Sifat menejmenti tizimi hujjatlari, MXY 00203074-34-03: 2022
MXY 34-03 Ammofos-3 sexi ta’sirsizlantirish apparatchisi mehnat muhofazasi
Tahrir 4
22
bet
37
dan
Apparatni
ishga tushirishda, bug‘ liniyasiga ammiak tushib qolishining oldini olish
maqsadida, ammiak quvuriga ketuvchi bug‘ quvurlaridagi ventillar yopiq bo‘lishi muhim shart
hisoblanadi.
6.1.2 TAB apparatini to‘xtatish
Yondosh ish joylari apparatchilariga, EFK - 3 sexi operatoriga va SAB (suyuq ammiak
bo‘linmasi) apparatchilariga TAB to‘xtatish haqida xabar berish.
Fosfor kislotasini uzatishdagi nasosni va ammiakni uzatishdagi ishchi ventilni o‘chirish.
Forsunkani bug‘latish uchun bug‘ni uzatish.
Ta’mirga yoki uzoq vaqtga to‘xtash hollarida apparatdagi quyqa chuqurchaga
bo‘shatiladi, ammiak uzatish quvuriga tiqin o‘rnatiladi.
Nasos (poz.235,232), ventilyator (poz.303), nasos (poz.307) to‘xtatiladi, issiqlik
almashinuv moslamasiga (teploobmennik) suv berkitiladi.
6.2 Saturator apparatini Suprefos NS ishlab chiqarish uchun ishga tushirish:
6.2.1 Ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- tashqaridan beriladigan elektr energiyasi, bug‘, gaz, suv, , ammiak, degidrat quyqasi
borligi tekshiriladi;
- asbob-uskunalar, quvurlarlar, kommunikasiyalar ko‘zdan kechiriladi, yerga ulanishlar
(zazemleniye), tambalash
armaturasi, saqlagich moslamalari (predoxranitellar), NO‘AvaA
priborlari borligi va ularning sozligi tekshiriladi;
- degidrat quyqasini (poz.151 (7) EFK-3 sexidan qabul qilish;
- (poz.151(7) belgilangan satxgacha to‘ldiriladi;
- saturatorga (poz.151(7) tirqishli sarfo‘lchagich orqali degidrat quyqasi, nordon oqava (suvlar)
belgilangan miqdorda 1,5 metr
satxgacha quyiladi;
- ammiakdagi surilma qopqoq (zadvijka) ochiladi, ammiak forsunkaga uzatiladi va pH 6,2-6,5
gacha neytrallash amalga oshiriladi, zichlik (1,32-1,35) kgf/cm
3
chegaralarida ushlab turiladi,
pH 3,0dan kamayib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
- saturatordagi reaksion massa xaroratining 80
0
C dan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Xarorat
80
0
C dan oshib ketganida neytrallanish reaksiyasi sodir bo‘lmaydi (ammiak bug‘lanadi va gaz
fazasiga xaydaladi);
- saturatorni ishga tushirishda, bug‘ liniyasiga ammiak tushib qolishining oldini olish
maqsadida, ammiak quvuriga ketuvchi bug‘ liniyalaridagi ventillar yopiq bo‘lishi muhim shart
hisoblanadi;
- saturator sathini 2,0 metrdan pastga tushirmaslik tavsiya etiladi;
- (poz.151 (6) to‘ldiriladi, quyqani to‘plagichga tortish uchun
kirishdagi surilma qopqoq
ochiladi (poz.151 (6);
- nasoslar yurgiziladi (poz.233);
- DQU to‘plagichiga (poz.355) quyqa tortiladi.
6.2.3 Saturatorni to‘xtatish
Saturator quyidagicha to‘xtatiladi:
- suyuq ammiak bo‘linmasi, sex va EFK-3 sexi to‘xtash haqida ogohlantiriladi;
- EFK-3 sexidan degidrat quyqani qabul qilish to‘xtatiladi;
- ammiak umumiy kollektordan uzib qo‘yiladi va bug‘latiladi;
- to‘plagichdagi (poz.160(2)) quyqa oxirigacha ishlatiladi;
- quyqa tarmog‘idagi (pulpoprovod) nasoslar o‘chiriladi;
- quyqa tarmog‘i va ammiak tarmog‘i bug‘latiladi;
- to‘plagichdagi (poz.355 (1,2,3) quyqa oxirigacha ishlatiladi;
- nasoslar to‘xtatilib, quyqa tarmoqlari bug‘lanadi
6.3 Nasoslarni ishga tushirish, to‘xtatish va ularga xizmat ko‘rsatish
6.3.1 Ishga tushirishga tayyorlash