IX.2. Xavfning son ko'rsatkicki
Tavakkalni baholash.
Tavakkallik deganda, biror bir vazifani
bajaiganda iqtisodiy foydani ko'zlab xavfsizlik texnikasi
qoidalarining ba'zi bir nuqtalarini inkor qilgan holda bajarish holati
tushuniladi. Tavakkalni har xil holatlar uchun ayrim qabul qilinadi.
Masalan, xavfli vaziyat xavfi jarohat olish bilan bo'lishi aniq ko'rinib
tuigan holat va odam sog'lig'iga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan holat.
Bunda birinchi holatda xavfli vaziyat xavf manbayi potensial xavf
tug'diruvchi omil sifatida bu qanday xavf bo'lishidan qat'i nazar (odam
organizmiga, moddiy zarar yoki atrof-muhitni zararlashi) tezda qisqa
muddatda ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchi holatda esa xavf manbayi uzoq muddat
davomida uzluksiz ta'sir ko'rsatib boradi.
Agar tavakkal qabul qilingan ishda beradigan zarar shaxsiy mulkka
va moddiy yo'qotishga borib taqalsa, unda uni pul bilan o'lchanadi. Ammo
unutmaslik kerakki, avariya bo'lgan taqdirda yetadigan zarar bir maromda
va bir xilda bo'lmasligini inobatga olib, ularning keyingi qiyoslari
tavakkalni ehtimollari asosida aniqlanadi. Jumladan, agar yetadigan
zararni hisoblash qiyinchilik tug'dirsa, unda tavakkalni chegara miqdor
asosida hisoblanadi.
Agar yetadigan zarar sog'lig'iga ta'sir qiladigan bo'lsa, uning hisobi
yo'qotilgan kunlar uchun to'lov qog'oziga va uning ish joyida vaqtincha
almashtiigan kishi uchun to'lov sifatida hisoblanadi. Bu haqiqiy holatni
aniq belgilamaydi. Agar baxtsiz hodisa o'lim bilan tugagan bo'lsa, uni
hisoblash masalasi yanada qiyinlashadi. Shuning uchun tavakkal, agar
158
baxtsiz hodisa bilan bog'liq bo'lsa, uni tavakkalni ehtimollar asosida
baholanadi.
Shunday qilib, tavakkalning o'lchov birligi odam sog'ligiga va
shaxsiy mulkiga xavf solgan taqdirda har xil bo'ladi. Shuning uchun, agar
bir vaqtning o'zida ham sog'lig'iga ham shaxsiy mulkiga xavf tug'iladigan
bo'lsa, unda tavakkalni vektor ko'rinishida koordinat o'qlari bo'yicha har
xil o'lchovlarda yozish mumkin:
R=U∙P,
bu yerda o'ng tomondagi ko'paytmada hamma shartlar hisobga
olinganligi uchun, tavakkalni qiyoslash imkoniyati mavjud.
Tavakkalni shaxsiy va umumiy turlarga bo'lib qaraladi. Shaxsiy
tavaklcal favqulodda hodisa natijasida yetkazilgan zararning kutilgan
miqdori U* ma'lum. T vaqt mobaynida M miqdordagi odamlar guruhiga
nisbatan olinadi. (Agar shaxsiy tavakkallik ko'rsatilayotgan bo'lsa,
odamlar soni ko'rsatilgan bo'lishi kerak).
R=U*/(T*M).
Bir guruh odamlar uchun umumiy tavakkallik (kollektiv
tavakkallik):
R=U*/T.
Har qanday odam ma'lum bir sharoitda va deyarli hamma odamlar
ham, ma'lum sharoitda tavakkallik holatini boshidan kechiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |