Kengaytirish Reja: 1


)Depozit va uning turlari



Download 180,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.06.2022
Hajmi180,21 Kb.
#679170
1   2   3
Bog'liq
wzDiUBaEzmdpfKWAHWXkTMeR9PYofqMe

2)Depozit va uning turlari
Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul 
mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish 
borasidagi bank marjasi 
(mukofoti) bo‘lib hisoblanadi.
Depozit operatsiyalar - banklarning depozitorlar bilan 
tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko‘ra 
yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini 
muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir 
operatsiyalaridir. Depozitor bankka kela olmagan yoki u 
depozit operatsiyalariga doir zarur hujjatlarni mustaqil 
ravishda to‘ldira olmagan hollarda uning depoziti 


bo‘yicha operatsiyalar ishonchli shaxs tomonidan amalga 
oshiriladi. Uning vakolati amaldagi qonunchilikka muvofiq 
asoslangan bo‘lishi lozim.O‘zbekiston Respublikasida 
yuridik va jismoniy shaxslar depozit operatsiyalarning 
sub’ektlari bo‘la oladi. Depozitlar naqd pul yoki naqd 
pulsiz shaklda qo‘yilishi mumkin.YUridik yoki jismoniy 
shaxs tomonidan qo‘yiladigan depozitning eng kam 
miqdori har bir bank tomonidan mustaqil ravishda 
belgilanadi. B
ank qabul qiladigan depozitning eng ko‘p 
miqdori chegaralanmaydi. Barcha depozitlar joriy 
mablag‘lar tarzida qabul qilinadi va shu asosda to‘lanadi. 
Depozitlar tratta, cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat 
xazina kafolatlari va boshqa shakllarda kelib tushsa, ular 
undirib olish sharti bilan qabul qilinadi, biroq, summa 
bankning hisobvarag‘iga kelib tushmaguncha ushbu 
depozitga kiritilgan hisoblanmaydi. 
Depozitlar jismoniy shaxslardan, shu bilan birga 14 
yoshga to‘lgan yoshlardan qabul qilinishi mumkin. O‘z
nomiga omonat qo‘ygan, 14 yoshdan 18 yoshgacha 
bo‘lgan balog‘atga etmagan yoshlar o‘z omonatlarini 
mustaqil ravishda tasarruf etadilar. Layoqatli har qanday 
jismoniy shaxslar balog‘atga etmagan shaxs nomiga 
omonat qo‘yishi mumkin. Har qanday vasiy va isho
nchli 
shaxs ham uning vasiyligiga topshirilgan shaxs nomiga 
depozit hisobvarag‘i ochishi mumkin.
Biror shaxs tomonidan balog‘atga etmagan shaxs nomiga 


qo‘yilgan omonatlarni quyidagilar tasarruf etishlari 
mumkin: 
a) 14 yoshga to‘lguniga qadar 
- ota-onalar 
yoki balog‘atga 
etmagan shaxsning boshqa qonuniy vakillari; 
b) vasiylik kengashining ruxsati bo‘lgan vasiylar;
v) 14 yoshga to‘lganidan so‘ng 
- ota-onasi yoki boshqa 
qonuniy vakillarning yozma ravishdagi roziligiga ko‘ra 
balog‘atga etmagan shaxslarning o‘z
i. Depozitlar 
(omonatlar)ga doir foiz stavkalari banklar tomonidan 
depozitorlar bilan kelishuvga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki belgilagan qayta moliyalash 
stavkasini, bankning narx siyosatini hisobga olgan holda 
belgilanadi. SHartnomada k
o‘zda tutilgan foizlar miqdori 
qonunchilik asosida kamaytirilgan hollarda, foizlarning 
yangi miqdori, depozitorlarga foizning kamayishi haqida 
xabar berilganidan so‘ng qo‘yilgan depozitlarga nisbatan 
qo‘llaniladi. Ushbu xabargacha qo‘yilgan depozitlarga 
nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori bank omonat 
shartnomasida boshqa muddat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, 
tegishli xabar berilgan vaqtdan boshlab bir oy o‘tgach 
qo‘llanadi. Agar shartnomada boshqa holatlar ko‘zda 
tutilmagan bo‘lsa, depozitorning birinchi talabiga ko‘ra 
depozit hisobvaraqlaridan omonatning butun summasi 
yoki uning bir qismini olishga doir hech qanday 
cheklashlar belgilanmaydi. Depozitlarning barcha turlari 
bo‘yicha jismoniy shaxslar vasiyatnoma tuzish huquqiga 
egadirlar. 


Depozitlarning turlari: 

talab qilib olinguncha depozitlar; 

jamg‘arma depozitlari;

muddatli depozitlar; 

jamg‘arma (depozitli) sertifikati;

boshqa depozitlar. 
Talab qilib olinguncha depozitlar 
Talab qilib olinguncha depozitlar yuridik va jismoniy 
shaxslarning kundalik maqsadlar uchun hohlagan vaqtda 
talab qilib olishlari mumkin bo‘lgan talab qilib olinguncha 
hisobvaraqlardagi mablag‘laridir. Bank depozitorning 
birinchi talabiga ko‘ra (depozit shartnomasida boshqa 
muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, depozitorning 
teg
ishli ko‘rsatmasi bankka kelib tushgan kunning 
ertasidan kechikmagan holda) uning to‘lovlar bo‘yicha 
topshirig‘ini bajarishi zarur. Talab qilib olinguncha 
depozit hisobvarag‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun haq 
to‘lash shartnomada belgilangan miqdorda am
alga 
oshiriladi. Hisobvaraqqa undagi qoldiqning o‘rtacha 
miqdori oldindan kelishilgan holda bank bepul xizmat 
ko‘rsatadi. Mijoz tomonidan ushbu shartlarga rioya 


qilinmagan taqdirda, ya’ni hisobvaraq qoldig‘ining 
kelishilgan miqdori kamaytirilsa, mijoz bankning pul-
hisob-
kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bilan 
bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalari xarajatlarini bank 
bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan 
miqdorda to‘laydi.
Talab qilib olinguncha depozitlar mijozning topshirig‘ig

ko‘ra shartnomaning oldindan kelishilgan shartlari 
asosida ushbu mijozning boshqa turdagi depozitlariga 
o‘tkazilishi mumkin.
Jamg‘arma depozitlari.
Davriy badallar asosida shakllanadigan jamg‘arma 
depozitlari muayyan maqsadni amalga oshirish uchun 
dep
ozit hisobvaraqda ma’lum miqdorda pul summasini 
jamlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar nomiga 
ochiladi. Agar shaxs nomiga berilgan omonat daftarchasi 
yo‘qolsa yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga kelib 
qolsa, bank omonatchining arizasiga ko‘ra un
ga yangi 
omonat daftarchasini beradi. 
Jamg‘arma depozitlarining asosiy shakllari quyidagilardan 
iborat: 

omonat daftarchalaridagi depozitlar (taqdim 
etuvchining nomiga berilgan, egasi ko‘rsatilgan);

hisobvaraq holati ko‘chirma qilinadigan 
depozitlar; 

xabarli depozitlar. 


Jamg‘arma depozit hisobvarag‘i ochilganda bank 
jismoniy
Muddatli depozitlar 
Banklar tomonidan jalb qilingan muddatli depozitlar - 
yuridik va jismoniy shaxslarning shartnomada qat’iy 
kelishilgan muddat va unda ko‘rsatilgan
foizlarni 
to‘lashga doir mablag‘laridir. Muddatli depozit 
hisobvarag‘i ochilganda jismoniy shaxsga omonat 
daftarchasi beriladi. 
Depozitor bank bilan muddatli depozitlar bo‘yicha 
shartnoma tuzganidan so‘ng, shartnomada ko‘rsatilgan 
depozit summasini qo‘yi
shi kerak. Biroq tratta, cheklar, 
pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa 
shakllardagi depozitlar undirib olish shartlari asosida 
qabul qilinadi hamda summa bankka kelib tushmaguncha 
ushbu depozitga qo‘yilgan hisoblanmaydi. Depozitor 
sha
rtnomada ko‘rsatilgan depozit summasining o‘z 
vaqtida kelib tushishi uchun to‘liq javob beradi va uning 
naqdligi hamda qonuniyligini kafolatlaydi. 
Qo‘shimcha badallarni qabul qilish asosiy depozit 
shartnomasiga qo‘shimcha bitimlar kiritish bilan 
rasmiylashtiriladi. Banklar depozitorlarga belgilangan 
muddat etib kelgunga qadar muddatli depozit 
hisobvaraqlaridan mablag‘larni olishga ruxsat etadilar, 
bunday hollarda depozitor muddatli depozit 
hisobvarag‘idan muddatidan oldin mablag‘ olinishi 


mumkinligi haqida bankni ogohlantirishi lozim. 
Mablag‘lar muddatidan oldin olinganda omonat bo‘yicha 
foizlarni, shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan 
bo‘lsa, bank talab qilib olinguncha depozitlar bo‘yicha 
to‘laydigan foizlar miqdorida to‘laydi.
Muddatli depozitlar q
o‘yidagi muddatlar bo‘yicha 
tasniflanadi: 
●muddati 30 kungacha bo‘lgan depozitlar;

muddati 90 kungacha bo‘lgan depozitlar;

muddati 180 kungacha bo‘lgan depozitlar;

muddati 365 kungacha bo‘lgan depozitlar;

muddati 365 kundan ortiq bo‘lgan depozi
tlar. 
Agar muddatli depozit muddati o‘tganidan so‘ng mijoz 
tomonidan talab qilib olinmasa, shartnomada boshqa 
hollar ko‘zda tutilmagan taqdirda, uning asosiy talab qilib 
olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Jamg‘arma 
(depozit) sertifikati 
Jamg‘arma (depozit) sertifikati bankka qo‘yilgan omonat 
summasini va omonatchining (sertifikat egasining) 
sertifikatni bergan bankdan yoki uning har qanday 
filialidan belgilangan muddat tugaganidan so‘ng omonat 
summasini va sertifikatda shartlashilgan foizlarni olish 


huquqini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir. Jamg‘arma 
(depozit) sertifikatlari taqdim etiladigan yoki egasi 
ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.Jamg‘arma (depozit) 
sertifikati muddatidan oldin to‘lash uchun taqdim etilgan 
hollarda, agar depozit shartlariga 
ko‘ra foizlarning boshqa 
miqdori belgilanmagan bo‘lsa, bank ushbu serifikat 
bo‘yicha talab qilib olinguncha depozitlar uchun 
to‘lanadigan omonat summasini va foizni to‘laydi.
2012 yilda pul-
kredit siyosati “Monetar siyosatning 2012 
yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari” asosida amalga 
oshirilib, iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalari, 
xususan belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning 
so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga qaratildi. Bunda, yalpi 
ichki mahsulotning o‘sish sur’atlariga muvofiq
iqtisodiyotning pulga bo‘lgan oshib borayotgan talabini 
to‘liq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada 
saqlab turish orqali inflyasiya darajasini belgilangan 
maqsadli parametridan oshirmaslik maqsadida Markaziy 
bank o‘z tasarrufidagi pul
-kredit siyosati 
instrumentlaridan faol foydalandi. 
2012 yil davomida Markaziy bank tomonidan pul 
bozorida tashqi savdo balansining ijobiy saldosi va bank 
tizimi sof tashqi aktivlarining ko‘payishi hisobiga 
shakllangan qo‘shimcha likvidlikni sterilizatsiya
Majburiy rezervlar. Majburiy rezerv talablari tijorat 
banklarining kredit resurslari miqdoriga ta’sir ko‘rsatish 
orqali iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga solishda pul-


kredit siyosatining muhim instrumentlaridan biri sifatida 
qo‘llanilmoqda.
2012 yilda inflyasiya va pul massasining maqsadli 
parametrlaridan kelib chiqib hamda tijorat banklarida 
uzoq muddatli resurs bazasini yanada kengaytirish 
maqsadida, majburiy rezervlar normasi, yuridik 
shaxslarning talab qilib olinguncha va 1 yilgacha bo‘lgan 
muddatga jalb qilingan depozitlar uchun 

15 foiz, 1 
yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun

12 foiz, 

yildan ortiq bo‘lgan depozitlar
uchun 

10,5 foiz miqdorida o‘zgartirilmasdan qoldirildi. 
2012 yilda tijorat banklarining Markaziy bankdagi 
majburiy rezervlari hajmi 443 
mlrd. so‘mga yoki yil 
boshiga nisbatan 31,8 
foizga ko‘paydi. O‘z navbatida, 
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot 
jamg‘armasi hisobvarag‘iga qo‘shimcha ravishda 
3 176 mln. 
AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar 
yo‘naltirilishi pul massasini prognoz ko‘rsatkichdan 
ortiqcha o‘sishining oldini olishga va shu orqali ichki 
bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
SHuningdek, Markaziy bankning qayta moliyalash 
stavkasi instrumentidan ham pul bozoridagi foiz 
stavkalarini bosh
qarishda hamda iqtisodiy o‘sish 
jarayonlarini rag‘batlantirish maqsadida keng 
foydalanildi. Inflyasiya darajasi, pul massasi hajmining va 
boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning belgilangan 
maqsadli parametrlaridan kelib chiqib Markaziy bankning 


qayta moliyalash stavkasi 2012 yilda yillik 12 foiz 
miqdorida saqlab qolindi. Qayta moliyalash stavkasining 
ushbu darajada ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy 
resurslarga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatini 
saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion 
imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini 
yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklarining 
resurs bazasining barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi. 
Aholi real daromadlarining o‘sishi, bank tizimiga bo‘lgan 
ishonchning ortib borishi hamda iqtisodiyotdagi 
inflyasion kutilmalarning pasayishi kabi omillar ta’sirida, 
2012 yil davomida jismoniy shaxslarning tijorat 
banklaridagi depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz 
stavkasi yil boshidagi 9,6 foizdan dekabr oyining oxirida 
6,4 f
oizgacha, yuridik shaxslarning jamg‘arma va 
muddatli depozitlar bo‘yicha stavka esa 6,8
foizdan 
6,0 foizgacha pasaydi. Natijada, 2012 yil davomida tijorat 
banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektori 
sub’ektlariga ajratilayotgan jami kreditlar bo‘yicha 
o‘rtacha tortilgan foiz stavkasini ham yil boshidagi 
14,3 foizdan dekabr oyiga kelib 13,6 foizgacha pasayishi 
kuzatildi. Jumladan, tijorat banklarining kredit portfelida 
uzoq muddatli kreditlar ulushining oshishini 
rag‘batlantirishga qaratilgan foiz siyosa
tining olib borilishi 
natijasida uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha o‘rtacha 
tortilgan foiz stavkasi 13,5 foizdan 12,2 foizga pasaydi. 
2012 yil davomida bank tizimida amalga oshirilgan 


islohotlar doirasida tijorat banklarining kapitallashuv 
darajasini oshirish 
bo‘yicha aniq belgilangan chora
-
tadbirlar davom ettirildi. Tijorat banklari tamonidan 
depozitga mabla’glarni jalb etishning hozirgi holatining
tahlili. 

Download 180,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish