Aniqlovchi va uning ifodalanishi. Predmet belgisi, qarashligini ifoda qiluvchi gap bo`lagi aniqlovchi deyiladi. Bu o`rnida belgi tushunchasi keng ma`noda qo`llab, sifat-rang-tus, xususiyat, maza, shakl, xajm, miqdor-daraja ma`nolarini ifoda qiladi: ko`k daftar, shirin ovqat, katta bino, g`ayratli bola, ko`p gap.
Aniqlovchilar otga bog`lanadi. Aniqlovchi ot aniqlanmish sanaladi. Aniqlovchilar otga bog`lanadi. Aniqlovchi anglatgan ma`nolarga ko`ra, sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarga bo`linadi.
Sifatlovchi bog`lanib kelgan bo`lak sifatlanmish hisoblanadi.
Sifatlovchilar quyidagicha ifodalanadi:
Sifat bilan: Anhorning bog`dan chiqib ketadigan tomoni yam-yashil maysazor (S.Zunnunova).
Son bilan: erkin uchta mevali daraxt o`tkazdi (“Sharq yulduzlari”).
Olmosh bilan: Qancha odam kelibdi? (A.Qaxxor).
Ravish bilan: Qat`iyat va temirdek iroda bilan qarshi turingiz (Yashin)
Ot bilan: Oq oltinni oltin qo`llar yetishtiradi (“Sharq yulduzlari”).
Ishchilarning temir, po`lat qo`llari eng yuksak tog`larning bargini yoradi (H.Olimjon).
Sifatdosh bilan: Aytilgan gap-otilgan o`q (maqol). Porlagan yuz, yashnagan ko`z, botir qiz! (H.Olimjon). ba`zan sifatdoshlar o`ziga oid so`zlar bilan kengayib sifatdosh oborot xosil qiladilar. Bular yoyiq sifatlovchilardir: qator binolar mag`rur shaxar buyniga taqilgan marjonga uxshaydi. (R.Fayziy)
Oliy so`z birikmasi shakldagi konstruksiyalar bilan: bizga beshxonali uy berildi (“Sharq yulduzlari”).
Predmetning qarashligini ko`rsatib, kimning, nimaning, qaysi? Qanday? kabi so`roqlarga javob bergan aniqlovchi qaratqichli aniqlovchi deb ataladi. Qaratqich vazifasida qo`llanuvchi so`z qaratqich kelishigi shaklida, karatqich egalik shaklida bo`ladi: tog`ning havosi, Navoiyning g`azali.
Qaratqichli aniqlovchilar grammatik va semantik jihatdan belgili va belgisiz bo`lishi mumkin: Artilgan, tozalangan sari semiz otlarning badanlari yarqiraydi (Oybek). Vadamiz bir yerga qaror topdi (G`.G`ulom).
Belgisiz qaratqichli anglovchilar sifatlovchi aniqlovchilarga yaqin turadi va aniqlanmishni jins, tur, xoslik nuqtai nazaridan aniqlaydi:
Dang`illama klub va choyxona binolarini shu kezlarda alohida bezatilgan (R.Fayziy).
Qaratqich aniqlovchili birkmalarida, ba`zan qaratqich komponent qo`llamaydi. Yo`lga solar, turar qo`limdan, boshimdadir sening xayoling, yuraklardagi yonar surating, go`zalligining, guling, jamoling (H.Olimjon).
Qaratqichli aniqlovchilar quyidagi so`zlar bilan ifodalanadi:
Ot bilan: Yo`lchi mehmonlarning otlarini qoziqlarga temir qoziqlarga qantarib bog`ladi (Oybek).
Olmosh bilan: Mening kelayotganimni bir necha kishilar ko`rgan edi (G`.G`ulom)
Otlashgan sifat bilan: Yomonning yaxshisi bo`lguncha, yomonnig yaxshisi bo`l (maqol).
Otlashgan son bilan: Do`stim, uning yarim besh bo`lar (“Sharq yulduzi”).
Otlashgan sifat bilan: Ishlaganning yuzi yogug` bo`ladi (S.Ahmad).
Aniqlovchilar tuzilishi jihatidan sodda va murakkab bo`ladilar: Ulug` jang kunidir (G`.G`ulom). Samadiy yulduzni benarvon uradigan yigit deb maqtanadi (A.Muxtor).
Do'stlaringiz bilan baham: |