Dunyoda borayotgan moliyaviy inqiroz sharoitida O’zbekiston ishlab chiqarishi jadal suratlarda o’sishi kuzatilmoqda. Bunga asosiy sabab bo’lib, inqiroz boshidan yurtboshimizni – uning O’zbekistonga ta’sirini kamaytirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratishi deb bilamiz. I.A.Karimov so’zi bilan aytganda “... bu jiddiy sinovni yengish, xech shubhasiz, ko’p jixatdan hammamizni, avvalo ma’suliyatimizni teran his qilishni barcha imkoniyat va resurslarimizni ishga solishni talab qiladi”. SHunday ekan, ikkinchi bosqich magistrantlari ularga qo’yilgan talablarga mos ravishda va nizomga muvofiq magistirlik dissertatsiyalarini himoyaga tayyorlashlari zarur bo’ladi.
Bugungi kunda “... kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi.”
“Bir so’z bilan aytganda, farzandlarimizga umumiy ta’lim bilan birga, zamonaviy kasb-xunarlarga ega bo’lish imkonini beradigan 12 yillik ta’lim tizimiga o’tish yakunlanmoqda”. Demak, bizning e’tiborimiz ko’p bosqichli ta’lim tizimidagi oliy ta’lim bosqichida bajarilayotgan ishlarning sifatiga qaratilishi lozim bo’ladi. Oliy ta’limning yuqori pog’onasi magistratura xisoblanadi[1].
Mazkur magistrlik dissertatsiyasi O’zbekiston neft konlaridan qazib chiqarilayotgan neft tarkibidagi kerosinni kimyoviy tarkibi va xossalarini o’rganishga bag’ishlangan. Bunday ma’lumotlar odatda maxsus adabiyotlarda – ilmiy jurnallar, anjuman to’plamlari, ayrim monografiyalarda misol sifatida umumlashtirilmagan va umumiy tahlil qilinmagan holatda uchraydi. Ular tabiiyki keng ilmiy ommada so’nmas qiziqish uyg’otadi. Sababi oxirgi yillarda yoqilg’iga bo’lgan extiyoj sezilarli darajada ortib ketdi. Bizning asrimizni boshlarida yoqilg’i faqatgina sanoqli sohalarda ishlatilar edi. Lekin bugungi kunga kelib organik kimyoni turli qismlarini jadal sur’atda rivojlanishi natijasida yoqilg’ini sintetik usullarda sintez qilish natijasida sintetik preparatlarni yaratishdagi juda katta yutuqlarga erishildi.
Organik kimyoni nafis organik sintez kabi yo’nalishini rivojlanishi natijasida yuqori oktan soniga ega bo’lgan motor yonilg’ilari sintezi yo’lga qo’yildi. Bu esa o’z navbatda atrof muhitni ifloslantirishi kamroq bo’lgan ekalogik jixatdan toza va motorni detallarini ishlash muddatini uzaytiruvchi hamda yoqilg’i sarifini kamaytiruvchi yuqori oktan soniga ega bo’lgan yonilg’i olishga imkon beruvchi turli usullarni ishlab chiqishga olib keldi. Bunga misol tariqasida bugungi kunda o’z ish faoliyatini Buxoro viloyatida olib borayotgan O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasini olishimiz mumkin. Ushbu korxona hozirda sintez gazidan yuqori oktan soniga ega bo’lgan benzin yonilg’isini ishlab chiqarmoqda.
Hozirgi kunda neft va undan olinuvchi yoqilg’iga bo’lgan ehtiyoj sezilarli darajada ortib bormoqda. Shu zaylda O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng ilm fanga va ishlab chiqarish jarayonlariga katta e’tibor berila boshlandi. Bunday ishlar jumlasiga Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov va Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan yaratilgan qonunlarga e’tibor berish kifoya. Bu so’zlarimizga misol tariqasida quydagi qonunlarni olishimiz mumkin;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1992 yil 3- maydagi qaroriga binoan “O’zbektneftigaz” konsernoni tashkil etildi.
Prezidentimizning 1992 yil 23-dekabirdagi qaroriga asosan “O’zbektneftigaz” konsernoni milliy kompaniyaga aylantirildi.
1998 yilning 11-dekabrida O’zbekiston Republikasi Prezidentining
№ UP-2154 qaroriga binoan “O’zbektneftigaz” milliy kompaniyasi milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi № 523- qaroriga binoan “Uztransgaz”, “Uzneftmaxsulot”, “Uzneftigazmash” aktsionerlik kompaniyalari tashkil etildi.
2004 yili “O’zbektneftigaz” MXK va “Lukoyl” MCHJ “Kandi- Xauzak-SHadi” loyihasi asosida Buxoro-Xiva xududida tabiiy gaz konlarini topish va ulardan foydalanish yuzasidan shartnoma imzolashdi.
Lekin shuni ham ta’kidlash joyizki tabiat bizga judayam keng imkoniyatlar va in’omlar taqdim etgan[2].
Mavzuning dolzarbligi.Izlanishlarimiz natijasida to’plangan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, chetdan olib kelinayotgan ayrim moddalarni sintezlashda kerosin xom-ashyo manbai sifatida qo’llanishi mumkin. Jumladan chetdan olib kelinayotgan va bugungi kunda ishlab chiqarishni eng muhim xom-ashyolaridan biri bo’lgan emulgatorlarni ishlab chiqarilsa, ushbu emulgatorlar chet el emulgatorlari bilan bemalol raqobat qila oladi. Ushbu sirt faol moddalarni kir yuvish kukunlari ishlab chiqarishda ham qo’llanishi mumkin. Buning natijasida esa chetga chiqib ketayotgan valyuta konvertatsiyasini oldini olishga juda katta yordam beradi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar mavzuning dolzarbligini ko’rsatadi.
Magistirlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati. Kerosinning kimyoviy tarkibi va xossalari bo’yicha tarqoq ma’lumotlar to’plandi va umumlashtirildi. Tarkibida mavjud bo’lgan turli birikmalar sinflari to’g’risida batafsil ma’lumotlar keltirildi. Bunda kerosin kimyoviy tarkib, mavjud sinf moddalarining strukturasi va xossalari tahlil qilindi. Mazkur mavzuga qarashli xar tomonlama ma’lumotlar bir joyda mujassamlanishi kimyogar va turdosh sohalar talabalari uchun qo’llanma sifatida tavsiya etish imkoniyatini beradi.
Ishning maqsadi va vazifalari yuqoridan aytilgandan kelib chiqadi. Asosiy maqsad qilib mazkur mavzuga tegishli, imkoniyat darajada to’liq ma’lumotlar mujassamlangan xolatga keltirilishi, bunda e’tiborni kimyoviy tarkibga qaratish rejalashtirilgan. Ana shu ma’lumotlarning barchasini qamrab olgan kichik qo’llanma xosil qilish maqsadi qo’yilgan. Organik kimyo, biorganik kimyo, qolaversa biokimyo darslarini o’zlashtirishni yengil qilish vazifasini bajaradi. Xom-ashyoni kompleks o’rganishning samarali usullarini singdiradi.
Mavzuni o’rganilganlik darajasi: mavzu jada ham ko’p olimlar tomonidan o’rganilganligiga qaramasdan yetarli darajada tahlil qilinmagan. Kerosinning organik tarkibida uchrovchi moddalarning to’liq tasnifi, ularning
tuzilish formulalari va molekulasining optik hamda fazoviy xolatlari to’laligicha o’rganilmagan.