20
bet
37
dan
To‘plagichda (160/2) 2ta 160/29 TXI nasoslari o‘rnatilgan bo‘lib, ular o‘zaro tutashtirgich
bilan birlashtirilgan, nasoslar yordamida ammoniy sulfofosfat quyqasini jarayonni zichligi,
muhitning pH , xarorati bo‘yicha nazorat qilish uchun to‘plagichga (355(1,2,3)) yoki
sirkulyasion quvur orqali saturatorga uzatish mumkin.
Quyqani sirkulyatsiya qilish neytrallash jarayoni xarorat parametrlarini barqaror ushlab
turish imkonini beradi.
To‘plagichdan (355(1,2,3)) ammoniy sulfofosfat quyqasi TXI 45/31 (356) botiriladigan
nasosi yordamida DQU (donadorlash - quritish -uskunasi) ga uzatiladi.
Ta’mirga to‘xtaganda saturator quyidagi tarzda bo‘shatiladi:
Saturatordagi ammoniy sulfofosfat quyqasi nasos uzilguncha ishlatilib (poz.161/2),
klapan, surilma qopqoq (zadvijka), ventil olinadi, lyuk ochiladi, eritma qoldig‘i taglikka
quyiladi, ammiak tarkibi tahlil qilinib, saturator tozalanadi.
Suprefos - NS ni ishlab chiqarish.
Suprefosni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan ammoniylashtirilgan fosfat quyqasi
saturatorda olinadi (poz.151(6.7) (amaldagi ekstraksiyalangan fosfor kislotasi saqlash joylari),
aralashtiradigan moslama bilan ta’minlangan - xar biri 4ta aralashtirgich bilan, xajmi - 430 m3 ,
miqdori - 2 dona.
EFK-3 sexidan fosfat quyqasi saturatorga (poz.151/7) tirqishli sarfo‘lchagich orqali
uzatiladi, shu yerga bir vaqtning o‘zida (poz.151/3)saqlagichdan nordon oqava va ammiak
sexidan ammiak qo‘shiladi.
Fosfat quyqasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
quyqa zichligi - 1,41-1,44 g/sm3
Filtrat zichligi - 1,22-1,24 g/sm3
SQ(suyuqligi qo‘yiqligi) nisbati - (2,2-2,6)
Quyqaning suyuq fazasida SO
3
tarkibi - (1,8-2,2) g/100 sm
3
Digidrat quyqaning aniq miqdori saturatorda (poz.151/7)to‘planganidan so‘ng (1,5m),
quyqa nordon oqava bilan suyultiriladi (1,05-1,10 g/sm
3
) , bunda nordon oqava saqlash joyidan
(poz.151/3), oraliq to‘plagich (poz.160/5) orqali nasoslar (poz.250) yordamida saturatorning
qopqog‘ida o‘rnatilgan tirqishli sarfo‘lchagich orqali uzatiladi.
Fosfat quyqasi nordon oqava bilan (1,35 - 1,37) g/sm
3
gacha suyultiriladi.
Nordon oqava sarfi avtomatik tarzda tartibga solinadi.
Nordon oqava bilan suyultirilgandan so‘ng saturatorda (poz.151/7) suyuq (gazsimon)
ammiak uzatish yo‘li bilan neytrallash (ta’sirsizlantirish) jarayoni amalga oshiriladi, bunda
suyuq(gazsimon) ammiak TAB - 1 tarmog‘i orqali ammiak quvuri orqali suyuq ammiak
omboridan (SAO) uzatiladi.
Suyuq ammiak saturatorga 2ta forsunka vositasida uzatiladi.
Suyuq ammiak bosimi 0,3 MPa (3kgf/cm
2
) dan ortiq bo‘lmagan ko‘rsatkichda ushlanadi.
Saturatorga uzatilayotgan gazsimon ammiak quvuri TABga kelib tushayotgan gazsimon
ammiakni rostlaydigan moslamaga baypas ventilidan keyin ulangan. Gazsimon ammiak
saturatorga 1 ta fosunka vositasida eritma xajmiga uzatiladi. Bosim 0,4 MPa (4kgf/cm
2
) dan ortiq
bo‘lmagan ko‘rsatkichda ushlanadi.
Neytrallanish ekzotermik reaksiyasining issiq xarorati nisbatiga ammiak otilishining
oldini olish maqsadida, ammoniylashtirish jarayoni asta - sekin olib boriladi, bunda xarorat
80
0
dan oshishiga yo‘l qo‘yilmaydi, pH (6,2-6,8) ko‘rsatkichigacha, intensiv ravishda aralashtirib
turiladi.
Tayyorlash jarayonini stabillashtirish, dozalangan komponentlarning mahalliy
to‘yinishining oldini olish, reaksiya “yumshoq” rejimda o‘tishini ta’minlash maqsadida,
neytrallash matochniy eritma muhitida olib boriladi.Quyqa tayyorlanishining uzluksizligi
Sifat menejmenti tizimi hujjatlari, MXY 00203074-34-03: 2022
MXY 34-03 Ammofos-3 sexi ta’sirsizlantirish apparatchisi mehnat muhofazasi
Tahrir 4
Do'stlaringiz bilan baham: |