20.2. Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan zararli va
xavfli faktorlar
Kuchaygan ko’rish zo’riqishi.
Ortiqcha ekranga qarash uzoqni
ko’ra olmaslik kasalligiga yo’liqishiga, ko’zni charchashiga, bosh
og’rishiga, havotirlanishni kuchayishiga, asabni buzulishiga, stress yuzaga
kelishiga olib keladi. VDT foydalanuvchisi ekranning doimo lipillab,
shakllarni noaniq ko’rinishidan, xamda displey yoritilganligi bilan
honaning yoritilganligi orasidagi tafovutga tez-tez moslashishidan
toliqadi. Ma`lumotlarni kiritish paytida boshlang’ich xujjatning sifatini
yomonligi, farqlovchi ob`ektlarni turli xil masofada joylashganligi
ko’rishga yomon ta`sir qiladi. Ko’ruv toliqishini yana ish yuzasi va uning
atrofi bir tekisda yoritilmagani, klaviatura va ekranda yorug’lik oqimining
aks etishi hisobiga yorig’ dog’lar paydo bo’lishini zo’raytiradi.
Shunday qilib, shuni qayd etish mumkinki, displeyni texnik
xarakteristikalari: ishlash qobiliyati, ravshanligi, kontrastligi, ekranni tez-
tez lipillashi, va tabiiyki, agar qurilmani o’rnatayotganda yoki
tanlayotganda bularga e`tibor qilinmasa - ko’rish ishlariga juda yomon
ta`sir qiladi.
Kuchaygan ko’rish noqulayligi va keyingi ko’rishni buzulishi
xarflarning grafikasi yomon, shakllarning ravshanligi past, ranglari
noaniq, ko’zga sezilarli lipillash va qaltirash va x.k bo’lgan eski
videoterminallardan foydalanganda paydo bo’ladi.
Hisoblash texnikasi operatorining ko’rishiga salbiy ta`sir
ko’rsatadigan sabablar majmuasidan, birinchi navbatda, ekrandagi
shakllarning vaqt va fazoviy bir maromda emasligi bilan bog’liq kontrasti
yetarlicha bo’lmasligi, monitorni keragidan ortiq ravshanligi, xamda
displey yuzasidan qaytgan nurni aks etishini ajratish joizdir. Bundan
459
tashqari, ko’rish juda yorug’ displey ekranidan kamroq yoritilgan
klaviaturaga, xujjatlarga nigoxni tez-tez o’tib turishi natijasida qattiq
aziyat chekadi va boshqa sabablar bilan birgalikda ko’zning toliqishi -
astenopiyasiga olib keladi. Shunday fikr mavjudki, "displey astenopiyasi"
paydo bo’lishining yetakchi faktori- ekrandagi shakllarning o’ziga xosligi,
xususan qog’ozdagi matnni shakllaridan farqlanishi tufayli yuzaga keladi.
Elektron-nurli trubkali ekrandagi shakl qog’ozdagi matnlar shaklidan bir
qator alomatlar bilan farqanadi: shakl yarqirab turadi, lekin uzluksiz emas,
chunki u diskret nuqtalar- piksellardan iborat, u lipillaydi, chunki bu
nuqtalar ma`lum chastotalarda yonadi va o’chadi.
Ko’rish toliqishining
muxim
faktorlaridan biri-kompyuter
joylashgan hona va ish joyining yoritilganligidir. VDT bilan ishlaganda
yorug’lik muhiti xarakteristikalari ko’pincha umumiy kamchiliklarga
egadir: ko’rish chegarasida ko’plab to’g’ri va qaytar yorqinliklar
(ekrandan va klaviaturadan, deraza va yoritgichlardan) bo’lishi,
ravshanlikning bir tekisda taqsimlanmaganligi, yoritilganlik darajasining
pastligi va x.k. Ular asosan uskunalarni honadagi yorug’lik manbaiga
nisbatan savodsizlarcha joylashtirilganligi va ko’rish organlarining
operator ish joylaridagi toliqtiruvchi faktorlarga nisbatan elementar
ximoyasi yo’qligiga bog’liqdir. "Astenopiya" terminiga mutaxassislar
ko’rish simptomlarini (ko’z oldini xiralashuvi, predmetlarni shakl
ko’rinishini noaniqligi, ular rangini o’zgarishi va (boshqalar) va ko’z
simptomlarini (ko’z charchaganini xis etish, ulardagi xaroratining
oshganligi, noqulayligi, ko’zda og’riqlar paydo bo’lishi va boshqalar) aks
etishini kiritadilar. Bu tushunchani orqasida ko’rish analizatorining barcha
bo’g’inlaridagi funksiyalarning, ya`ni ko’zning muskul apparati
(akkomodatsiyaga va konvergentsiyaga javob beruvchi) zo’riqishi bilan
birgalikda ko’z to’r pardasi elementlarida ko’rish organining optimal
ishlashini ta`minlovchi (yorug’likni sezuvchanlik, rangni ajratish kabi)
biokimyoviy reaksiyalarning buzulish alomatlari turadi.
Ob`ektiv izlanishlar ko’rishning asosiy funksiyalari (rangni ajrata
bilishni o’zgarishi 19-25 %, ko’ra olish ko’rsatkichini o’zgarishi 12-33 %
va boshqalar) yomonlashgani, hamda sezilarli darajada ishlash qobiliyati
va diqqatining pasayishini tasdiqaydi. Maxsus apparatura yordamida
o’tkazilgan izlanishlar shuni
ko’rsatdiki, operatorlarda aniq ko’rish turg’unligi, ko’rish
analizatorining elektr sezuvchanligi va labilligi (xarakatchanligi), ko’rish
o’tkirligi va moslashuvi pasayadi, shuningdek ko’z muskullarining
muvozanati bo’ziladi. Bu esa VDT bilan ishlaydiganlarning 80 % yaqinni
460
ko’rishi yomonlashuvidan aziyat chekib, ko’zoynakdan foydalanishiga
olib keladi.
Mamlakatimizning ba`zi bir regionlarida o’rta maktabni
tugatayotganlar ichida uzoqni ko’ra olmaydiganlari 30 % (ba`zi sinflarda
40-50 %) ga yaqinlashib qoldi. Agar o’z vaqtida kerakli chora-tadbirlar
ko’rilmasa, yomonligi profilaktikani tufayli kompyuter texnikasini
samarali joriy qilish mavjud epidemiologik sharoitida uzoqni ko’ra
olmaslikni yanada kuchaytiradi.
1993- 1994 yillarda Yaponiyada olib borilgan tibbiy izlanishlar 10-
14 yoshdagi bolalarning 20 % yaqini ko’zoynak taqsa, 15-19 yoshga borib
ularni soni 40 % yetar ekan.Hisoblash texnikasi bilan ishlovchilarda
konyuktivit va blefarit bilan og’riganlar soni, bular bilan
ishlamaydiganlardan ikki barobar ortiq uchraydi. Yana shu vaziyat
ogoxlantiradiki, kompyuterlarning elektromagnit nurlanishi kataraktaga
olib kelishi mumkin. Xususan ko’z gavxarini ichi xiralashuvchi oddiy
kataraktadan farqli o’laroq, kompyuter nurlanishidanm paydo
bo’ladiganida ko’z gavxarini qobig’i xiralashadi. Ba`zida bu kasallik
displeyda xatto bir yil ishlagandan keyin xam paydo bo’lishi mumkin.
Xususiy kompyuterda ko’rish ishlarining yana bir muxim xususiyati
shundan iboratki, displeydan tarqalayotgan nurlar spektri ko’zning nurini
yutish spektriga mos tushmasligidir. Olimlarning ko’pgina izlanishlari
nafaqat ultrabinafsha nurlanish, balki havorang-binafsha yorug’likning
ortiqcha kattaligi xam ko’zning optik muhitini xiralashuviga olib kelishini
ta`kidladi. Bu vaqt-soatida ko’z to’rpardasining turli shakllarni aniqligini
yomonlashtiradi.
Ko’rish jarayonida nafaqat ko’zlar, balki miya xam ishtirok etishini
nazardan qochirmaslik kerak. Ko’rishning tashqi juft organi (ko’zlar) -
uncha mukammal optik asbob bo’lmay, ko’z to’rpardasiga predmetlar
shaklini bo’zib ko’rsatilgan, noaniq, ustiga-ustak ag’darib "uzatadi".
Shundan so’ng ko’z to’rpardasidan tushirilgan shakl bizning miyamizda
qiyin "matematik" qayta ishlanadi. Shakl 180 gradusga ag’dariladi, undagi
geometrik noaniqliklar tekislanadi. Albatta, ko’z to’rpardasida
boshlang’ich shakl qanchalik aniq bo’lsa, uni qayta ishlash miyaga
shunchalik oson bo’ladi. Miyaga ortiqcha yuklanganlik 0,3 mm dan ortiq
doni (pikseli) bo’lgan sifatsiz monitorlar bilan ishlaganda kuzatiladi.
Shunday qilib, ko’rish yomonlashuvini oldini olishning eng samarali
chorasidan biri havorang-binafsha yorug’likning ortiqchaligidan, ko’z
to’rpardasida shakllarning aniqligini oshirish bilan birgalikda
ximoyalashdir.
461
Bioenergetiklarning fikricha, XKda ishlaganda agar ko’rish
organlariga ortiqcha og’irlik tushsa, og’irlikdan ximoyalanish, bu
organning korrektsiyasi va davolanishi boshqa organlarning energiyasi
hisobiga amalga oshadi, u esa yurakda, buyrakda, bosh miyada, asab
tizimida, ichak-me`da traktida og’irlikning oshishiga olib keladi. Inson
organizmidagi bioenergetik jarayonlarni bunday bog’lanishi kompyuterda
qanchalik uzoq vaqt ishlansa, ortiqcha asabning taranglashuvini va bosh
ogriqlari sabablaridan birini tushuntirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |