Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Elektromagnit  maydonlari  va  ularning  ta`sirini  oqibatlari



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

Elektromagnit  maydonlari  va  ularning  ta`sirini  oqibatlari. 

Kompyuterning  ishlash  jarayonini  tahlil  qilishda  videoterminallardan 

foydalanish  paytida  yuzaga  keladigan  elektromagnit  maydonlarining 

(EMM)  bevosita  ta`siriga  aloxida  ahamiyat  berilishi  darkor,  chunki  ular 

terida  toshmalar  paydo  bo’lishiga,  ko’z  qorachig’ini  xiralashishiga, 

homiladorlikning yomon kechishiga va sog’liqqa jiddiy zarar keltiradigan 

bonshqa o’zgarishlarga sababchi bo’lishi mumkin. 

Videoterminallar 

rentgen, 

ultrabinafsha 

(UB),  ko’rinadigan 

spektrdagi,  infraqizil  (IQ),  radiochastotadagi,  juda  past,  sanoatdagi  bilan, 

chastotadagi  elektromagnit  nurlanishning  manbaidir.  Bundan  tanshqari 

ular  aeron  oqimlarni  va  elektrostatik  maydonni  yuzaga  keltiradi.  EMM 

manbai  bo’lib  kuchli  transformatorlar  (50  Gs),  displeydlash  15-53  kGs 

chastotada  ishlovchi  elektron-nurli  trubkaning  (ENT)  gorizontal  og’uvchi 

nurlar tizimi, ENTning modulyatsiya bloki - 50-81 Gs, monitor ekrani (IQ 

va  UB  nurlanish),  yuqori  voltli  kenotronlar  va  kineskoplar  (roentgen 

nurlanishi)  hisoblanadi.  Yuqori  voltli  qurilmalar  (10-15  kV  ortiq) 

kineskopning  ichki  yuzasida  elektron  nurni  tormozlanishi  tufayli  paydo 

bo’ladigan  va  odatda  ekrandan  tashqariga  chiqadigan  yengil  roentgen 

nurlanishini yuzaga keltirsada, ekrandan va displeyning boshqa yuzasidan 

5  sm  masofada  tarqalayotgan  nurlar  quvvatining  ekspozitsion  miqdori 

o’rnatilgan  miqdordan,  ya`ni  100  mkR/sdang  bir  necha  marta  kichikdir. 

Shuni  ham  qayd  etish  darkorki,  kompyuterlarning  xavfsizligi  bo’yicha 

butun  dunyoda  mavqega  ega  Stokgolmdagi  radiatson  himoya  Milliy 

instituti  monitorning  rentgen  nurlanishi  darajasining  yetarlicha  keskin 

standartini  belgiladi,uning  aytishicha,  ushbu  rentgen  nurlanishi  darajasi 

shunchalik  kichik  bo’lishi  kerakki,  o’lchashlar  bilan  ularni  qayd  qilishni 

iloji  bo’lmasin.  Ekrandan  20-30  sm  masofada  uskunalar  xaqiqatda  ham 

xech nimani qayd qilishmaydi. 

Ekranning havorang lyumenofori ENT tezlashgan elektronlari bilan 

birgalikda ultrabinafsha nurlanish manbai bo’lib hisoblanadi. Uning ta`siri 

kompyuterda  uzoq  ishlaganda  yoki  ko’z  to’rpardasining  kasallanganida 




 

 

467 



namoyon  bo’ladi.  Real  sharoitda  UB  nurlanish  o’rnatilgan  darajadan  bir 

necha  barobar  kamdir,  chunki  oddiy  displey  ekranining  trubkasi  uchun 

ishlatiladigan shisha ultrabinafsha nurlar uchun yetarlicha himoya vositasi 

bo’lib, deyarli nurlanishni o’tkazmaydi. 

Buyuk  Britaniyadagi  200  dan  ortiq  videoterminallari  bor  60  ta 

firmadagi  tekshiruvlar  ultrabinafsha  nurlanish  intensivligi  10-100 

mVt/m2,  infraqizil  nurlanish  to’lqinining  uzunligi  esa  700-1050  nm  -  50 

mVT/m


2

ni  tashkil  etishini  ko’rsatdi.  Bu  darajalar  ruxsat  etilgan 

ko’rsatkichdan ancha kamdir. 

EMMning  eng  kuchli  ta`siri  ekrandan  30  sm  masofagacha  bo’ladi, 

lekin nurlanishning nafaqat ekrandan, balki VDT yuzasining yon va orqa 

tomoni  (manbai  –chiziqli  transformator)da  intensivligi  kam  emas.  Bu 

holatga  displey  sinflarni  va  boshqa  kompyuterlar  soni  ko’p  ish  joylarini 

tashkil  etishda  e`tibor  berish  zarurdir.  EMM  ta`siri  katarakta  va 

glaukomani  rivojlanishiga,  homiladorlik  paytida  nohush  hollarni  vujudga 

kelishiga,  amalgama  asosida  og’iz  bo’shlig’ida  simob  paydo  bo’lib,  tish 

plombalarini yemirishiga sababchi bo‘lishi ta`kidlanadi. 

Hozirgi  paytda  ko’pgina  izlanuvchilar  shu  davrgacha  zararsiz  deb 

hisoblangan  past  chastotali  EMMning  biologik  ta`siriga  e`tiborni 

tortayapti.  Past  chastotali  EMMning  chastotalar  diapazoni  ionlashgan 

nurlanishdan,  xususan  rentgen  nurlanishidan  deyarli  20  darajaga  past. 

Ionlashmagan nurlanishni organizmga ta`siri, agar issiqlik effektini yuzaga 

keltirmasa,  zararsiz  deb  hisoblangan  edi,  lekin  rentgen  nurlaridan  farqli 

elektromagnit to’lqinlari g’aroyib xususiyatga, ya`ni nurlanish intensivligi 

kamayishi  bilan  ularning  ta`siri  kamayishi  shart  emasligi  aniqlandi. 

Ma`lum  EMM  chamasi  organizm  kataklariga  faqat  nurlanish  kichik 

intensivligida 

yoki 


konkret 

chastotalardagina, 

ya`ni 

"shaffof 



oynachalar"da ta`sir etadi. 

Kompyuter  terminallarining  nur  tarqatish  muammosi  ilk  bor  1977 

yil  AQSHning  mehnatni  muhofaza  qilish  va  kasalliklarni  oldini  olish 

Milliy  instituti  hodimlari  EMM,  xususan  ishchi  chastotadagisi  tirik 

organizmga manfiy ta`sir etishini aniqlaganliklaridan so’ng paydo bo’ldi. 

Faqat  shu  maydonlargina  kataklardagi  biologik  siljishni  (xattoki  DNK 

sintezini bo’zishgacha ) yuzaga keltirishga qodirdir. 

Ma`lumotlarning  guvoxlik  berishicha,  kuchsiz  EMM  allergiya  va 

boshqa  buzulishlarni,  shu  jumladan,  ko’ngil  aynashni,  charchashni,  bosh 

og’rig’ini  yuzaga  keltiradi. Xar qanday elektromagnit  maydoni organizm 

kataklaridagi  natriy  va  kalsiyni  xarakatlanishiga  ta`sir  etuvchi  rezonans 

effektini yuzaga keltirishga qodirdir. 




 

 

468 



Qat`iy xavf birinchi navbatda past chastotali magnit maydonlardan, 

avvalambor  sanoat  chastotadagisidan  kelib  chiqadi.  Bir  qator  izlanishlar 

tasdiqlashicha,  kompyuter    yaqin-atrofdagi  30-  50  sm  radiusda  50  Gs 

chastotali  magnit maydoni xatto 0,2- 0,3 A/m intensivlikda xam  yomon 

sifatli  xususan  qon  va  miya,  kasalliklarni  paydo    bo’lishiga  sababchi 

bo’lishi  mumkin.  XK  operatorida  miya  shishi  boshqa  kasbdagilardan 

ko’proq kuzatiladi. 

Ta`kidlanadiki, kichik intensivlikdagi EMM Tlimfotsitlarining shish 

mavjud katakchalarni o’ldirish qobiliyatiga salbiy ta`sir ko’rsatadi, buning 

natijasida  organizmning  umumiy  immun  statuey  kamayadi.  Bunday 

maydonlar  immun  tizimni  yo’qotib,  shishlarni,  shu  jumladan  yomon 

sifatlilarini  paydo  bo’lishiga  olib  kelishi  mumkinligini  bildiradi.      Juda 

kichik  chastotadagi  pulslanuvchi  nurlanishlar  oq  qon  katakchalariga 

to’g’ridan-to’g’ri negativ ta`sir ko’rsatadi. 

Butun  dunyo  sog’liqni  saqlash  tashkiloti  (BSST)  1989  yildayok; 

kichik  chastotadagi  maydonlarning  nafaqat  rak  kasalligining,    balki  yana 

quyidagi  kasalliklarni  paydo  bo’lishiga  sababchi  bo’lishini  xam  

ta`kidladi: 

-  ba`zi  bir  teri  kasalliklari  displeyda  ishlaganda  zo’rayadi  (turli 

toshmalar, sebboroid ekzema, pushti temiratki va boshqa) 

-  katakchalardagi  qonning  metabolizmiga  va  biokimyoviy 

reaktsiyasiga ta`siri natijasida operatorda stress simptomlari paydo bo’ladi, 

- xomiladorlikni kechishi buzuladi, 

-  xomilador  ayollarda  bolani  chala  tug’ish  xollari  ikki  barobar 

ortadi, 

- reproduktiv funktsiyani bo’zilish extimoli bo’ladi. 

BSST 

espertlarining 



ta`kidlashicha, 

elektrostatik 

maydon 

foydalanuvchilarga xam salbiy ta`sir o’tkazadi, xususan ko’z gavxarining 

xiralashishiga,  glaukoma  bilan  kasallanish  chastotasini  ortishiga,  past 

voltli  razryadlar  esa  katakchalarni  bo’lib  tashlashga  va  o’zgartirishga 

qodirdir. 

Xaqiqatdan,  o’zidan  elektron  "zambarak"ni  namoyish  qiluvchi 

displeyning  elektron-nurli  trubkasi  ekranning  tashqi  tarafida  musbat 

zaryadlangan  zarrachalarni  to’planishiga  yordam  beradi.  Agar  havodagi 

manfiy  ionlar  musbatlisidan  bir  necha  barobar  ortsh  bo’lsa,  inson  o’zini 

yaxshi  xis  etadi,  lekin  monitor  ekrani  yaqinida  musbat  ionlarning 

ortiqchalari  yig’iladi.  Havoda  mavjud  mikrozarrachalar  (chang,  tamaki 

tutuni va b) ushbu ionlar yordamida xaydaladi va monitor oldida o’tirgan 

foydalanuvchining  yo’ziga,  ko’ziga  o’tiradi.  Bunday  "bombardimon" 



 

 

469 



natijasida operatorda bosh og’rig’i, Uyqusizlik, ko’z charchashi, yuzlarda 

toshmalar  hosil  bo’lish  ehtimoli  oshadi,  allergik  va  asmatik  ko’rinishlar 

paydo bo’ladi. 

Buyuk        Britaniyada,          Kanadada,        AQSHda,        Norvegiyada, 

Yaponiyada          displeyda          ishlovchilarda          yo’zi,          gardonida, 

ko’kragining      yuqori     qismidagi     teri buzulgani, terining qizarishi va 

qurishi  qayd  qilingan.  Inson          bir          necha          kun      displeyga    

yaqinlashmaganidayoq  allergik        reaktsiya        yo’qolgan.  Bundan    

tashqari,        manfiy  ionlarsiz  atmosferada  uzoq  vaqt  qolib  ketish 

operatorning  asab  tizimiga,  ruxiy  azoblanish  xolatiga  ta`sir  qiladi, 

metabolizmga  ta`sir  qilishi  natijasida  katakchalardagi  qon  darajasining 

biokimyoviy  reaktsiyasini  o’zgarishiga  olib  keladi,  bu  esa  o’z  navbatida 

boshqalardan  ko’ra  bunday  sharoitda  ishlaydiganlarda  uchrash  ehtimoli 

ko’proq  leykemiya  kasalligining  vujudga  kelishiga  sababchi  bo’lishi 

mumkin. 

Avval 


ta`kidlanganidek, 

EMM 


xomiladorlik 

paytida 


ayol 

organizmiga  ta`siri  aloxida  xavf  tutdiradi.  Bir  xaftada  20  soat  ish  vaqtini 

displey  ekrani  oldida  o’tkazadiganlarda  xomilani  chala  tutish  extimoli 

shuncha vaqtda displeysiz ish bajaradiganlarnikidan 60 % ga baland ekan. 

AQSHda, Shvetsiyada, Yaponiyada olib borilgan izlanishlar kampyuterda 

ishlaydigan xomiladorlarning 30 %da xomiladorlikning qiyin kechishi, 20 

%  ga  yaqinida  esa  bolani  chala  tutish  xolatini  qayd  etgan.  AQSH  havo 

yo’llari  Birlashgan  markazining  ma`lumotlariga  ko’ra,  kompyuterda 

ishlaydigan  48  xomilador  operatorning  15(!)  tasiga  yaqinida  xomilasi 

chala tug’ilgan, 2 tasi  vaqtidan oldin tug’gan, ikkitasida esa  bola tug’ma 

mayib-majrux bo’lgan. 

Kanadalik  izlanuvchilar  bir  xaftada  to’rt  soatdan  ortsh  ishlaydigan 

ayollarda  xomiladorlikni  yaxshi  kechishi  kamayishini,  15  soatdan  ortiq 

ishlaydiganlarda esa xomilani chala tug’ish xolati 10% ni tashkil etishini 

ko’rsatdilar.  Shvetsiyalik  olimlar  XK  operatorlarida  tug’ma  kasalliklar 

bilan  tug’ish  xolati  boshqa  ayollarga  nisbatan  2,5  marta  ortiqligini  qayd 

etdilar. 

Bu ma`lumotlarni xayvonlarda o’tkazilgan tajribalar xam tasdiqaydi. 

Shvetsiyalik  radiobiologiya  mutaxassislari  sichqon  embrionlariga  displey 

monitorlaridagidek  impulsli  kuchsiz  maydonlar  ta`siri  natijasida  tug’ma 

kasalliklar,  nurlanmaganlarnikidan  ko’proq  uchrashini  aniqadilar. 

Izlanishlar yana shuni ko’rsatdiki, nurlangan xayvonlarda embrionni chala 

tug’ish  va  o’lish  xolatlarining  chastotasi  nurlanmaganlarnikidan  keskin 

ko’tarilgan.  Bularning  barchasi  nurlanish  displey  monitorlari          yuzaga     




 

 

470 



keltiradigani     kabi,      organizm rivojiga salbiy ta`sir etishini ko’rsatadi. 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish