Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

Ekspozitsiya  miqdori

  —  bu  nurlanishning  ionlashish  xususiyatiga 

asoslangan  bo'lib,  ionlashish  nurlanishi  maydonining  son  miqdorini 

ko'rsatadi. Uning birligi rentgen (R) qabul qilingan. Bunda 1R nurlanishda 

1  sm3  havoda  2,08  x  109  juft  ion  hosil  bo'ladigan  holat  tushiniladi. 

Xalqaro  SI  tizimida  bu  miqdor  kulon/kilogramm  (Kl/kg)  tarzida  qabul 

qilingan. 1 Kl/kg =3876 R. 

Yutilgan  miqdor

  —  nurlantirilayotgan  moddaning  ma'lum  og'irlik 

birligida  yutilgan energiya  miqdori.  Yutilgan  miqdorning  maxsus  o'lchov 

birligi sifatida Irad qabul qilingan. Xalqaro SI tizimida 1 Grey (Gr) qabul 

qilingan. 1 Gr= 100 rad. Ekvivalent miqdor-o'lchov birligi ber. Har qanday 

ionlanuvchi  nurlanishning  surunkali  nurlantirishda  1  rad  rentgen  yoki 

gamma  nurlanishlari  biologik  effektini  beradigan  birligi  1  ber  birlik 

sifatida  qabul  qilinadi.  Xalqaro  SI  tizimida  ekvivalent  miqdor  birligi 

Zivert (Zv). 1 Zv 100 ber. 

Inson  organizmi  doimo  kosmik  nurlanishlar,  tabiatda  uchraydigan 

va  havo,  tuproq  va  organizm  hujayralarning  o'zida  bo'lgan  radioaktiv 

moddalar  ta'sirida  bo'ladi.  Tabiiy  nurla-nishlarning  hamma  manbalaridan 

ajraladigan nurlanishlar darajasi umuman o'rtacha yiliga 100 mber, ayrim 

hududlarda 1000 mber gacha borishi mumkin. 

Zamonaviy  sharoitlarda  bu  miqdor  chegarasida  saqlanib  qolish 

imkoniyati  karnayib  bormoqda.  Chunki  uncha  ko'p  bo'lmagan  radioaktiv 

moddalar  bilan  ishlaganda  ham  radiatsiya  nurlanishi  olish  xavfi  katta 

bo'ladi.  Lekin  shuni  ham  ta'kidlash  kerakki,  O'zbekiston  Respublikasi 

hududida  atom  elektr  stansiyalari  qurilmagan.  Bu,  albatta  avariya 

sharoitini  inkor  qilishi  mumkin.  Lekin  shuni  ham  unutmaslik  kerakki, 

bizda  radioaktiv  moddalar  qazib  olish  konlari  mavjud,  demak,  bu 

moddalar qazib olinadi va boyitilib tayyor mahsulot holatiga keltiriladi va 

uni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish ishlari bajariladi va ba'zi hollarda 

uni  ma'lum  vaqt  saqlab  turish  kerak  bo'ladi.  Bu  ishlarda  qatnashayotgan 

odamlarni  va  bu  ishlar  bajarilayotgan  joylar  yaqinida  yashayotganlarning 

hayotiga  xavf  tug'dirilishi  tabiiy  hoi  hisoblanadi.  Bundan  tashqari 

respublikamiz  hududida  yadro  reaktorlari  ham  bor.  Shuning  uchun  ham 

radioaktiv  moddalar  bilan  ishlaganda  va  umumiy  hududlar  uchun 

ionlovchi  nurlanishlarning  ish  joylaridagi  yo'l  qo'yiladigan  miqdori  va 

umumiy  hududlar  uchun  yo'l  qo'yiladigan  miqdorlar  belgilab  qo'yilgan. 

Ionlovchi  nurlanish  bo'lishi  mumkin  bo'lgan  sanoat  korxonalari  va  ilmiy-

tekshirish ishlarini bajarayotgan ishchilar va ilmiy-texnik xodimlar uchun 

uning  tanasi  nurlanishi  umumiy  yo'l  qo'yiladigan  miqdori  (YQM),  bu 

miqdordagi  nurlanish  unga  uzoq  vaqt  davomida  ta'sir  qilishi  natijasida 




 

 

336 



uning  sog'lig'i  va  qon  hosil  qilish  hamda  qon  aylanish  jarayonlarini 

buzmasligini hisobga olgan holda, bu miqdor yiliga 5 ber dan oshmasligi 

kerak  deb  belgilangan.  Umumjahon  radiatsiyadan  muhofazalash 

komissiyasi  (URMK)  tavsiyasiga  asosan  avariya  vaqtida  YQM  25  ber 

miqdorda  kasbiy  surunkali  nurlanishda  esa,  5  ber  miqdorda  va  boshqa 

aholi uchun bundan ocn marta kam miqdorni tavsiya qiladi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

337 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

XVII bob


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish