Suyak-muskul
zo’riqishi.
Ko’pgina operatsiyalarni bajargan
operatorda (dasturchi va ta`mirchilar kam darajada) yelka, bo’yin, qo’l-
oyoq muskullarini o’zgarmas holatda uzoq vaqt turishi, ularni toliqishiga
va o’ziga xos shikoyatlarni yuzaga kelishga sababchi bo’ladi. 52,9 %
tekshirilgan operatorlarda bo’yin va ko’rak muskullarining og’ringani,
qotib qolgani va uyushgani qayd qilingan bo’lsa, 42,9 % ish tugashiga
yaqin umurtqa pog’onasida og’riq paydo bo’lgan, 15,2 % qo’l va oyoq
muskullarining qotib qolgani va uyushgani qayd qilingan. Turli guruh
muskullarda og’riqni his etish shu bilan bog’liqki, ular doimo holatda
turib,bo’shashmaydilar, uning natijasida aylanishi yomonlashadi. Qon
orqali muskullarga ozuqa moddalar yetarli darajada tez kelmaydi, ikkinchi
tarafdan muskullarda yemiruvchi moddalar to’planib qolishi sababli
og’riqlar vujudga keladi.
Foydalanuvchining qo’l barmoqari va panjalari kasallanishining
sababi klaviaturada bir xil xarakatni yuqori tezlikda uzoq vaqt davom
ettirish. Klavishlarni har bir bosish muskullarni qisqarishi bilan bog’liq
bo’lib,paylar suyak bo’ylab tinimsiz sirpanib, teriga tegadi va natijada
shamollash jarayoni rivojlanadi. Shunga o’xshash kasalliklar "sichqoncha"
bilan uzoq ishlaganda yelka va barmoq muskullarida rivojlanadi.
AQSHdagi bir necha ming aloqa ishchilari tekshirilganda, ularning
20% qo’lning surunkali kasb kasalliklaridan jafo chekayotgani aniqlandi.
Takrorlanuvchan yuklama tufayli bu kasalliklar XK operatorlarining ilg’or
kasb kasalliklaridan biriga aylanmoqda. O’zgarmas turg’un holatda bo’lish
465
va klaviaturadan foydalanish bilan bog’liq kasalliklar to’plamini
ko’pincha uzoq turg’un yuklamali sindrom (UTYuS) deb ataydilar.
AQSHda bu kasalliklarning foizi 1992 yili 52% tashkil qilgan bo’lsa, bu
ko’rsatkichlar 1981 va 1984 yillar 18 va 28 % bo’lgan. Qiziqarligi shuki,
bu
kasalliklarning
rivojlanish
tempi
AQSH
muassasalarini
kompyuterlashtirish tempi bilan hamohangdir.
XK operatorlarining kasalliklaridan AQSH biznesidagi iqtisodiy
yo’qotishlar nihoyat darajada yuqoridir: bir og’ir xodisa 100 ming dollarga
tushishi
mumkin.
Bunga
davolanishga
ketadigan
sarf-xarajatlar
kompensatsiya to’lovlari kasallangan ishchining ish unumi pasayishi bilan
bog’liq yo’qotishlar kiradi. AQSHning ko’pgina kompaniyalari
jabrlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatishga ketayotgan mablag’lardan bir
necha o’n millionlab zarar ko’rmoqdalar. Bu kasalliklarning aksariyati
bilak va barmoq paylarining shishishi va hech narsani sezmasligi bilan
bog’liq tendova- ginit ( shamollashi va shishishi) kasalligi bo’lib, u
nafaqat vaqtinchalik og’rishlar bo’lib, balki ish qobiliyatini butunlay
yo’qotishga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham ko’pgina
davlatlarda kompyuterda ishlash xavfli va zararli kasblar ro’yxatiga
kiritilgan. Mashinistkalarning ishi ma`lumotlarni kiritish borasida operator
ishiga o’xshash bo’lsada, boshqa qator harakatlanuvchan ishlar bo’lgani
uchun, ya`ni qog’ozni karetkaga joylashtirib, uni harakatlantirishi evaziga
unchalik xatarli emas. VDT bilan ishlovchining uzoq muhim holatda
o’tirishidan kelib chiqadigan kasalliklarining sababini ko’pgina
izlanuvchilar insonning antropometrik xarakteristikalariga mebelning mos
kelmasligidan deb biladilar. Bunda stul va stolning ish yuzasi balandligi,
noratsional joylashgani, bilak va yelka suyangichlari yo’qligi, boshni
noqulay burchakda egilishi, qo’l va yelka muskullarini noqulay burchakda
bukilishi, xujjatlarni, displey va klaviaturani, ekranni qoniqarsiz
joylashgani, oyoq tagiga xech narsa qo’yilmasligi va x.k. sababchidir.
Ko’rsatilgan ergonomik noqulayliklar majburiy ish holatida
bo’lishga zarurat tug’diradi hamda suyak-muskul va peridtirik chekki asab
tizimini buzulishiga olib kelishi mumkin. Yetarlicha fizik faollik va
harakatchanlik bo’lmagan sharoitda uzoq vaqt noqulay o’tirish umumiy
toliqishning rivojlanishiga, bo’yin, ko’rak, belda og’riqar paydo
bo’lishiga, surunkali ishlash esa nevrit, radikulit, osteopatiya kabi tayanch-
xarakat va asab kasalliklariga olib keladi.
80-yillarda amerikalik izlanuvchilar o’z davlatlarida yiliga XK
operatorlarining 400 mingtasining suyak-muskul tizimi kasallanganini
qayd
qilganlar.
Kasallik
tufayli
vaqtinchalik
ish
qobiliyatini
466
yo’qotganlarga kompensatsiya tariqasida to’lanadigan mablag’lar 10 yilda
uch baravar oshdi.
Qimirlamay o’tirishdan zo’riqish tufayli paydo bo’ladigan ko’pgina
kasalliklarning sababchisi klaviatura to’zilishining "maqbul emasligidan
deb hisoblanadi. Ishlayotgan paytda qo’llarning klaviaturaga parallel
bo’lib turishi uchun paylarga va muskullarga zo’riqish keladi.
Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, UTYuSning ko’pgina
turini klaviaturani to’zilishini o’zgartirish bilan bartaraf etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |