Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari:
direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari direktorning tavsiyasiga ko’ra tuman (shaxar) xalq ta’limi bo’limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari o’quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qiladi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
aniq bir tadbirlar o’tkazilganida o’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi me’yorlariga va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari bevosita umumta’lim muassasasi direktoriga bo’ysunadi.
Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari
o’z vakolatlari doirasida quyidagi lavozim vazifalarini bajaradi:
- o’quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o’tkazilishini tashkil etadi;
- sinf rahbarlari, Yoshlar ittifoqi etakchisi, psixolog, kutubxonachi, to’garak rahbarlari va bevosita ushbu direktor o’rinbosariga bo’ysunuvchi boshqa xodimlarning ishini muvofiqlashtiradi.
- muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini, to’garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlar o’tkazilishi hamda to’garak jurnallarini yuritilishini ta’minlaydi;
- ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishda bevosita ota-onalar (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlik qiladi;
- o’quvchilarning darslarga qatnashishi (davomat)ni kundalik nazorat qiladi, surunkali dars qoldirayotgan o’quvchilarni ota-onalar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ta’limga jalb etish choralarini ko’radi hamda belgilangan namunadagi davomat jurnalini yuritilishini ta’minlaydi;
voyaga etmaganlar o’rtasida xuquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish yuzasidan xuquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda profilaktik tadbirlar o’tkazadi;
muassasa psixologi bilan birgalikda voyaga etmaganlar orasida o’z joniga qasd qilish va boshka salbiy holatlarni oldini olish bo’yicha suhbatlar o’tkazadi;
iqtidorli va qobiliyatli o’quvchilarni aniqlash va ularni rivojlantirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
- muassasa kutubxonachisi bilan birgalikda o’quvchilarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan targ’ibot tadbirlarini o’tkazadi;
- o’quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) bilan sog’likni muhofaza qilish, yo’l transport xavfsizligi va boshqa baxtsiz xodisalarni oldini olish yuzasidan tadbirlarni tashkil etadi;
o’quvchilarning mazkur Ustav va ichki-tartib qoidalarida, odob-axloq qoidalarida belgilangan me’yorlarga amal qilinishi ustidan nazorat qiladi;
o’quvchilarning Ustavda belgilangan o’quvchi formasida kelishlari, o’quv qurollarini to’liq olib kelishlari yuzasidan nazorat o’rnatadi;
- qonun xujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.