6-bob. O’quvchilar sog’ligini muhofaza qilish
O’quvchilarga tibbiy xizmat ko’rsatish umumta’lim muassasalariga
tibbiyot muassasalari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari maktab raxbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiena talablariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o’quvchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish va sog’lomlashtirish uchun mas’uldirlar.
Umumta’lim muassasasi raxbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun zarur bo’lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
Umumta’lim muassasasi o’quvchilarini har yilgi tibbiy ko’rikdan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash maktab psixologlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ogzaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari bo’lgan o’quvchilarga korrektsion-logopedik yordam berish maqsadida umumta’lim muassasasida o’qituvchi-logopedlar (defektologlar) faoliyat yuritadigan logopediya shaxobchasi tashkil etilishi mumkin.
7-bob. Pedagog kadrlar bilan ta’minlash
Tegishli oliy ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy
fazilatli shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish xuquqiga ega.
Pedagogik faoliyat bilan shugullanish sud xukmiga asosan man etilgan shaxslarning umumta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shugullanishiga yul kuyilmaydi.
Pedagog kadrlar belgilangan tartibda malaka oshirish kurslariga
jalb etiladi, ularni qayta tayyorlash vakolatli idoralar tomonidan amalga
oshiriladi.
Umumta’lim muassasasi pedagogik jamoa a’zolari o’qitish
yo’nalishlari (tabiiy, anik, gumanitar, ijtimoiy va boshka fanlar) bo’yicha
uslubiy birlashmalarga birlashadilar.
Umumta’lim muassasalari pedagoglarining (o’quv fanlari va soatlari bo’yicha) vazifasini vaqtincha bajarib turish xamda xodimlarining sinfdan tashqari faoliyati Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Umumta’lim muassasasi rahbariyati pedagoglarning obru-e’tibori va ijtimoiy maqomini, ularning mas’uliyati va kasb mahoratini oshirish bo’yicha aniq yo’nalishli ishlarni amalga oshiradi, ularning tizimli ravishda malaka oshirishlari va o’z ustida ishlashlari, ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek yangi o’quv dasturlari joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |