baquvvat va chiniqishiga yo‘naltirilgan o‘yin turlariga aytiladi. O‘zining
mazmuni va qoidalarini qisqa, aniq va ifodali tushuntirish, oldindan suhbatlar
8
o‘tkazish natijasida tarbiyachi bolalar ongida o‘yin to‘g‘risida ma’lum tasavvur
paydo bo‘lishiga erishadi. O‘yin qoidalarini, tavsifini tushuntirish jarayonida
uning ma’naviy-ma’rifiy, ahloqiy, tarbiyaviy jihatlari alohida nazarda tutilishi
kerak. Asosiy maqsad harakatli o‘yinlarni jismonan bajarish emas, undan
ma’naviy ozuqa olish lozim. Buning uchun tarbiyachi har bir o‘yinning
mazmunidan kelib chiqadigan ma’naviy-ma’rifiy xislatlarni qisqa, mazmunli
jumlalarda tushuntirishi kerak bo‘ladi. Harakatli o‘yinlardagi jo‘shqin harakat
faqatgina harakat a’zolarini mustahkamlabgina qolmasdan bolaning asab
tizimining rivojlanishiga ham katta yordam beradi.O‘yinlar jarayonida bolaning
aqli ravshanlashadi hamda faol ishlaydi, hissiyotlari jiddiylashadi, harakatlari
uyushgan bo‘ladi.O‘yinlarda faol ishtirok etishi bolaga qat’iyatsizlikni engishiga,
o‘z kuchlarini sinab ko‘rishiga imkon beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitida xonada yoki sayr qilish chog‘ida
o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar harakat faoliyatini oshirish bilan birga o‘rganib-
o‘zlashtirganlarini mustahkamlashga zamin yaratadi va tarbiyalanuvchilar
sog‘ligini yaxshilaydi.
Bolani jismoniy rivojlantiruvchi, sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi
harakatli o‘yinlarni kun qismlariga e’tibor bergan holda to‘g‘ri tashkil etish
bolaning sog‘ligi holatini, ishtahasini yaxshilaydi, asab tizimini mustahkamlaydi,
turli kasalliklarga chalinishning oldini oladi, o‘pka va yurak faoliyatini
yaxshilaydi, qon tomirlarida kislorod faolligini oshiradi.
Harakatli o‘yinlardagi jo‘shqin harakat faqatgina harakat a’zolarini
mustahkamlabgina qolmasdan bolaning asab tizimini rivojlanishiga ham katta
yordam beradi.O‘yinlar jarayonida bolaning aqli ravshanlashadi hamda faol
ishlaydi, hissiyotlari jiddiylashadi, harakatlari uyushgan bo‘ladi.O‘yinlarda faol
ishtirok etishi bolaga qat’iyatsizlikni engishiga, o‘z kuchlarini sinab ko‘rishiga
imkon beradi.
Dastavval mavzusiz o‘yin yoki estafeta o‘tkaziladi. Bolalar ko‘nikma hosil
qilishi uchun uni uch-to‘rt marta qaytarish kerak. Keyinchalik bu harakatlar
estafeta va o‘yinlar paytida bajariladi.Asosiy harakat faoliyatiga oid mashqlar uch-
to‘rt marta qaytarilgandan so‘ng tarbiyachi harakatli o‘yinlarni tashkil qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va bolalarga
o‘rgatishda quyidagi qoidalarga alohida etibor berish lozim:
-yugurish, sakrash, uloqtirish, irg‘itish, ushlab olish, muvozanatni saqlash
va shu kabi jismoniy harakatlarni tartibli bajarish;
-sabr-chidamga o‘rgatish;
-o‘yinga ruhiy-psixologik jihatdan tayyorlash;
-o‘z-o‘zini tutish va o‘ziga ishonchni tarbiyalash;
-qat’iyatlilik ko‘nikmalarini hosil qilish;
-fikr-mushohadaga o‘rgatish;
-topqirlik ko‘nikmalarini shakllantirish;
-hozirjavob bo‘lishga tayyorlash;
9
-o‘yinlarni bolalar bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishga yo‘naltirish;
-har bir o‘yinning pedagogik jihatlarini nazardan qochirmaslik;
-ushbu jarayonda bolalarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga
e’tibor berish;
-birdamlilik va hamdardlik xususiyatini shakllantirish.
Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining asosiy qismi
hisoblanishi bilan birga, kunning birinchi qismida badantarbiya mashqlaridan
so‘ng va asosiy faoliyat mashg‘ulotlaridan keyin, sayr vaqtida, kunningikkinchi
yarmida tashkil etiladi. Bunda ko‘pi bilan ikkita o‘yin o‘ynaladi, avval ko‘p
harakatli o‘yin o‘tkazilib, keyin bolalarni asosiy faoliyatdan tinchlantirish,
jismoniy yuklamasini pasaytirish maqsadida kam harakatli o‘yin tashkil etiladi.
O‘yinlar kunning qismlarini hisobga olgan holda, bolaning yoshi va tayyorgarligini
inobatga olib, kun uchun belgilangan maqsad asosida tashkil etiladi.Tinch va
syujetli-rolli o‘yinlar asosiy mashg‘ulotlar davrida mavzu maqsadiga mos ravishda
o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: