Kelishildi



Download 1,98 Mb.
bet12/15
Sana08.04.2017
Hajmi1,98 Mb.
#6292
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

3. Umumiy sport anamnyezi

1. Qaysi yoshdan sport bilan? Qanday sport turi bilan?______________________________

2. Assosiy sport turi bilan shug‘ulanish (mashg‘ulotlar boshlanishi, doimo, 6 oydan ko‘p davomida tanafus bilan, mustaqil, murabiy qo‘l ostida ________________________________________________________________

3. Sport kvalifikasiya dinamikasi



Sana
















Razryad
















Spor turi

















3.«Somatoskopiya» bayonnomasi

Bosh xolati________________________________________________

yelkalarni xolati_______________________________________________

Kuraklar joylashishi xolati_____________________________________

Byel shakli_______________________Qorin shakli_________________

Umurtqa pog‘onasi: lordoz________________kifoz__________________

yon tomonga qiyshaish_______________buralish_______________________

Byel uch burchagi ______________________________________________

Epigastral burchak _______ Ko‘krak qafasi shakli___________________

Qo‘l shakli_________________Oyoq shakli____________________

Tovon shakli____________________________________________________

Bo‘g‘imlar xaraktchanligi__________________________________________

Mushaklar rivojlanganligi_______________________________________

Tyeri: rangi ______________________, namligi_______________,

pigmyentasiyasi__________________________________________________

Somatoskopiya ma'slumotlariga qarab xulosa qilish:

Qadi qomat________________________________________________

Tana tuzilish tipi_______________________________________________



INDEKSLAR USULI




Indekslar nomi

indekslar

norma

1

Brokka-Brush ( vazn- buy) indeksi

155-165sm

166-175 sm

175-185sm

Bo‘y-100

Bo‘y-105

Bo‘y-110

2

Ketle indeksi

Vazn(gr) / Buy(sm)

E=350-400

A=325-375

3

Hayotiy indeks

O‘TS(ml) / Vazn (kg)

E=60

A=50

4

Qo‘l-kaft kuchi

indeksi

o‘ng qo‘l kuchi(kg) *100%

/ vazn (kg)

E=70%

A=50%

5

Bel mushaklar kuchi

indeksi

orqa mush.kuchi *100%

/ vazn(kg)

E=220%

A=135-150%

6

Erismanni ko‘krak qafas proporsiyaash Indeksi

Ko‘krak qafasi tinch holati *100% / Bo‘y (sm)

E va

A 50-55%

7

Pinerni tana tu-zilishi mustaxkam-ligi indeksi

Bo‘y - (ko‘krak qafasi aylanasini nafas olganda +vazn )

10-15 Juda yaxshi

16-20 yaxshi

21-25 o‘rtacha

26-30 yomon

31 juda yomon

8

Tana tuzilishini proporsionalligini farqli ko‘rsatkichi

    1. bo‘y turgan xolatda - bo‘y o‘tirgan xolatda =oyoq uzunligi

    2. bo‘y o‘tirgan xolatda - oyoq uzunligi = x

E=9-10

A 11-12


Klaster tuzilmasi


Konseptual jadval




SINAMALAR

O‘TKAZILISh TARTIBI

BAHOLASh



ShTANGe

SINAMASI

Tekshiriluvchi 5-7 min damdankeyino‘tirganxolatda chuqur nafas oladi va chiqaradi keyin yana nafas oladi va uni ushlab qoladi. Nafasushlanganvaqtdaunichiqargunchabo‘lganvaqtbelgilanadi.

6-18 yoshdagi sog‘lom bolalar va o‘smirlarda nafasni ushlab turish davomiyligi 16-55 sek, sog‘lom chiniqmagan kattalarda 40-50, chiniqqan sportchilarda 60 sek dan2-2.5 min gacha


GeNChe

SINAMASI

Tekshiriluvchi to‘lik nafas chiqaradi va nafas oladi keyin yana nafas chiqarib uni ushlab turadi. Nafasushlabturishboshlanganidanto‘xtagunchabo‘lganvaqtbelgilanadi.

Sog‘lom chiniqmagan shaxslar nafas chiqargandan keyin uni 20-30 sek davomida, sog‘lom sportchilar esa 30-90 sek ushlab turadi.



SeRKIN

SINAMASI

Tinch xolatda nafas olish fazasi ushlab turilgan nafas vaqti aniqlanadi. Tekshiriluvchi 30 sek davomida 20 marta o‘tirib turgandan keyin nafas olish fazasida ushlangan nafasning vaqti aniqlanadi. Yuklamadan keyin 1 min o‘tgach nafas olish fazasidagi olingan nafas vaqti aniqlanadi.

Sog‘lom chiniqqan 45-60 sek

Sog‘lom chiniqmagan 35-45 sek

YuKTsistemasidayashirin yetishmovchiligibor shaxslar20-35 sek



ROZeNTAL

SINAMASI

O‘TS ni 5 marotaba 15 sekundlik intervallar bilan o‘lchanadi.

Sog‘lom odamlarda O‘TSning bir xil yoshi o‘sib boruvchi

Garvard step-testi kuchlanishli jismoniy yuklamaga asoslangan bo‘lib, organizmning tiklanish jarayonlarini baholashga imkon yaratadi. Jismoniy yuklama erkaklar uchun 50sm va ayollar uchun 43sm balandlikdagi zinapoyaga ko‘tarilib tushishdan iborat. Zinapoyaga ko‘tarilib tushish vaqti 5daqiqa bo‘lib, 1daqiqada 30 marta ko‘tarilib tushishtezligida bajariladi. Agar bajaruvchi 5 daqiqa mobaynida yuklamani bajara olmasa, baholash vaqtida faqatgina bajarilgan mashqlarning vaqti belgilanadi. Bajaruvchining bo‘yi, yoshi va boshqa ko‘rsatkichlarini hisobga olib,turli modifikatsiya sinovlari o‘tkazilganligini ta'kidlash lozim. Puls chastotasi tiklanish vaqtining 2-3-4 daqiqalarining birinchi 30 soniyasida registratsiya qilinadi. Test natijalari Garvard step-testining indeks shaklda aks etiriladi: GSTI= t *100 / (f1+f2+f3)*2 bu yerda t-belgilangan tempda zinapoyaga ko‘tarilib tushish vaqti; f1-f2-f3-puls chastotasining tiklanish vaqtidagi 2-3-4 daqiqalarining birinchi 30soniyasidagi ko‘ratkichi. Ma'lumki, jismoniy mashqlar darajasining ko‘tarilishi GSTI ko‘payishi bilan bog‘liq. Jismoniy mashqlar darajasining pasayishi yuklamani to‘liq bajara olmasligi bilan belgilanadi.Shuni ta'kidlash joizki,step-testinig umumiy yuklamasi biroz mushkul, shu sababli sinov faqatgina sog‘lom insonlarga mo‘ljallangan.Sog‘lom insonlar uchun Garvard step-testi indeksining baholash tizimi 2-jadvalda berilgan.
Garvard step-testining baholash natijalari:


Garvard step-testining indeksi

Jismoniy mashqlarning baholanishi

55 dan kam

qoniqarsiz

55-64

o‘rtachadan past

65-79

qoniqarli

80-89

yaxshi

90 va undan ortiq

a'lo



Pulsni fiziologik egriligi.





Klaster tuzilmasi





GLOSSARIY

Sport tibbiyoti – ilmiy fan bo‘lib, sog‘lom va bemor organizmiga har xil darajali jismoniy yuklamalarning ijobiy va salbiy ta'sirlarini o‘rganish (gipo- va giperkineziya). Bundan maqsad organizm salomatligini yaxshilash va mustaxkamlash, funksional holatini oshirish, sportdagi natijalarni oshirish uchun, shuningdek har xil kasalliklarning oldini olish va davolash uchun optimal darajadagi jismoniy aktivlikni aniqlashdir.

Shifokor nazorati – bu o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning organizmga ta'sirini aniqlash maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni saralash va ularni doimiy tibbiy kuzatilishidir.

Birlamchi tibbiy ko‘rik – shifokor nazoaritidagi tibbiy ko‘rik bo‘lib, sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar birinchi marta shifokor huzurida bo‘ladilar. Bu tekshirishda sport bilan shug‘ullanish mumkinmi yoki yo‘qmi, shug‘ullanish mumkin bo‘lsa, saralash ishlari olib boriladi, shuningdek sport bilan shug‘ullanishga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, ya'ni sog‘lomlashtiruvchi yoki davolovchi jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish vazifalari xal qilinadi.

Qayta tibbiy ko‘rik– ko‘rik rejali ravishda muntazam, ma'lum vaqt oralig‘ida sportchi yoki jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchining salomatlik holati qanday bo‘lishidan qat'iy nazar vrach tomonidan belgilanadi va o‘tkaziladi. Maqsad organizmga jismoniy mashqlarning ijobiy yoki salbiy ta'siri aniqlanadi.

Qo‘shimcha tibbiy ko‘rik– shug‘ullanish mashg‘ulotlarida sport bilan shug‘ulanuvchini kasallik yoki boshqa sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganida o‘tkaziladi, rejasiz olib boriladi. Shuningdek ko‘rik musobaqalardan oldin tashkil qilinadi va ko‘rik hajmi vrach tomonidan belgilanadi.

Asosiy tibbiy guruh – jismoniy tarbiya bilan shug‘ulanuvchilarni asosiy guruhi bo‘lib, unga jismoniy rivojlanishi va salomatligida o‘zgarishlar bo‘lmagan, ichki organlarining funksional holati yaxshi bo‘lganlar yuboriladi. Ular o‘quv dasturida belgilangan jismoniy mashqlardan tashqari, sport seksiyalarida shug‘ullanishi va musobaqalarda ishtirok etishi mumkin, lekin ularning jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lishi kerak.

Tayyorlov tibbiy guruh – shug‘ulanuvchini asosisy guruhga tayorlov gurhi bo‘lib,salomatligida bir oz o‘zgarish bo‘lgan, jismoniy rivojlanishi va ichki organlarning funksional holati past yoki yetarli bo‘lmaganlar yuboriladi. Jismoniy tayyorgarligi e'tiborga olingan holda o‘quv dars-laridagi jismoniy mashqlar asta-sekinlik bilan o‘zlashtiriladi va normativlar topshiriladi.

Maxsus tibbiy guruhi– salomatligida va jismoniy rivojlanishida katta, turg‘un o‘zgarishlar bo‘lgan shaxslar yuboriladi. Jismoniy mashqlarning bajarilishi bu guruh qatnashchilari bilan maxsus dastur asosida, organizmga ta'sirini yoki organizmdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Bu mashg‘u-lotlar shifokor nazorati ostida o‘tkaziladi.

Hayot anamnezi va sport anamnezi– bu sportchilar ijtimoiy shart- sharoitlarini, yashash sharoitlarini, ovqatlanish tartibini, zararli odatlari, hayot tarzini o‘rganash uchun so‘rab surishtirish.

Jismoniy rivojlanish– isnson organizmini zahiradagi jismoniy kuchini, chidamliligini va ish qobiliyatini aniqlovchi morfologik va funksional belgilar yig‘indisidir.

Somatoskopiya (tashqi ko‘ruv)– jismoniy rivojlanishni aniqlovchi asosiy usuli bo‘lib,tibbiy ko‘rik birinchi bosqichi tashqi ko‘rishdan boshlanadi.

Tana tuzilishi– tana qismlarini o‘zaro joylashish, o‘lchamlari, shakl tuzilishidir.

Qaddi-qomat– insonni oyoqlari jipsalishib tik turgan erkin holatidir.

Assimetriya – qaddi-qomatni baholashdagi buzilish sifati.

Antropometriya– jismoniy rivojlanishni aniqlovchi asosiy usullaridan biri bo‘lib,tana qismlarini o‘lchashdan iborat bo‘ladi.Antropometriya tana qismlarini o‘lchash bilan jismoniy rivojlanishni miqdoriy xarakteristikasini ko‘rsatadi. Asosiy ko‘rsatkichlar sifatida tananing bo‘yi va vazni, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, mushaklar kuchi o‘lchanadi.

Indeks usuli– jismoniy rivojlanishni baholash usuli, maxsus hisoblash formulalar orqali indekslar aniqlanishi bilan amalga oshiriladi.

Antropometrik standartlar usuli– standartlar, ya'ni tekshiriluvchi guruh belgilarining o‘rtacha qiymatini ifodalaydi. Tekshiririluvchining antropometrik ko‘rsatkichlarini guruh standart o‘rtacha qiymatiga solishtirib, grafik tasviri antropometrik profili tuziladi.

Korrelyasiya usuli– jismoniy rivojlanishni ko‘plab ko‘rsatkichlari: tana uzunligi, tana vazni, ko‘krak qafasi aylanasi va O‘TS bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi, shu bog‘liqlik darajasi korrelyasiya kofitsentida ifodalanadi.

Yurak dilyatatsiyasi– jismoniy yuklamalar ta'sirida yurakning strukturasida va funksional holatida o‘zgarishlar kuzatiladi, yurakning qorincha va bo‘limmachalari kengayadi.

Pulssoni – yurakning qisqarish soni

Sistolik hajm – bu sistola vaqtida yurakdan tomirga chiqarayotgan qon miqdori.

Qonning minutlik hajmi (QMH) – bir minutda yurakdan o‘tadigan qon miqdori

Puls bosimi – maksimal va minimal qon bosimlari o‘rtasidagi farq.

Nafasning minutlik hajmi – bir minutda o‘pkadan o‘tadigan havo hajmi.

Nafas chuqurligi – nafas olgandagi havo hajmi

Nafaslar soni – bir minutda olingan nafas soni

O‘pkaning tiriklik sig‘imi – chuqur nafas olganda o‘pkaga kiradigan havo hajmi

O‘pka ventilyasiyasi – bir minut davomida chuqur nafas olib chiqarganda o‘pkadan o‘tadigan havo hajmi (o‘pkaning mikoniyatm)

Sinamalar (test)– organizmining tayyorgarligini ob'ektiv baholashga shifokor nazoratining kompleks analiz ma'lumotlari, apparatlar yordamida o‘tkazilgan tekshirish usullarining funksional sinamalar o‘tkaziladi.Sportchi organizmining umumiy va maxsus moslashuv imkoniyatlarini funksional sinamalar yordamida aniqlash mumkin.

Jismoniy zo‘riqishli sinimalari– tekshiriluvchiga yuklama (zo‘riqishni) sinama qilib, u organizmni zo‘riqishga javob reaksiyasini analiz qilishga imkon beradi.

Martine sinamasi – yurak-qon tomir tiziminining funksional holatini baholovchi bir bosqichli sinama, ya'ni yuklamalar bir marta (30 sekund davomida 20 marta to‘liq o‘tirib-turish) qo‘llaniladi. Sinamada yuklamadan keyin tiklanish davrida tekshiriluvchining pulsi va qon bosimi stabillashishiga qarab, ko‘rsatkichlar maxsus jadvalga yoziladi va o‘rganilib, xulosa qilinadi va yuklamaga nisbatan organizm tomonidan beriladigan javob reaksiyalari aniqlanadi.

Letunov sinamasi – yurak-qon tomir tiziminining funksional holatini baholovchi ko‘p bosqichli sinama.Sinamani bajarishda quyidagi 3 ta bosqich ketma-ketlikda qo‘llaniladi : 1. 30 sekund davomida 20 marta o‘tirib-turish. 2. 3 minutdan so‘ng turgan joyida 15 sekund davomida maksimal tempda yugurish. 3. 4 minutdan so‘ng 3 minut davomida turgan joyida 180 qadam/min tezligida yugurish.

Normatonik javob reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda:

-puls ortadi (15 - 25%)

-maksimal arterial bosim oshadi (25 – 30%)

-minimal arterial bosim o‘zgarmaydi yoki pasayadi

-puls bosimi ortadi

-tiklanish vaqti 2,5 – 3 minut



Gipotonik javob reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda:

-puls keskin ortadi

-maksimal arterial bosim o‘zgarmaydi yoki qisman oshadi, ba'zida pasayadi

-minimal arterial bosim o‘zgarmaydi yoki oshadi

-puls bosimi deyarli o‘zgarmaydi

-tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p



Gipertonik javob reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda:

-puls keskin ortadi

-maksimal arterial bosim keskin ortadi

-minimal arterial bosim ortadi

-puls bosimi ortadi

-tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p



Distonik javob reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda:

-puls ortadi

-maksimal arterial bosim ortadi

-minimal arterial bosim “O” gacha pasayadi (“cheksiz tovush” fenomeni)

-puls bosimi ortadi

-tiklanish vaqti 5 minut va undak ko‘p

Agar tiklanish vaqti 2 minutgacha davom etsa, distonik reaksiyaning bu tipi fiziologik deb baholanadi.

Maksimal arterial bosimining pog‘anasimon ko‘tarilish reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda:

-puls keskin ortadi

-maksimal arterial bosim pog‘anasimon ortadi, ya'ni tiklanish vaqtining 2- va 3-minutlaridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 1-minutdagi ko‘rsatkich past bo‘ladi

-minimal arterial bosim ortadi

-puls bosimi ortadi

-tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p



Shtange sinamasi – nafas tizimining funksional holatini baholovchi funksional sinama bo‘lib, nafas olib ushlab turiladi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi. Gipooksik sinamalarga kiradi.

Gench sinamasi – nafas tizimining funksional holatini baholovchi funksional sinama bo‘lib, nafas chiqariladi va nafas olmay turish vaqti belgilanadi.

Serkin uch bosqichili kombinatsiyalangan sinamasi–nafas tizimining funksional holatini baholovchi funksional sinamasi:

-nafas olib ushlab turiladi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi;

-30 sekund davomida 20 marta o‘tirib turiladi, nafas olib ushlanadi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi;

-1 minutdan so‘ng 1-bosqich qaytariladi.



Rozental sinamasi - nafas tizimining funksional holatini baholovchi funksional sinama, o‘pkaning tiriklik sig‘imi 5 marta ketma-ket 15 sekundli pauzalar bilan o‘lchanadi.

Ortostatik va klinoortostatik sinamalari –vegetativ nerv sistemasining funksional holatini baholovchi funksional sinamalari bo‘lib, vegetativ nerv tizimining simpatik va parasimpatik bo‘limilarining tonusi baholashda qo‘laniladi.

Garvard step testi – qadamlar usilida organizmning ish bajarish qobiliyatini va tiklanish jarayonlarini aniqlovchi, baholovchi test.

RWC-170 sinamasi – organizmninng jismoniy ish qobilyatini yurak qisqarishlar chastotasi minutiga 170 ta bog‘langan holatda aniqlaydi.

Shifokor pedagogik nazorat (ShPN)– bu vrach va sportchilar murabbiysi va pedagoklar bilan birgalikda o‘tkazadigan izlanish (kuzatuv) bo‘lib, jismoniy yuklamalarning sportchi organizmiga ta'siri baholanadi, sportchilar funksional tayyorligini tasavuri, sportchilarda jismoniy zo‘riqishdan keyingi noto‘liq tiklanish belgilari va toliqish yoki o‘ta charchashi aniqlanadi va o‘quv-shug‘ulanish jarayonini mukamalashtirishimiz imkonini beradi.

Qayta tibbiy ko‘rik– ko‘rik rejali ravishda muntazam, ma'lum vaqt oralig‘ida sportchi yoki jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchining salomatlik holati qanday bo‘lishidan qat'iy nazar vrach tomonidan belgilanadi va o‘tkaziladi. Maqsad organizmga jismoniy mashqlarning ijobiy yoki salbiy ta'siri aniqlanadi.

Qo‘shimcha tibbiy ko‘rik– shug‘ullanish mashg‘ulotlarida sport bilan shug‘ulanuvchini kasallik yoki boshqa sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganida o‘tkaziladi, rejasiz olib boriladi. Shuningdek ko‘rik musobaqalardan oldin tashkil qilinadi va ko‘rik hajmi vrach tomonidan belgilanadi.

Asosiy tibbiy guruh – jismoniy tarbiya bilan shug‘ulanuvchilarni asosiy guruhi bo‘lib, unga jismoniy rivojlanishi va salomatligida o‘zgarishlar bo‘lmagan, ichki organlarining funksional holati yaxshi bo‘lganlar yuboriladi. Ular o‘quv dasturida belgilangan jismoniy mashqlardan tashqari, sport seksiyalarida shug‘ullanishi va musobaqalarda ishtirok etishi mumkin, lekin ularning jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lishi kerak.

Tayyorlov tibbiy guruh – shug‘ulanuvchini asosisy guruhga tayorlov gurhi bo‘lib,salomatligida bir oz o‘zgarish bo‘lgan, jismoniy rivojlanishi va ichki organlarning funksional holati past yoki yetarli bo‘lmaganlar yuboriladi. Jismoniy tayyorgarligi e'tiborga olingan holda o‘quv dars-laridagi jismoniy mashqlar asta-sekinlik bilan o‘zlashtiriladi va normativlar topshiriladi.

Maxsus tibbiy guruhi– salomatligida va jismoniy rivojlanishida katta, turg‘un o‘zgarishlar bo‘lgan shaxslar yuboriladi. Jismoniy mashqlarning bajarilishi bu guruh qatnashchilari bilan maxsus dastur asosida, organizmga ta'sirini yoki organizmdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Bu mashg‘u-lotlar shifokor nazorati ostida o‘tkaziladi.

Hayot anamnezi va sport anamnezi– bu sportchilar ijtimoiy shart- sharoitlarini, yashash sharoitlarini, ovqatlanish tartibini, zararli odatlari, hayot tarzini o‘rganash uchun so‘rab surishtirish.

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish