Ekspozitsiya miqdori
— bu nurlanishning ionlashish xususiyatiga
asoslangan bo'lib, ionlashish nurlanishi maydonining son miqdorini
ko'rsatadi. Uning birligi rentgen (R) qabul qilingan. Bunda 1R nurlanishda
1 sm3 havoda 2,08 x 109 juft ion hosil bo'ladigan holat tushiniladi.
Xalqaro SI tizimida bu miqdor kulon/kilogramm (Kl/kg) tarzida qabul
qilingan. 1 Kl/kg =3876 R.
Yutilgan miqdor
— nurlantirilayotgan moddaning ma'lum og'irlik
birligida yutilgan energiya miqdori. Yutilgan miqdorning maxsus o'lchov
birligi sifatida Irad qabul qilingan. Xalqaro SI tizimida 1 Grey (Gr) qabul
qilingan. 1 Gr= 100 rad. Ekvivalent miqdor-o'lchov birligi ber. Har qanday
ionlanuvchi nurlanishning surunkali nurlantirishda 1 rad rentgen yoki
gamma nurlanishlari biologik effektini beradigan birligi 1 ber birlik
sifatida qabul qilinadi. Xalqaro SI tizimida ekvivalent miqdor birligi
Zivert (Zv). 1 Zv 100 ber.
Inson organizmi doimo kosmik nurlanishlar, tabiatda uchraydigan
va havo, tuproq va organizm hujayralarning o'zida bo'lgan radioaktiv
moddalar ta'sirida bo'ladi. Tabiiy nurla-nishlarning hamma manbalaridan
ajraladigan nurlanishlar darajasi umuman o'rtacha yiliga 100 mber, ayrim
hududlarda 1000 mber gacha borishi mumkin.
Zamonaviy sharoitlarda bu miqdor chegarasida saqlanib qolish
imkoniyati karnayib bormoqda. Chunki uncha ko'p bo'lmagan radioaktiv
moddalar bilan ishlaganda ham radiatsiya nurlanishi olish xavfi katta
bo'ladi. Lekin shuni ham ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasi
hududida atom elektr stansiyalari qurilmagan. Bu, albatta avariya
sharoitini inkor qilishi mumkin. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki,
bizda radioaktiv moddalar qazib olish konlari mavjud, demak, bu
moddalar qazib olinadi va boyitilib tayyor mahsulot holatiga keltiriladi va
uni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish ishlari bajariladi va ba'zi hollarda
uni ma'lum vaqt saqlab turish kerak bo'ladi. Bu ishlarda qatnashayotgan
odamlarni va bu ishlar bajarilayotgan joylar yaqinida yashayotganlarning
hayotiga xavf tug'dirilishi tabiiy hoi hisoblanadi. Bundan tashqari
respublikamiz hududida yadro reaktorlari ham bor. Shuning uchun ham
radioaktiv moddalar bilan ishlaganda va umumiy hududlar uchun
ionlovchi nurlanishlarning ish joylaridagi yo'l qo'yiladigan miqdori va
umumiy hududlar uchun yo'l qo'yiladigan miqdorlar belgilab qo'yilgan.
Ionlovchi nurlanish bo'lishi mumkin bo'lgan sanoat korxonalari va ilmiy-
tekshirish ishlarini bajarayotgan ishchilar va ilmiy-texnik xodimlar uchun
uning tanasi nurlanishi umumiy yo'l qo'yiladigan miqdori (YQM), bu
miqdordagi nurlanish unga uzoq vaqt davomida ta'sir qilishi natijasida
336
uning sog'lig'i va qon hosil qilish hamda qon aylanish jarayonlarini
buzmasligini hisobga olgan holda, bu miqdor yiliga 5 ber dan oshmasligi
kerak deb belgilangan. Umumjahon radiatsiyadan muhofazalash
komissiyasi (URMK) tavsiyasiga asosan avariya vaqtida YQM 25 ber
miqdorda kasbiy surunkali nurlanishda esa, 5 ber miqdorda va boshqa
aholi uchun bundan ocn marta kam miqdorni tavsiya qiladi.
337
XVII bob
Do'stlaringiz bilan baham: |