Kesimning ega bilan moslashuvi (koordinatsiya). Ikki sostavli gaplarda ega va kesim moslashadi. Bu shaxs-son affikslari fe`llari fe`lning ham grammatik jihatdan moslashadi: Qishloq xo`jaligi xodimlari paxtadan mo`l hosil olish uchun kurashmoqdalar.
Ega va kesim faqat mantiq jihatdan moslashadi: Barcha to`planadi.
Ega va kesimning shakliy jihatdan moslashuvi quyidagi xususiyatlar bilan harakatlanadi:
Gap kesimli fe`l bo`lganda:
Ega I va II shaxs olmoshlari bilan ifodalanganda, kesim bilan shaxs-sonda moslashadi: Men o`qidim. Siz o`qidingiz.
Ega III shaxsini ko`rsatuvchi olmosh bilan ifodalanganda, kesim bilan shaxs-sonda moslashadi, lekin ba`zan sonda moslashmasligi ham mumkin: Zulfiya o`qiydi. Talabalar sportla g`olib chiqdilar. O`quvchilar keldi.
2) Kesim ot kesim bo`lganda:
3) Tilimiz grammatik qurilishdagi mikrosistemalar to`g`ri anglash va baholashga erishish.
Gapda ega mutlaq xokim. U o`z sostavidagi ikkinchi darajali bo`laklarga ham, kesimga ham xokim. Kesim esa faqat o`z sostavidagi ikkinchi darajali bo`laklarga xokim.
ega va kesimni bosh bo`laklar deb, to`ldiruvchi, aniqlovchi va xolni ikkinchi darajali bo`laklar deb ko`rsatilishi ularning biri xokim, ikkinchi tobeligidan emas, balki ularning o`ziga xos grammatik xususiyatlaridandir. Bu xususiyat gap bo`laklarining nutqidagi funksiyalari asosida kelib chiqadi.
Ikkinchi darajali bo`laklarsiz alohida, to`liq gap to`liq gap tashkil eta olmaydi, ular gapda bosh bo`laklarga bog`liq xolda qatnashadi: Nizomjon onasining gaplarini chin yurakdan eshitib utirardi (S.Ahmad).
Demak, ikkinchi darajali bo`laklar bir-birlarining ma`nosini bevosita izoxlab, to`ldirib, shular orqali gapdagi bosh bo`lak ma`nosini to`ldirishga ko`maklashadi.
Gapning ikkinchi darajali bo`laklarini ajratishda ularning ob`ektiv xoli tushunchalarni ifodalash asos qilib olinadi, bu tushunchalar turli grammatik shakllar orqali ifodalanadi. To`ldiruvchilarning ifodalanishida morfologik asos bo`lib xizmat qiluvchi so`zlar tushum, jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari shaklidagi ot va otlashgan so`zlar sanaladi: egilgan boshni qilich kesmas (maqol). Yaxshiga yondosh, yomondan qoch (maqol).
Aniqlovchilarning ifodalanishida morfologik asos bo`lib sifat, sifatdosh va boshqa so`zlar xizmat qiladi: uning ziyrak, qo`ng`ir ko`zlarida xorgilik bor edi (S.Anorboyev).
Xollar, asosan, ravish va ravishdoshlar bilan ifodalanadi: U uychan ko`zlari bilan Botirga qarab sekin gapirdi (S.Nazar).
Demak, bevosita bosh bo`lakka, o`rni bilan bir-birga bog`langan bo`lakni, izohlovchi, aniqlashtiruvchi sintaktik kategoriyalar ikkinchi darajali bo`laklar deb yuritiladi. Ikkinchi darajali bo`laklar to`ldiruvchi, aniqlovchi va xoldan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |