Kengaytirish Reja: 1



Download 180,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi180,21 Kb.
#679170
  1   2   3
Bog'liq
wzDiUBaEzmdpfKWAHWXkTMeR9PYofqMe



Mustaqil ishi 
MMT80K
SAYFULLAYEVA MADINA


Depozit va ularning salmog'ini 
kengaytirish

Reja: 
1)
Depozit va uning salmog'ini kengaytirish 
2) 
Depozit va uning turlari 
3)
Tijorat banklari resurslarining asosiy 
qismini jalb 
qilingan mablag‘lar tashkil qiladi.


1) 
Depozit va uning salmog'ini kengaytirish 
Bunday pul muomalasini depozit sifatida maksimal 
darajada to'g'ri va oddiy tarzda ifodalash uchun siz 
moliyaviy terminlarga murojaat qilishingiz kerak. Depozit 
alohida kredit turi hisoblanadi. Agar 
iste'mol krediti mijozga beriladigan bank krediti bo'lsa, 
bank depozitlari - mijozlar o'z mijozlariga o'z foiz 
stavkasini olish sharti bilan o'z ixtiyori bilan beradigan 
kreditlardir. 
Bunday moliyaviy bitim har ikkala tomon uchun 
ham, ham omonatchi, ham bank uchun foydali. Depozit 
nima deb nomlangan bo'lsa, omonatchi quyidagi 
imkoniyatlarga ega bo'ladi: 
erkin muomaladagi mablag'larni qonuniy ravishda 
to'ldirish; 
pul mablag'lari xavfsizligini ta'minlash kafolati; 


foiz stavkasidan foydalanish Va bank imkoniyatga ega: 
moliyaviy aylanmasini oshirish; 
kredit mablag'lari hajmini aholi ehtiyojlari uchun oshirish; 
moliyaviy bozorda o'z mavqeini mustahkamlash. 
Depozit depoziti - bankning omonatga bo'lgan qarzi va 
muayyan vaqtdan so'ng egasiga mol-mulkni majburiy 
qaytarishi kerak. Sizning pulingizni bankka topshirishdan 
oldin, sizni qanday qiziqish bilan qiziqtirasiz. Depozit 
bo'yicha foiz stavkasi bilan bankka oddiy depozitni ajratib 
olishni bilish kerak.Tijorat banklarining passiv 
operatsiyalari. Bank resurslarini shakllantirish bilan 
bog’liq bo’lgan operatsiyalar banklarning passiv 
operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida 
tijorat banklarning passiv va aktiv - passiv schetidagi pul 
mablag’larining salmog’i o
shib boradi. Banklarning passiv 
operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol 
o’ynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari 
kreditlash uchun zarur bo’lgan
-kredit resurslarini tashkil 
qiladi. Tijorat banklarining passiv operatsiyalarining 
asosan to’rtta shakli mavjud: 1. Tijorat banklari 
qimmatbaho qog’ozlarini muomalaga chiqarish yo’li bilan 
resurslar yig’ish; 2. Bank foydasi hisobidan har xil fondlar 
tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish; 3. Boshqa 
kreditorlarning mabl
ag’larini jalb qilish; 4. Depozit 
operatsiyalarni amalga oshirish. Tijorat banklarining 
resurslari bankning o’z mablag’lari. jalb qilingan va 
emitentlashgan mablag’lar hisobidan shakllanadi. 


Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va 
ikkinch
i shakllarida banklarning o’z mablag’lari yuzaga 
keladi va kolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarning 
ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi. 
Banklarning o’z mablag’lariga bankning ustav 
kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar, moddiy 
rag’batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan 
fondlar va taqsimlanmagan foydasi kiradi. Amaliyotda 
bank passivlarining 20 foizi banklarning o’z mablag’lariga 
to’g’ri keladi. Banklarning o’z mablag’lari ichida asosiy 
o’rinni bankning o’z kapitali
egallaydi. Bankning o’z 
kapitali tarkibiga biz yuqorida keltirib o’tgan kapitalning 
bir 219 qismi, yani ustav kapital, risklarni qoplash uchun 
tashkil qilingan rezerv fond, taqsimlanmagan foyda 
kiradi. Banklarning o’z kapitali bank 
kreditorlarining manfaatini himoya qilish, bank 
faoliyatining barqarorligini ta’minlash, bank faoliyatini 
boshqarish kabi funktsiyalarni bajaradi. Bankning ustav 
kapitali summasi bank ustavida ko’rsatiladi va bank ishini 
boshlashning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. 
Banklarning tashkil qilishning shakllariga qarab bankning 
ustav kapitali ham har xil tashkil topadi. Agar bank 
aktsiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo’lsa, 
ustav kapitali yoki fondi aktsiyalar chiqarish va 
joylashtirish yo’li orqali tashkil topadi. B
anklarning ustav 
kapitali summasi qonun yo’li bilan chegaralanmaydi. 
Banklarning barqaror faoliyatini taminlash maqsadida 


uning minimal miqdori belgilab beriladi. Bankning ustav 
kapitali uning balansining passivida ko’rsatiladi. Ustav 
fondi summasining oshirilishi bank aktsionerlari 
tomonidan umumiy majlisda hal qilinadi. Banklarning 
ustav kapitali ularning majburiyatilarini bajarishning asosi 
bo’lib xizmat qiladi. Bank kreditlari hisobidan banklarning 
ustav kapitalini tashkil qilish mumkin emas. Ustav 
kapitalini tashkil qilishda chetdan boshqa pul 
mablag’larini jalb qilish ham mumkin emas. Banklar 
tashkil qilinganda ustav kapitalining tarkibi moddiy 
mablag’lardan va pul mablag’laridan tashkil topadi. Bank 
faoliyatining boshlang’ich bosqichlarida bankning o’

mablag’lari hisobidan birinchi navbatdagi bank xarajatlari 
(er, bino, asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi. Banklarning 
o’z mablag’lari uzoq muddatli aktivlarga qo’yilmalar 
qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda Markaziy 
bank tijorat banklari uchun b
anklarning o’z mablag’lari 
bilan chetdan jalb qilingan resurslar o’rtasidagi chegarani 
belgilab beradi. O’zbeksitonda bu nisbat 1:20 miqdorida 
o’rnatilgan. Banklarning aktsioner kapitali quyidagi 
tarkibiy qismlardan tashkil topishi mumukin. Bular: a) o’z 
aktsioner kapitali, bu kapital oddiy va imtiyozli aktsiyalar 
chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan fonda 
hisobidan yuzaga keladi; b) har xil ko’zda tutilmagan 
harajatlarni va to’lanmagan qarzlarni qoplash uchun 
tashkil 220 qilingan rezervlpr; v) bankning uzoq muddatli 
majburiyatlari (uzoq muddatli veksel va obligatsiyalar) 


bo’lishi mumkin. Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv 
fondi foydadan ajratmalar hisobiga xosil bo’ladi va ko’zda 
tutilmagan zararlar hamda qimmatbaho qog’ozlar 
kursining tushish
i natijasidagi yo’qotishlarni qoplash 
uchun mo’ljallangan. Taqsimlanmagan foyda 
- rezerv 
fondiga ajratmalar va devidendlar to’langanidan so’ng 
qoladigan foydaning bir qismidir. Banklarning o’z 
mablag’lari tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat 
kasb et
adi. Banklarning o’z kapitali hissasining kamayishi 
ba’zi hollarda banklarning sinishiga olib keladi. AQShda 
kattaligi bo’yicha yigirmanchi o’rinda turuvchi «Franklin 
neshnl bank»ni sinishining sabablaridan biri, bu bankning 
o’z kapitali hissasining bank b
alansida keskin qisqarishi 
bo’ldi. Xuddi shu sabab, 1979 yil aktivida 250 mln. dollar 
va 44 ming omonatchisiga ega bo’lgan AQShdagi 
«Dnuverz neshnl benk of Chikago» bankining sinishining 
asosi hisoblanadi. Iqtisodiy yoki bank inqirozlari davrida 
passivlar va ularni joylashtirish sohasida etarli darajada 
o’ylab chiqilmagan siyosat banklarning sinishiga olib 
keladi. 1980 yillarning ikkinchi yarimida AQShda 
banklarning bankrotlik soni o’sdi. 1984 yilda AQShda 
birinchi o’nlikda turuvchi yirikbanklardan biri bo’
lgan 
«Kontinental Illinoys» bankining sinish holatining
hukumatning maxsus dasturi orqali oldi olindi. Federal 
rezerv sistema bo’lgan AQSh Markaziy banki o’z ixtiyoriga 
olgan bir necha milliard AO’Sh dollarini 
muvofiqlashtiribgina qolmay, balki depozitlarni 


sug’urtalash Federal uyushmasi va AQSh moliya 
ministirligi bilan birga bank to’lash qobiliyatini 
mustahkamlash sohasida kafili sifatida chiqdi. Tijorat 
banklari sinishlarining eng ko’pi 1988 yilga to’g’ri kelgan. 
Iqtisodiy ko’tarilish tufayli AQShda tij
orat banklari 
sinishining soni o’zining avvalgi holiga tushgan. Shu 
tufayli 1994 yilda faqatgina 13 ta tijorat banklari singan. 
Shu bilan birga, muammoli, ya’ni moliyaviy holati beqaror 
bo’lgan banklar soni yuqoriligicha qolmoqda. Bankning 
emitentlashgan m
ablag’lari. Banklar mijozlar 
mablag’laridan etarli darajada uzoqrok 
foydalanishni amalga oshirishdan, manfaatdordirlar. Shu 
sababli banklar obligatsiya qarzlari, bank veksellari va 
boshqalarni chiqarish yo’li bilan o’z resurslarini miqdorini 
ko’paytirib bo
radilar. Obligatsiya qarzlari obligatsiyalar 
ko’rinishida emitentlashadi. Yoozirgi davrda chet el 
amaliyotida ikki valyutali obligatsiyalar uchraydi. Bu 
obligatsiyalar bo’yicha daromadlar obligatsiya egasi 
ixtiyoriga ko’ra milliy valyuta yoki AQSh dollarid
a yoki 
boshqa chet el valyutasida to’lanishi mumkin. Bank 
tomonidan elementlashgan qimmatli qog’ozlarning 
turlaridan biri «suzuvchi foiz stavkali» qimmatli qog’ozlar. 
Masalan, AQShda 1970 yillar o’rtalarida ikkita yirik tijorat 
banklari - «Sitibenk» va «Cheyz Manxetten Benk» xolding 
kompaniyalari orqali «suzuvchi foiz stavkali» qimmatli 
qog’ozlar chiqardilar. Bu qo’yilmalar bo’yicha foizlar 3 
oylik xazina veksellariga nisbatan bir foiz yuqori to’lanadi. 


Banklar mijozlarning xohishiga qarab bir yilda ikki marta 
ularni to’lash majburiyatini o’z zimmalariga oldilar. 
Buning uchun mijoz ko’rsatilgan muddatdan bir hafta 
oldin mablag’larni olishi to’g’risida bankka xabar berishi 
shart. Bank passivlarida 90-
yillar davomida bankning o’z 
mablag’lari miqdorining qisqar
ishi davom etdi va xorijiy 
mamlakatlar kabi bizning banklarimizda ham jalb qilingan 
resurslar salmog’i oshdi. Yangi resurslarni jalb qilishda 
yirik va mayda banklar foydasiga, nomutanosibliklar 
ko’paydi. Jalb qilingan mablag’larning yana bir turi bank 
bala
nsida turgan va ularni qayta sotib olish to’g’risidagi 
kelishuv asosida sotiladigan qimmatli qog’ozlar 
hisoblanadi. 
Depozitlar va ularning salmog’ini kengaytirish.
Tijorat 
banklari kredit resurslarini shakllantirishda depozitlar 
asosiy o’rinni egallaydi. Ularning asosiysi yo’qlab 
olinadigan qo’yilmalarga, tezkor hamda jamg’arma 
qo’yilmalarga bo’linuvchi depozitlardir. Yo’qlab 
olinadigan qo’yilmalar, shuningdek, joriy schetlar 
omonatchilarning birinchi talablari bilan olinadi. Joriy 
schetning egasi bankdan chek daftarchasini oladi. Bunda 
u pul olish bilan birga iqtisodiy munosabatlar vakillari 
bo’lgan korxona,
tashkilot, muassalar hisob-kitob 
operatsiyalarini olib borishi mumkin. Muddatli omonatlar 

mijoz tomonidan bankka ma’lum muddatga qo’yiladigan 
qo’yilmalar bo’lib, ular orqali mijozlarga bank tomonidan 
yuqori foizlar to’lanadi. Bunda foiz stavkalari 


qo’yilmaning muddati va miqdorigi bog’liq bo’ladi. 
Muddatli qo’yilmalarning turlaridan biri, bu mablag’larni 
jalb qilishning aniq qayd etilgan vaqtga mo’ljal
langan 
depozit sertifikatlar hisoblanadi. Ular muomalaga 1961 
yili birinchi bo’lib «Ferst neshnl siti benk» kiritgan. Schet 
egalariga ularning nomlari yozilgan, to’lash muddati va 
foiz darajasi ko’rsatilgan maxsus guvohnomalar beriladi. 
Yoozirgi vaqtda tij
orat banklari bo’sh pul mablag’larini 
jalb qilishda depozit sertifikatlaridan foydalanmoqda. 
Sertifikatda ko’rsatilgan qo’yilma muddati tugagandan 
so’ng, uning egasi qo’yilma summasini va kelishilgan 
foizlarni olish huquqiga ega bo’ladi. Bank resurslari 
ta
rkibida aholining omonat qo’yilmalari muhim rol. Ular 
to’liq summada yoki bo’lib
-
bo’lib qo’yiladi va berilishi 
mumkin. Omonatchi va bank o’rtasidagi mablag’ qo’yishi 
bilan bog’liq munosabat omonat daftarchasini berish 
bilan tasdiqlanadi. Banklar to’lovchil
ik asosida turli hil 
maqsadli qo’yilmalarni, muddatli yoki talab qilish hamda 
olish mumkin bo’lgan jamg’armalar qabul qiladilar. 
Shuningdek, ba’zi mamlakatlarda «Yangi yil qo’yilmalari» 
deb nomlangan turi ham mavjud. Bunda bank yil 
davomida, yangi yilni ni
shonlash uchun, katta bo’lmagan 
qo’yilmalarni qabul qilib boradi va yil oxirida 
omonatchilarga pullarni qaytaradi, xohlovchilar pul 
jamg’arishni keyingi yangi yilgacha davom ettirishlari 
ham mumkin. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bu 
qo’yilmalar oddiy fuqarolar orasida keng qo’llaniladi. 


Banklar uchun muddatli qo’yilmalar juda qulay 
hisoblanadi. Bank resurslarining muhim manbasi 
banklararo kreditlardir, ya’ni boshqa banklardan 
olinadigan ssudalar. Ushbu resurslardan foydalanish 
sezilarli darajada rivojlangan. Pul-kredit bozorida qisqa 
muddatli bank.lararo kreditlar, shuningdek, «qisqa 
pullar» salmog’i ko’pchilikni tashkil etadi
. Depozit va 
ularning turlari Banklarda maqsadlarni amalga oshirish 
uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish 
operatsiyalari- depozit operatsiyalari deyiladi. 
Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga 
bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali 
bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank 
turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida
kreditlaydi. 

Download 180,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish