1. Ta’limiy - bolalar dunyoqarashini kengaytirish, bilish faoliyatini tashkil
etish, bilimlarni amaliyotga qo‘llashga o‘rgatish, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish hamkorlikda ishlashga o‘rgatish.
taqqoslashga, tahlil qilishga o‘rgatish, o‘quv faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni
olish(didaktik o‘yinlar, so‘z o‘yinlari,qoidali-harakatli, ijodiy-ixtiyoriy, mazmunli-
Bolalarni rivojlantirishda ijodiy va rolli ta’limiy o‘yinlar alohida ahamiyatga
ega. Bu turdagi o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. O‘yin jarayonida
bola atrofdagi insonlar hayotini, hamda o‘z tasavvuridagi olamni aks ettirish
mumkin. Bu uning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini topishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Olgan bilimlarini o‘rgangan narsalarini amalda qo‘llash, mashq qilish imkoniga
ega bo‘ladi. Buning natijasida bolaning ongi, bilish qobiliyati, tafakkuri
rivojlanadi. Jamoa bo‘lib tashkil etilgan ta’limiy o‘yinda uning o‘yin ishtirokchilari
bilan o‘zaro mubosabatlar o‘rnatiladi. Bu bolani o‘zgalar fikrini hurmat qilishga
hamda o‘zini mustaqil fikr yuritishga o‘rgatadi.Bolalarni har tomonlama
rivojlantirish bilan birga, o‘yin qoidalari ham takomillashib boradi. Pedagog
11
bolalarning qiziqishlari, intilishlariga qarab, o‘yinga ma’lum bir o‘zgartirishlar
kiritishi maqsadga muvofiqdir. Pedagog o‘yin faoliyatini boshqaradi, ya’ni ularni
o‘yin mazmuni bilan tanishtirib, faol va mustaqil harakatlar bajarishga undaydi,
qoidalarning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qiladi. Bunday qoidalar (qachon va
qaerda, qanday harakatlarni bajarish, birgalikda ishlash, qiziqarli bo‘lgan rollarni
navbat bilan bajarish va hakozo) ishtirokchilarning munosabatlariga ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, ayrim o‘yinlarda bolalar berilgan topshiriqlarni birgalikda
bajarishlari kerak bo‘ladi. Bunday o‘yinlar bolalarni birlashtiradi, ular o‘rtasida
samimiy munosabatlarni o‘rnatishga yordam beradi.Bolalar topshiriqlarni navbati
bilan bajarsalar, tengdoshlarini kuzatish, ko‘nikmalarini o‘rtoqlarini bilan
solishtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bola o‘yinni yoqtirib qolgan holatlarda,
uni takrorlashi mumkin, bunda bolaning mustaqil harakatlari yanada
takomillashadi.Shu jarayon orqali bolani yanada rivojlantirish omillari paydo
bo‘ladi, o‘yinning asosiy maqsadini amalga oshirish imkoniyati paydo
bo‘ladi.Bolaning o‘yinga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlaridan tahlil masalalarini hal
etishda foydalanish mumkin.Buning uchun avvalo bolada pedagog etkazmoqchi
bo‘lgan ma’lumotga ijobiy munosabatni shakllantirib olishi lozim.Pedagog
ta’limiy o‘yinlarni tashkil etar ekan bolaga bilim ( ma’lumot) berish emas, balki
shu ma’lumot asosida uning bilish jarayonlarini rivojlantirishni maqsad qilib oladi.
Tanlangan ta’limiy o‘yinlar bolaning faolligini ta’minlaydigan, bilishga qiziqishini
oshirish (diqqatni oshirish, ranglarni farqlash, ziyraklikni ta’minlash, nutqni
rvojlantirish, so‘z boyligini oshirish, jamoa bo‘lib ishni tashkil etish, chaqqonlikka
undash, matematik va geometrik shakllar to‘g‘risidagi bilimlarni boyitish va
hakozolar)ga xizmat qiladigan bo‘lishi shart. Ta’limiy o‘yinlar orqali bola
qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarni chuqur o‘rganib, mehmon kutish odobi,
muomala odobi, kiyinish odobi kabi malakalarni egallab borar ekan , bunda ertak
qahramonlari ular faoliyatining eng qiziqarli qirralariga aylanadi.
Bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelar ekan, do‘stlar orttirish uchun o‘z
faoliyatini qiziqarli va e’tiborli bo‘lishini dildan hohlaydi. Aynan o‘yinlar tashkil
etilishidagi faoliyati nafaqat do‘stlari uchun, o‘zi uchun ham yoqimli va foydali
tarbiyaviy muhitni yaratadi.O‘yin bolaning hayotiga uning imkoniyatlarini hisobga
olgan holda kirib kelishi, o‘yindan charchagan vaqtlari turli dam olish daqiqalari
o‘tkazish, diqqati oshganda tinchlantirish, qiziqarli yakka topshiriqlar berish,
kunning ikkinchi yarmida uning faolligini oshiruvchi o‘yinlar tashkil etib,
kayfiyatini ko‘tarish zarur bo‘ladi.Agar pedagog bolalarning harakat faolligini,
diqqatini to‘g‘ri jamlay olsa, og‘ir tabiatli va tortinchoq bolalarning xarakteridagi
bo‘shliqlarni tez aniqlaydi,ularga yondoshishning to‘g‘ri yo‘llarini topadi va
bergan yangi-yangi topshiriqlarini bolalar muammosiz bajarishga o‘rganib
boradilar.
Bolaning MTT dagi faoliyat davri - O‘yinning bola tarbiyasidagi asosiy
roli bolalar tashkilotdagi hayotini o‘yin bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun
ham o‘yinlar tashkilotning kun tartibiga doimiy qilib kiritiladi. O‘yin uchun
12
kun tartibida – nonushtagacha va undan keyin, mashg‘ulotlar davrida va undan
keyin, sayrlar vaqtida, kechqurun uyga ketishdan oldin kerakli tartibda vaqt
ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: