Xol va uning ifodalanishi. Xoll ikkinchi darajali bo`laklarning eng muraakabidir. Xol harakat-xolatni qanday xolda, qanday vaziyatda, qayusulda, qachon, qaerda, nima uchun, nima maqsadda, qanday shart bilan bajarilishi, bajarilish miqdori, darajasi, belgilarni ko`rsatadi; sub`ekt, predtkt va ob`ekt munosabatlarini reallashtiradi, ularning ob`ektiv borliqqa munosabatini belgilaydi.
To`ldiruvchiga nisbatan xolning qo`llanish doirasi ancha keng. Har qanday yig`iq gapning xolning u yoki bu turini qo`shish bilan yoyiq gapga aylantirish mumkin. Lekin to`ldiruvchi yordamida kengaytirib bo`lmaydi. Masalan: konsenrt juda kech tamom bo`ldi (A.Qaxxor). Kengayish aniqlovchilar yordamida ham amalga oshiradi.
Xol boshqaruv yo`li bilan xokim bo`lakka ergashadi. Xolning boshqarilishi kelishikli, ko`makchili va aralash vositalar bilan amalga oshiriladi: Tol tagiga yelpinib dam oldi (Oybek). Men siz kabi bo`lishni istar edim (Ayniy).
Xol semantik-sintaktik qurilishi jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi: ravish xoli, o`rin xoli, payt xoli, sabab xoll, maqsad xol, daraja-miqdor xoli, shart va to`siqsizlik xoli. Ayrim ishlarda xolning olti turi2 boshqalarida o`n uch turi ajraladi.3
1. Ravish xoli harakat yoki xolatning qanday xolda, qanday kayfiyatda bajarilishini, bajarilish sifatini ko`rsatadi va qanday qanday, qanday qilib, qanday xolda, qanday ravishda, qanday tarzda kabi so`roqlarga javob beradi.
Ravish holi semantik-sintaktik xususiyatlarga ko`ra quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:
Harakatning bajarilish xolatini ko`rsatadi: Daraxtlarning yashil chodiri ostida u yoq-bu yoqni asta kezdi (Oybek).
Harakatni bajarishda sub`ektning qanday ruxiy qiyofada bo`lganligini ko`rsatadi: Solix Mahmud kulimsiragan kuyi daxlizda yurib berdi (A.Qodiriy).
Harakat yo xolatni bajarilish sifatini anglatadi: Gulchehra atlas kuylagini olovday yondirib daraxtlar orasida go`yo uyinga tushganday yengil, nozik yo`rg`alar edi (Oybek).
Harakat-xolatning belgisini tasvirlab ko`rsatadi: Domla g`azabidan qalt-qalt titrab yana vaysadi. Yuragim qinidan chiqquday gup-gup uradi (Oybek).
Harakat yo xolatning qanday usulda, qanday yo`l bilan bjarilishini ko`rsatadi: Kampir g`azablanibdi, uklok bilan urib itning oyog`ini sindiribdi (O`zbek xalq ertaklari).
Bir predmet harakatning ikkinchi bir predmet harakatiga o`xshashligini ko`rsatadi, shu o`xshashlik zaminida harakat-xolatning belgisi aniqlanadi: Manzura yosh qizchalarday yuguradi, qax-qax uradi (A.Muxtor).
2. O`rin xoli predmetning o`rnini ko`rsatish bilan birga predmet xolatining yuz berish o`rnini, predmet harakatiga mos bo`lgan turli o`rin ma`nolarini ifodalaydi. O`rin xoli voqelikka nisbatan urin ma`nosini quyidagicha ifodalaydi:
O`rin xoli o`rin kelishigida kelib, predmetning turish joylashish o`rnini bildiradi: eshik tagida, devor buylarida turishibdi. (A.Muxtor).
Predmet xolatining yuz berish o`rnini ko`rsatadi. Ariq buyida cho`zilib ulagan (Oybek).
Perdmet chiqish, harakatning boshlanish o`rnini ko`rsatadi: Sal o`tmay Shirinoy daladan qaytib keldi (Oybek).
Predmet harakatining yo`nalish o`rnini ko`taradi: Arslonqul o`z to`dasi turgan chodirga bordi (Oybek). Zangori osmonga tutashgan tog` cho`qqilariga qadar ajoyib boy manzaralar ochilar edi (Oybek).
O`rin xoli bosh, o`rin chiqish kelishigi va ko`makchiligi va ko`makchilar bilan birga qo`llaniladi. U ega, kesim, to`ldiruvchi va xolning boshqa turlariga ergashishi mumkin.
3.Payt xoli harakat yoki xolatning sodir bo`lish paytini ko`rsatadi va qachon, qachondan beri, qachondan boshlab kabi so`roqlarga javob bo`ladi.
Payt xoli zamon ma`nosiga aniqlik kiritishda bir xil xususiyatga ega emas. Shunga ko`ra, quyidagi xolatlarda payt munosabatlarini anglatadi:
Harakat xolat voqeaning yuz berish vaqtini ko`rsatadi: otryad tongda qishloq shurosi oldida saf tortdi. (G`.G`ulom).
Harakat xolatning boshlanish paytini ko`rsatadi: B bakaterakni va undagi laylak uyasini bu yerning qariyalari ham bolaligidan biladi (A.Muxtor).
Payt chegarasini ko`rsatadi: Jo`raxon zalni anchagina tinchitolmadi (A.Muxtor).
Harakat va xolatning boshlanish va tugash paytini ko`rsatadi: ular soat birdan ikkigacha dam olishda olishdi (“Sharq yulduzi”).
Harakat-xolatning boshqa harakat va xolatdan oldin bo`lish yoki bo`lmasligini ko`rsatadi: To`qqiz yil burun mana shu bozor ko`chada, mana shu bozor ko`chada, mana shu o`zimiz o`tirgan imorat derazasining tagida katta mojaro bo`lgan (A.Muxtor).
Harakat-xolatning hamma vaqt takrorlanib turishini ko`rsatiladi: Onasi bilan ertayu kech dalada timiskilanib yuradi (X.G`ulom).
4. Maqsad xoli so`zlovchining qanday maqsadda ish tutishi, harakat-xolatning ular tomonidan nima uchun qilinayotganligini ko`rsatadi va nega, nimaga, kim uchun, nima deb, nima maqsadda, qanday maqsadda kabi so`roqlarga javob bo`ladi. Maqsad xoli ko`pincha maqsadida, umidida, niyatida, uchun ko`makchilari bilan birga kelgan harakat nomi, maqsad ravishi, ravishdoshning –gali affisi shakli va jo`nalish kelishigidagi ayrim so`zlar bilan ifodalanadi.
Maqsad xoli ikki ko`rinishda ega:
Aniq maqsad xollari: Bu gal o`z o`quvchilarning Oysha xolaning yoniga olib kelish uchun ruxsat keldi (S.Zunnunova).
5. Sabab ish-harakat yuzaga kelish sababini bildiradi. Sabab xoli ish-harakatning yuzaga kelish sababini bildiradi. Sabab xollari uchun, sabali, tufayli yordamchilari bilan birga kelgan sifatdosh, sabab ravishlari, chiqish kelishigidagi so`zlar va ravishdorlar bilan ifodalanadi. Sabab xollari nima uchun, nima sababdan so`roqlariga javob bo`ladi.
Sabab xoli semantik tomonidan bir necha ko`rinishlarga ega:
Harakatni bajaruvchi shaxsning biror ishi shu harakatning yuzaga kelishmasligiga sabab bo`ladi: Bu gapning tarixini bilganligi uchun Siroj ham kulib yubordi (S.Zunnunova).
Harakatning bajarilish-bajarilmasligiga boshqa birovning harakati sabab buladi: U singlisi tufayli juda baxtiyor edi (A.Muxtor)
Predmet harakatining yuzaga kelishi uchun shu predmet biror xususiyatning sabab bo`lishini ko`rsatadi: Qishloq bir oz pastlikka bo`lganidan daraxtzor biror boqqa o`xshab guj bo`lib ko`riladi (S.Zunnunova).
Bir predmet harakatning yuzaga kelishi uchun boshqa bir predmet harakatining sabab bo`lishini ko`rsatadi: urush tufayli korxona ro`zg`ori birmuncha oqsab qoldi (“Sharq yulduzi”).
Harakat-xolatning kim tufayli, nima sabali bo`lish-bo`lmasligini aniq ko`rsatmaydi: Bu odam o`sha vaqtda uchundir Gulnora ishlayotgan idoraning hisobiga turardi (S.Zunnunova).
6. Miqdor xoli ish-harakatning bijarilish miqdorini bildiradi va qancha, necha marta so`roqlarga javob bo`ladi. Miqdor xoli maktab grammatikasida ravish xoli tarkibiga kiritiladi.4 Oliy o`quv yurti darsligida miqdor daraja xoli deb o`rganilsa-da, kam material berilgan.5 A.N.Kononov uni o`lchov va daraja xoli deb nimaga ajratadi. Biz uni miqdor xoli deb atadik va shu tushuncha doirasida uni boshqa guruhlarga bo`lib o`rganishi lozim topdik.
Miqdor hol semantik jihatidan quyidagi ko`rinishlarga ega:
Sinov-o`lchov belgilarni ifodalovchi so`z xoll bo`lib kelib, u miqdor anglatishi jihatidan rial va nisbiy miqdorni anglatadi: u ikki hovuch tutni ozgina tikdi-yu, yana bir hovuch terib, juvonga o`girildi (A.Qaxxor).
Harakat va xolatning miqdor belgisini darajalab ko`rsatadi va aniqlaydi: Yormat shaxardan piyoda qaytib, o`lgiday charchagani uchun otlarga Yo`lchi qaradi (Oybek).
Harakat yo holatning qaytarilishini, takrorlanishini ko`rsatadi: Bashorat onasining yuzlaridan, ko`zlaridan qayta-qayta o`pdi (A.Muxtor).
Harakat yo holatning og`irligi narx-navo, uzoq-yaqinlik, uzun-qisqalikka oid miqdor belgilarini kuchaytirib ko`rsatadi: Nagan ham biram yarashib turibdiki (X.G`ulom).
7. To`siqsizlik xoli, ma`lum bir harakatning bajarilishida to`siq, zudlik bo`lishiga qaramay, shu harakatning bajarilishini anglatadi: to`siqsizlik xoli nimaga qaramasdan, nimaga qaramay, nima demay so`roqlarga javob bo`ladi. To`siqsizlik xoli mazmunan ikki xil bo`ladi:
Ichki to`siqsizlikni ko`rsatadi, bunda kesimdan anglashilgan harakat bir shaxs, predmetga tegishli bo`ladi: Men xoxlasam – xoxlamasam, otin oyiga qatnashishim shart edi (S.Ayniy).
Tashqi to`siqsizlikni bildiruvchi xoll biror shaxs, biror predmet xususiyatining bajarilishiga to`siq bo`la olmasligini ko`rsatadi: Oysulton juda charchadi, shunga qaramay, yana shunga yurgisi kela berdi (B.Kerboboyev).
8. Shart holi harakat ifodalaydigan bo`lakka bog`lanib, shu bo`lak orqali anglashilgan harakatning sodir bo`lishidagi sharoitni ko`rsatadi va xokim bo`lakka- SA aafiksi yordamida bog`lanadi: Borsam, injenerni boshlab kelaman (Oybek). Shart xolli gaplarda sub`ektning bajarilishi mo`ljallangan. Biroq hali yuzaga keladigan ikki xil harakat indeyasi bo`ladi. Bulardan biri xol-yordamchi harakat, ikkinchisi xol bog`langan so`z-asosiy harakat orqali anglashiladi. Asosiy harakatning yuzaga kelish-kelmasligi yordamchi harakatning bajarilish-bajarilmasligiga bog`liq. Sirni sizga aytib berganimni bilib qolishsa o`ldirishadi (X.G`ulom). Meni ko`rsa toyginam xursand bo`lib kishnaydi. (Z.Diyor).
Do'stlaringiz bilan baham: |