Asabiy zo’riqish.
Ko’rish, badanning turli qismlaridagi og’riklar
to’g’risidagi shikoyatlar bilan birga, 57,7 % tekshirilgan operatorlarda
umumasabiy shikoyatlar qayd qilingan: kuchaygan umumiy toliqish, bosh
og’rig’i, boshning og’irlashuvi, yomon uyqu, tetiklikni, ish qobiliyatini
susayishi va x.k. XK da ishlovchi operatorlarning ko’pchiligida (40,3 %)
kuchaygan asabiylashuv, betoqatlikni sezish va ruxiy azoblanish kabi
turgun asabiy-psixologik buzulishlar qayd etilgan. Hisoblash texnikasi
bilan band insonlarda boshqa sohalarda ishlovchi guruhlarga nisbatan
lipillashlarni qushilishining kritik chastotasi (LDKCH) ko’rsatkichi
bo’yicha sezilarli ifodalangan asabiy-sensor toliqishi, ya`ni ko’z orqali bir
sekundda minimal portlagan yorug’lik qiymatini uzluksiz va sezilmas
darajada qabul qila olishi bo’lib, uni o’zgarish xarakteri asab tizimlarini
ortiqcha ta`sirchanligi va turg’unligi bo’zilganligidan dalolat beradi.
80- yillarda professor V.I. Barabash tomonidan olib borilgan
izlanishlar VDT bilan ishlovchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish
operatorlarining optimistik – ko’ringan ish sharoitlarini o’rganib - 85% ish
jarayonida xayajonlanishini, 60% bir xil ish turidan toliqishini, 63% -
smena oxirida ish qobiliyatini pasayishi aniqlangan. Ish tugaganidan so’ng
70% operatorlarda asabiylashish, 68%- toliqish, 35% uyquning yomonligi,
30%-tinchlantiruvchi dorilar qabul qilgani ashiqlangan.
Operatorlarning ish xarakteristikalari xaqida keltirilgan sub`ektiv
ma`lumotlar ob`ektiv izlanish ma`lumotlari bilan tasdiqlanadi. "Arifmetik
amallar" testini bajarish natijasida tekshirilganlarning 33 % da aqliy
toliqish qayd etilgan.
Yaxshi ish sharoitida (optimal mikroiqlim, optimal sun`iy
yoritilganlik, ekrandagi shakllar aniq va ravshan ko’ringanlik, ish joyi
ratsional tashkil qilingan) ikki soat bir xil ishni bajargan ma`lumotlarni
kirituvchi operatorlarning psixofiziologik ahvolini tekshirish qiziq
natijalarni
berdi.
Tekshirilganlarning
(jami
12
kishi)
80%da
(elektroentsefalogramma ko’rsatkichlari bo’yicha). 45-60 minut uzluksiz
ishlaganidan so’ng ish qobiliyati va miya faolligi pasayib, so’ng ko’tarilib,
462
ish tugashiga yaqin o’z xolatiga yaqinlashadi. Miya faolligining
ko’tarilishi natijasida ish qobiliyatini oshishi o’z-o’zini xayajonga keltirish
effekti, ya`ni uzluksiz bir xil aqliy operatsiyalarni bajarganidan yuzaga
keladigan zararni qoplash effektidir.
Shu bilan bir qatorda, ikki soat bir xil ishni bajargan operatorlarda
tekshirilganlar diqqatni mustaxkamlik kontsentratsiyasi testini bajarganda
e`tibor berish vaqti uzaygani, xatolar soni oshgani va yurak qisqarish
chastotasi pasaygani, 72 % esa ko’zlarning muskul muvozanati buzulgani
aniqangan. XK operatorlarida ish jarayonida diqqati faol bo’lishi, ish
natijalariga, xususan murakkab texnik tizimlarida, muhim ilmiy yoki
iqtisodiy masalalarni yechishda katta javobgarlik stress deb ataluvchi
asabiy toliqishni yuzaga keltiradi. Asabiy toliqish - bu organizmni
fiziologik reaktsiyasi bo’lib, qo’yilgan vazifani bajarish uchun uni barcha
resurslarini jalb qilishdir. Asabiy toliqish xolatida operatorda kuchaygan
ish xolati, umumiy jamlanganlik, xarakatlarni yanada aniqlashuvi, harakat
reaktsiyasining tezlashuvi kuzatiladi. Lekin xis-tuyg’uning jo’shishi
rag’batlantirish mexanizmining fiziologik chegarasi bo’lib, undan so’ng
manfiy effect yuzaga keladi. Toliqishning bunday chegaradan chiqish
formalari buzulishlarga, insonni xaddan ziyod toliqishiga olib keladi.
VDT foydalanuvchilari stressga boshqa kasbdagilardan, xatto
aviadispetcherlardan xam yuqori darajada duchor bo’ladilar. Stresslar bosh
aylanishlarning, ko’ngil aynashi, depressiyalar, stenokardiya, ish
qobiliyatini pasayishi, tez hayajonlanish, diqqatini bir joyga jamlash uchun
uzoq vaqt talab qilinishi, surunkali bosh og’rishlar, uyqusizlik, ishtaha
yo’qligining sababchisidir. Amerikalik psixologlar bir qator o’quv
yurtlarida (maktablarda, oliy o’quv yurtlarida) olib borgan izlanishlardan
yangi, yaqinda paydo bo’lgan kompyuterofobiya deb atalmish, ya`ni o’zi
hohlamagan tarzda XKda ishlashni istamaslik kasalligini qayd etdilar.
Agar bunday o’quvchini yoki talabani baribir kompyuterga o’tqazsalar,
ularning kaftlari terlay boshlar, yurak urushi tezlashar, bosh og’rig’i
boshlanar ekan. Ma`lumotlarga qaraganda, kompyuterofobiya - mashina
bilan muloqot, uning organizmga salbiy ta`siridan yuzaga keladigan
qo’rqish kasalligidan EXM da ishlaydigan operatorlarning katta qismi,
(30-40 %) aziyat chekar ekan.
Professor V.I. Barabash qiziq fikrni, XT bilan ishlash avval insonga
xos bo’lmagan bir qator xususiyatlar bilan xarakterlanishni qayd etadi.
Bunda u avstriyalik shoir Rilkening asr boshidayoq ramziy-model dunyo
kirib kelayotganini oldindan bilib, "Bizga qiymatlar va belgilar dunyosida
unchalik rohatli emas" degan fikrini keltiradi.
463
Displeylar foydalanuvchining asab potentsial ta`sir o’tkazishining
bir qator yangi, umuman kutilmagan turlari paydo bo’ldi. Ulardan biri shu
bilan bog’liqki, inson ko’zi bir sekundda 24 kadrni qabul qila oladi. Ushbu
hodisada, aytgancha, kino asoslangan sekundda kinoproektor 24 rasmni
aylantiradi, uning natijasida harakatlanish effekti hosil bo’ladi. 60-70-
yillarda avval psixologlar, so’ng reklamachilar tomonidan 25 kadrdan
foydalanish boshlandi. Inson ko’zi uni uyqay olmaydi, lekin unda yozilgan
axborot baribir ham miyaga yetib boradi va ma`lum ta`sirini o’tkazadi,
xususan, qandaydir molni sotib olishga yoki qandaydir fikrni amalga
oshirishga moyillik uyg’otadi. G’arbda bu insonning mustaqil hohishiga
suiqasd tariqasida tan olindi va kino yordamida reklama manqurtligi
taktikasi sifatida qoralandi. Lekin bu texnologiya endilikda kompyuterni
qo’llab, ma`lum elektron adresatga kompaniyaning sirli fayllarini operator
orqali uzatish maqsadida rivojlanishda davom etdi. Shu bilan birga,
zamonaviy monitorlar rasmlarni sekundiga 24 marta emas, balki undan
ortig’ini almashtira oladi. Demak, lipillayotgan manqurt kadrni ilg’ash
yanada og’ir. Lekin kompyuterga kerakli buyruq dastur orqali unga
kiritilgan virus bilan tushishi mumkin.
Ma`lum dasturlarni ta`sirini 1998 yili Yaponiyadagi bolalar
multfilmini ko’rsatgandagi janjal yaxshi tasvirlab beradi. Ekrandagi
ketma-ket yorqin qizil yarqirashlarning paydo bo’lish effekti bolalar
ishtaxasini yo’qolishiga, jizzaki bo’lishiga, ba`zilarining esa xatto "asabiy
toliqish" tashhizi bilan kasalhonaga tushishiga olib keldi. Bu multfilm
kompyuterda bajarilgan edi.
Kompyuterda dastlabki birinchi "sexrlovchi" dasturlar 80-yillarda
birinchi rangli monitorlarning tarqalishi bilan paydo bo’ldi. Dazz1e dasturi
chiroyli lavha yaratib, unga asosan ekranda rangli tasmalar yugurib, xech
qachon takrorlanmaydigan naqshlar shaklida joylashadi. Keyinchalik
psixofiziologik ta`sir mutaxassislari, rasmlar almashishini tartibga solib,
maxsus
ranglar
majmuasini
va
musiqasini
tanlab,bu
dasturni
takomillashtirdilar va dastur tamoshabinni gipnoz qilib, asablarini
qo’zg’ab ketishiga olib keldi. Bunday harakat natijalarida miyada video va
audioeffektlar jamlanib alfa-chastota rezonansini yuzaga keltiradi deb
tushuntirish mumkin. Ushbu tasmalar psixonik deb nomlana boshlandi.
Hozircha, vaqtinchalik sogl’ig’ini yomonlashuvidan boshqa faktlar
aniqlangan emas.Xayotiy jarayonlarni "muvozanati buzulganlik"ning
boshqa izohi ham bo’lib, unda almashuvchan naqshlarni anglamasdan
qabul qilish yurak faoliyatini o’zgarishiga, kichik qon aylanish doirasida
arterial bosimning bir keskin ortishiga, bir keskin tushib ketishiga, demak
464
miyaning qon tomirlariga ortiqcha yuk bo’ladi. Oxir oqibatda ular bu
yukni ko’tara olmasligi mumkin.
Bunday effektlar, tabiiyki, insonlarning psixikasiga va sog’lig’iga
yovuz niyatli ta`siri natijasidir. Lekin bularni e`tibordan qochirmaslik
kerak, chunki texnikaning rivoji yaqin orada maxsus dasturlar yordamida
begonalarga nafaqat kompyuter "ichidagi bor narsalarni", balki
operatorlarning o’zlarini ham nazorat qilishning cheksiz imkoniyatlarini
beradi. Bu havotirlanish uchinchi ming yillikda ma`lumotlarni qayta
ishlash tezligi va idroki bilan insondan qolishmaydigan XK lar paydo
bo’lishi bilan bog’liq. Shundan so’ng mashina qobiliyatining zo’rayishi
geometrik progressiyada o’sadi. Quturgan nafsoniyatli doxiyona savdoi
paydo bo’lib, televideniyadagi yoki kompyuterdagi reklama rolikiga kirib
olishga muvoffaq bo’lishi mumkin. Ana unda bunday rolikni qo’yish
oqibatlari qo’rqinchli bo’lishi mumkin. Shuning uchun operatorlar
hokimiyatdan "viruslarni tayyorlashni noqonuniy qurol yaratishga
tenglashtirish haqida eng keskin chora-tadbirlar ko’rishni" talab qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |