10-bob . Umumta’lim muassasasi o’quvchilari uchun yagona maktab formasiga qo’yiladigan talablar Umumta’lim muassasalari o’quvchilari uchun yagona maktab formasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
O’quvchilar tomonidan yagona maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
- kiyimlarning o’ta tor yoki o’ta keng bichimda bo’lmasligi;
- qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5-15 santimetr pastda bo’lishi;
O’g’il bolalar uchun shimning uzunligi oyok to’pig’idan pastda bo’lishi;
oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo’lmasligi;
- ko’ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarining qadalgan bo’lishi;
- kiyimlarning toza va dazmollangan bo’lishi.
O’kuvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o’tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.
Ta’lim muassasasida o’quvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi ta’lim muassasasi rahbariyati, sinf raxbarlari, yoshlar etakchisi va pedagog xodimlar tomonidan nazorat kilib boriladi.
Pedagog xodimlar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz, klassik-rasmiy uslubdagi kiyim va pardoz (erkaklar: kostyum-shim va galstuk, ok yoki oqish) rangdagi ko’ylak, soch va soqol olingan; ayollar: kostyum-yubka, oq (yoki oqish) rangdagi kofta, soch turmaklangan, o’ta kimmatbaxo zeb-ziynatlarsiz)da yurishlari lozim.
11-bob. Moliyalashtirish va moddiy- texnik ta’minoti Umumta’lim muassasasining faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan va tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Umumta’lim muassasasiga byudjetdan tashqari qo’shimcha mablag’larni jalb etish byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmasligi lozim.
Umumta’lim muassasasi o’z Ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq qo’shimcha mablag’ topish xuquqiga ega.
Umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
- O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari;
umumta’lim muassasasining tadbirkorlik faoliyatidan, qonun xujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat ko’rsatish, bino va inshootlarni, jixoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, maxalliy xamda xalqaro tashkilotlarning grantlari;
- qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Umumta’lim muassasalari shtatidagi xodimlar soni umumta’lim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
Umumta’lim muassasasida o’quvchilarga bepul umumiy o’rta ta’lim berilishidan tashqari, qo’shimcha (shu jumladan pulli) ta’lim xizmatlari ko’rsatilishi mumkin.
Ota-onalarning istaklariga ko’ra, umumta’lim muassasalarida pulli xizmat asosida 6 yoshli bolalarni umumiy o’rta ta’limga tayyorlov guruhlari xam tashkil etilishi mumkin.
Konun xujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad xisobiga sotib olingan mol-mulk umumta’lim muassasasining mol-mulki tarkibiga kiritiladi.
Umumta’lim muassasasining mol-mulki va pul mablag’lari sarflanishi uchun bevosita direktor javobgar xisoblanadi.
Umumta’lim muassasasi tomonidan qonun xujjatlariga muvofiq moliyaviy va statistik xisobot yuritiladi.
Umumta’lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish xamda ish xaqiga ustamalar qonun xujjatlariga muvofiq belgilanadi.