodisa  o'lim  bilan  tugasa,  gruppa  bilan  baxtsiz  hodisaga 

uchrasa  va  og'ir  jarohatlangan  hollarda,  tekshirish  maxsus  belgilangan 

tartib  bilan  o'tkaziladi.  Bunday  baxtsiz  hodisalarni  maxsus  komissiyalar 

tomonidan  tekshiriladi.  Komissiya  tarkibiga  kasaba  uyushmasi  texnik 

nazoratchisi, yuqori xo'jalik tashkilotining xodimi, davlat nazorat organlari 

xodimlari  va  umumiy  baxtsiz  hodisani  tekshirishda  ishtirok  etadigan 

xodimlar qatnashadi. 

Bunday holatlarda tekshirish tezda o'tkazilishi kerak, ya'ni tekshirish 

materiallari  7  kun  ichida  tayyor  bo'lishi  shart.  Aktga  baxtsiz  hodisani 

ko'rgan guvohlarning ko'rsatmalari, tibbiy ekspert xu-losasi, baxtsiz hodisa 

yuz  bergan  joyning  hamda  agar  baxtsiz  hodisa  vaqtida  biron  bir  obyekt 

zararlangan  bo'lsa,  ularning  fotosurat  va  komissiya  chiqargan  xulosalarni 

tasdiqlaydigan  boshqa  materiallar  qo'shib  yuboriladi.  Aktga,  shuningdek, 

baxtsiz hodisaga javobgar bo'lgan shaxsning familiyasi va lavozimi yozib 

qo'yiladi. 

Og'ir,  gruppa  bilan  jarohatlanganlar  va  o'lim  bilan  tugagan  baxtsiz 

hodisalar  albatta  fabrika,  zavod  kasaba  uyushmasi  qo'mitasida  va  yuqori 

xo'jalik  tashkilotlari  kasaba  uyushmalari  qo'mitalarida  tahlil  qilish  va 

ko'rib  chiqilishi  kerak.  So'ngra  bildirilgan  fikr-mulohazalar  asosida  keyin 

ham shunday baxtsiz hodisa ro'y bermasligi uchun umumiy chora-tadbirlar 

mundarijasi ishlab chiqilishi va qaror bilan tasdiqlanishi zarur. 

O'zbekiston  Respublikasida  kasbiy  zaharlanish  va  kasb  kasalliklari 

oldini  olish  uchun  kerakli  qonun  va  tavsiyanomalarni  ishlab  chiqish  va 

tasdiqdash, shuningdek, kasb kasalliklari vujudga kel-ganda ularni hisobga 

olish  va  tekshirish  ishlari  O'zbekiston  Respublikasi  Sog’liqni  saqlash 

vazirligi tashkilotlariga topshirilgan. Kasbiy zaharlanish va kasb kasalligi 

haqidagi  akt  korxona  rahbariga  yuboriladi.  Aktda  bunday  kasalliklarning 

qaytarilmasligini  ta'minlovchi  chora-tadbirlar  majmuasi  tavsiya  etiladi  va 



 

 

162 



uning  bitta  nusxasi  Respublika  Sog'liqni  saqlash  vazirligining  yuqori 

tashkilotlariga yuboriladi. 

Baxtsiz  hodisaga  uchragan  kishi  hisobga  olinib,  unga  ma'lum 

davolanish kursi belgilanadi. Agar zarur bo'lsa, kasb kasalligiga uchragan 

kishini  mehnat  ekspert  tibbiyot  xodimlari  komissiyasi  (VTEK)  ga 

yuboriladi  va  unda  uning  kasb  kasalligining  oqibati  natijasida  nogironlik 

guruhi aniqlanadi va shunga yarasha ma'lum moddiy ta'minlanish miqdori 

belgilanadi. 

 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish