Neftning hosil bo’lishi xaqidagi farazlar.
Neftning hosil bo’lish haqidagi ilk zamonaviy qarashlarni fanga M.V.Lomonosov olib kirgan bo’lib, uning gipotezasiga ko’ra yer osti issiqligini toshko’mirga ta’siri natijasida asfalt, neft va tosh moylari hosil bo’ladi. 1805 yilda esa A.Gumbolt tomonidan neftni minerallardan hosil bo’lgan degan fikr bildirildi.
1866 yilda M.Bertlo, 1871 yili G.Biasson tomonidan olib borilgan uglevodorodlarni noorganik sintezi tajribalari neftni minerallardan hosil bo’lganlik gipotezasini ilgari surilishiga turtki bo’ldi.
D.I.Mendeleev esa 1867 yilgacha neftni organik tabiatdan hosil bo’lgan degan fikrida qat’iy turib olganligiga qaramasdan 1877 yilga kelib yer qarida yuqori xaroratda hosil bo’lgan metall karbidlarini suv bilan ta’siri natijasida hosil bo’lgan degan fikrni ilgari sura boshladi.
O’tgan yuz yillar ichida kimyoviy, geokimyoviy va geologik ma’lumotlar anchagina yig’ildi. Bugungi kunga kelib ko’pchilik olimlar neftni organik tabiatdan hosil bo’lgan deyishsada, ammo xali ham minerallar gipotezasini qo’llovchi olimlar guruhi uchrab turadi[7].
Neftning minerallardan hosil bo’lish gipotezasi. Neftning minerallardan hosil bo’lish gipotezasining barchasida neftni uglevodorod, kislorod, oltingugurt va azot tutuvchi komponentlari uglerod, vodorod, is gazi, karbonat angidrid, metan, suv va radikallardan hosil bo’lgan degan farazdan iborat.
D.I.Mendeleevning fikriga ko’ra uglevodorodlarni hosil bo’lish jarayoni metall karbidlarini suv bilan ta’sirlashishi bo’lgan. Bunda quydagi jarayon amalga oshgan;
MeCm+mH2O MeOm+(CH2)m
Misol tariqasida temir karbidini suv bilan ta’sirlashishini ko’rishimiz mumkin;
2FeC+3H2O Fe2O3+C2H6
Hosil bo’lgan gaz holidagi uglevodorodlar yerning yuqori sovuq qismiga ko’tarilib g’ovak cho’kma qismida kondensatsiyalangan. Yerning quyi qismidagi karbidlar o’sha davrda hali ma’lum bo’lmagan. Hozirgi kunda D.I.Mendeleev fikri tasdiqlanib yerning quyi qismida , , , , karbidlar aniqlandi. Ammo shuni ta’kidlash ham lozimki bu karbidlar judayam oz miqdorda tarqoq holda tarqalganligi va bir joyda ko’p miqdorda joylashgan rudalari aniqlanmaganligi ham ma’lum bo’ldi. Shuning uchun ko’p miqdorda hosil bo’lgan uglevodorodlarni qanday hosil bo’lganligini bu pozitsiya bilan isbotlash juda qiyin.
Bundan tashqari suv yer yuzasidan bu qadar chuqurlikka kirib borishi mumkin emasligi D.I.Mendeleev fikriga ziddiyat tug’diradi. Ammo bunday bo’lmasligi ham mumkin, chunki quyi qatlam fluid fazasi uncha ko’p bo’lmagan
miqdorda o’zida namlikni saqlaydi. Shuning uchun uni karbidlar bilan ta’sirlashish ehtimolligi ham yo’q emas. Natijada oddiy molekulali ugevodorodlani hosil bo’lishi ehtimolligi paydo bo’ladi, lekin uni katta miqdorda hosil bo’lish ehtimolligi juda kam.
XX asrning birinchi yarimiga kelib neftni minerallardan hosil bo’lishi haqidagi gipoteza o’z mavqeyini yo’qotdi.
1950-yilga kelib minerallar gipotezasiga bo’lgan qiziqish yana o’z o’rnini egalladi. Buning yagona sababi sifatida organik konsepsiya asosida yotgan noaniq sabablar bo’ldi.
Bu nazariyani ilgari surgan olimlar qatorida N.A.Kudryatsvaning fikri haqiqatga yaqin bo’lganligi barchani teran fikrlashga majbur qildi. Uning fikriga ko’ra yerdagi va lar aralashmasidan va aralashmasi quydagi reaksiya natijasida uglevodorodlar hosil qiladi;
CO+3H2 CH4+H2O
Bundan tashqari radikallarni , , polimerlanishi natijasida ham sintez amalga oshadi. Uglevodorodlarni reaksion aralashmalardan hosil bo’lishi litosferani quyi qatlamlaridagi bo’shliqlarda boradi. Yuqori bosim ostida turgan bo’shliqda neft va gaz yig’ilishi kuzatiladi.
Bu kabi fikrlar juda ko’p olimlar V.B.Porfirev, P.N.Kropotkin, E.B.Chekalyur, AQSh olimlaridan T.Goldlar tomonidan ham bildirilgan.
Ayrim olimlar neftni abiogen sinteziga dalil izlash davrida sanoat usulida sintetik yoqilg’i olish usulini, Fisher-Trop sintezini ishlab chiqishdi. Biroq neftni tarkibini o’rganish orqali uning tarkibida tabiiy va sintetik uglevodorodlar borligi aniqlandi. Ammo shu ham ma’lum bo’ldiki, neft tarkibida yog’ kislotalari, terpenlar, sterol va boshqa tirik organizmda uchraydigan moddalar yo’qligi ham aniqlandi.
Neftning tarkibi haqidagi ma’lumot ko’paygan sari sintetik va tabiiy uglevodorodli aralashmalarning tarkibidagi farqlar aniqlandi. Sintetik
uglevodorodli aralashmalar o’z tarkibida murakkab tuzilgan uglevodorod molekulalari, yog’ kislotalari, terpen, sterollar kabi to’yinmagan strukturalarni tutmaydi. Neftning minerallardan hosil bo’lganligini isbotlovchi nazariy dalillar termodinamik xisoblarga asoslanadi. E.B. Chekamok ba’zi izomer uglevodorodlarni hosil bo’lish haroratini o’rganish orqali neftni hosil bo’lish haroratini aniqlashga harakat qilgan. Yuqori haroratli sintez natijasida teng termodinamik aralashmalar hosil bo’lgan. Shu yo’l bilan hisoblangan neftning hosil bo’lish harorati ni tashkil etgan. Bu tempertura yerning 100-
160 km chuqurligida joylashgan yuqori mantiya qatlamidagi temperaturaga to’g’ri keladi. Ammo ayni neftlarni hosil bo’lish haroratini boshqa izomer juftliklar bo’yicha hisoblash natijasiga ko’ra yer qarida mavjud bo’lmagan temperatura dan gacha bo’lgan harorat kerakligi aniqlangan. Hozirgi kunda neftlarning izomer uglevodorodlari muvozanatlashmagan sistema ekanligi aniqlandi. Boshqa tomondan qaralsa, uglevodorodlarni xususiyatlarini
termodinamik hisoblash natijalari shuni ko’rsatdiki, ularni sintezi uchun tabiatda mavjud bo’lmagan o’n minglab mega paskal bosim talab etiladi. Yerning quyi qismlarida va dan va uning gomologlari sintezi, ba’zi yuqori birikmalar sintezi amalga oshishi mumkindir, ammo hozirda murakkab tarkibli uglevodorodlarning minerallar sintezini mavjudligini isbotlovchi nazariy yoki eksperimental dalillar yo’q. Tabiiy neft yuqori optik faollikka ega, molekulyar
tuzilish darajasida tirik organizmlarda uchrovchi moddalar va cho’kma tog’ jinslarining bioorganik moddalari bilan ko’plab xususiyatlari va xossalari o’xshash.
Neft va gaz konlarini o’rganish davrida yerning mantiya qatlamini cho’kma jinslarini neftga nisbatan ahamiyati ozligini isbotlovchi muhim mahsulotlar olingan.
Ma’lumki neft konlarida oz miqdorda geliy uchrab turadi va uning mantiyadagi izomerlari mol nisbatda cho’kma jinslarda mol miqdorda bo’ladi. Mantiyadagi metanning geliyga miqdoriy
nisbati 10 ga teng. Uglevodorodlar zaxirasida mantiyadan o’tgan geliy miqdori 1
% dan, metan miqdori esa 0,1 % dan oshmaydi. Ushbu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki metan yer qarida minerallar gipotezasiga binoan hosil bo’ladi, ammo uning miqdori jumladan yuqori molekulyar uglevodorodlar miqdori jihatidan oz bo’ladi. Metan va ba’zi neft uglevodorodlarining kristall jinslar tarkibida, vulqonlardan otilib chiqqan magma tarkibida uchrashini minerallar gipotezasini isbotlovchi geologik dalillar qatoriga kiritishimiz mumkin. Yer qaridagi magma tarkibida metan va boshqa uglevodorodlar nafaqat mineral sintezi natijasida, yana organik moddalarning biogen termik destruktsiyasi natijasida ham hosil bo’lishi mumkin. Ammo asosiy dalil shundaki kimyoviy va geokimyoviy ko’rsatkichlar bo’yicha neftning uglevodorodli va biogen organik moddalari bir-biri bilan o’xshash[8].
Do'stlaringiz bilan baham: |