Keling birga o‘ynaymiz



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/75
Sana31.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#266565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Ўйин тавсия

   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mualliflar M.Turakulova, M.Abdullaeva, B. Kuchmuradova 

 

Taqrizchilar   G.Parpiyeva 



 

2020 yil _____  ________  Sirdaryo viloyati Maktabgacha ta’lim 

boshqarmasining ___ -sonli Muvofiqlashtirish kengashida ko‘rildi va nashrga 

tavsiya etildi. 




 

                                                 KIRISH SO‘ZI   

Barkamol  inson  tarbiyasi  avlod-ajdodlarimizning  azaliy  orzusi  bo‘lib,  bola 

olamga  kelishidanoq  unga  odob-axloq,  jismoniy  va  ma’naviy  rivojlanish  qonun-

qoidalarini  mutassil  o‘rgatganlar.  Jamiyatning  ma’naviy  takomili  unda  amalga 

oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga  bog‘liqdir.  

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  ta’lim-tarbiyasidagi  sifat  o‘zgarishlar  va 

samaradorlik  ko‘proq  milliy  pedagogika  tariximizning  ildizlari  va  zamonaviy 

ta’lim-tarbiya  sohasidagi  yutuqlari  bilan  uyg‘unlashtirish  bilan  yuksakdir. 

Ma’lumki,  bolalarning  asosiy vaqti  o‘yin bilan  o‘tadi. O‘yin  bola  o‘zligining  

namoyon  bo‘lishi,  uning  takomillashuv  usulidir. Haqiqatdan ham o‘yin  har bir  

yosh  bosqichida bolaning  tevarak atrofdagi  hayotni  va  kishilar o‘rtasidagi  turli  

munosabatlarni har  tomonlama bilib olishga  qaratilgan   faoliyatdir.  

  Maktabgacha ta’lim davrida tarbiyalanuvchilarning asosiy faoliyat turi -o‘yin 

hisoblanadi.  O‘yin  jarayonida    bola  shaxsi  sub’ekti  sifatida    shakllana  boshlaydi.  

Maktabgacha    yoshdagi  bolaning    o‘yin    faoliyati    mazmun  jihatdan  har  kungi 

vaziyatga    qarab    o‘zgarib  turadi.  O‘yin  doimo    o‘zgarib  turganligi    tufayli    bola  

o‘ynab  charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning  turli ehtiyojlari, istak va  qiziqishlari,  

qobiliyatlarini  nomoyon    etadi.  O‘yin    maktabgacha  ta’limning  shakllaridan  biri 

bo‘lib, boshqa bir metod bilan  qo‘shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi. 

  O‘yin  –  maktabgacha    yoshdagi  bolalarni  har  tomonlama    rivojlanishining 

muhim  vositasi, ularning  asosiy  faoliyati  bo‘lib hisoblanadi. Bolani o‘rab olgan 

atrof-olam haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, bugungi va kelgusidagi rivojlanish 

imkoniyatlarining  yaratilishida  bolaga  yordam  berish  tarbiyachining  bosh 

maqsadidir.  O‘yin  tarbiyachining  o‘rnini  almashtirib  bo‘lmaydigan  yordamchisi 

hisoblanib,  bola  bilan  pedagogni  bir-biriga  so‘zsiz  yaqinlashtiruvchi  vositadir. 

Pedagogik  nuqtai-nazardan  to‘g‘ri  tashkil  etilgan  o‘yin  axloqiy,  irodaviy 

xususiyatlarni  shakllantirish  bilan  birga,  unda  bilim  olishga,  tevarak  atrofni 

bilishga  qiziqish  uyg‘otadi.  Pedagog  o‘yin  jarayonida  bolalar  bilan  o‘zaro  

do‘stona  va  hurmat  asosida  iliqlik  va  g‘amxo‘rlik  bilan  harakat  qiladi.Bu 

pedagogning bolalarni qadrlashi va ular bilan muloqotdan lazzat olishini namoyish 

qiladi va bolaga «men» kontseptsiyasini qurishiga  ko‘maklashadi. Pedagog o‘yin 

jarayonlarida  ishtirok  etish  uchun  har  bir  bolaga  teng  imkoniyatlar  taqdim  etadi 

.Bolaga tanlov qilish sharoitini yaratadi va bu tanlovning amalga oshirilishi hamda 

boshqalar  tomonidan  hurmat  qilinishi  to‘g‘risida  qayg‘uradi,  shuningdek,  unda 

tashabbuskorlik, 

individuallik, 

ishonch 


va 

sardorlikni 

rivojlantirishga 

ko‘maklashadi.  

Bolaning  umumpsixologik    taraqqiyoti  faqat  o‘yin  jarayonida  amalga 

oshishini  inobatga  olib,  ular  o‘ynaydigan  o‘yinlarni  mazmunan    boyitishga    katta 

e’tibor  qaratish lozim. 

           Pedagogning bolalar bilan  muloqoti va uning bolalarga nisbatan kutilmalari 

maktabgacha  ta’lim  yoshdagi  bolalar  uchun  Davlat  o‘quv  dasturlari  hamda  ilk  va 



 

maktabgacha  yoshdagi  bolalar  rivojlanishiga  qo‘yiladigan  davlat  talablariga 



asoslanadi. 

Bolalarga  ularning  individual  ritmda  rivojlanishlari  va  individual 

potentsialini  hamda  qiziqishni  oshirish  uchun  teng  imkoniyatlarni  taqdim  etuvchi 

qulay 


muhitni 

ta’minlash  uchun  pedagog  shaxsi  muayyan  kasbiy 

kompetentsiyalarga  ega  bo‘lishi  kerak.  Kompetentsiyalar  bilimlar,  malaka  va 

ko‘nikmalar  hamda  o‘zlashtirilgan  qadriyatlar  asosida  mustaqil  harakatlanishga 

bo‘lgan motivatsiyaning uyg‘unlashgan majmuini o‘zida aks ettiradi. Kompetentli 

pedagog  o‘z  kasbiy  vazifalarini  samarali  va  sifatli  bajarish  imkoniga  ega  bo‘ladi. 

Zamonaviy  kompetentsiya  nafaqat  malaka,  bilim  va  ko‘nikmalarni,  balki 

qadriyatlar va axloqiy fazilatlarni ham o‘z ichiga oladi. 

O‘yinlar bolaning aqliy qobiliyatining rivojlanishida ulkan ahamiyatga ega. 

Kichkintoy  o‘yinlar  orqali  bora-bora  murakkablashib  borayotgan  muammolar  va 

vazifalarning bajarishi, qarorlar qabul qilishida kattalarning ishonayotganligini his 

etadi.  O‘yin  faoliyatida  belgilangan  qoidalarga  rioya  qilishga,  turli  terminlardan 

o‘z vaqtida foydalanishga, o‘yin tempining o‘zgarib borishi tufayli vujudga kelgan 

muammolarni  hal  etib  borishga,  atrof-muhitni  his  etishga  o‘rganadi,  xotirasi 

mustahkamlanadi, fikrlash, namoyish etish, tasavvur etish qobiliyatlari rivojlanadi. 

O‘yinning  maqsadi,  rioya  etilishi  lozim  bo‘lgan  qoidalarini  esda  olib  qolishni 

o‘zlashtiradi,  tanlagan vazifani bajarish jarayonida o‘zi va o‘rtoqlari bajarayotgan 

harakatlarni o‘rganib boradi.O‘yin qoidalarini buzib bo‘lmaydigan qonundek qabul 

qilish, ularning  hohish-istaklarini amalga oshishini, jamoadagi umumiy talablarga 

bo‘ysinishini,  o‘zining  qilmishi  va  xulqiga  javobgarligini  nazorat  qila  olishini, 

o‘yin  vaqtidagi  halollikni,  haqgo‘ylikni,  intizomlilikni  tartibga  soladi.O‘yin 

qoidalariga amal qilar ekan, do‘st bo‘lishga, bir-birlariga yordam berishga, hamfikr 

bo‘lishga  odatlanadi.  Quvnoq  qo‘shiqlar,  she’rlar,  sanamalar,  turli  topishmoqlar 

asosida  olib  borilayotgan  o‘yinlar  esa  bolaning  lug‘at  boyligini  oshiradi,  nutqini 

rivojlantiradi.

 

 O‘yinlarni tashkil etish asosida o‘yinchoqlar, didaktik tarqatmalar, fikrlashga 



undovchi  ko‘rgazmalar,  turli  mavzulardagi  atributlar,  ta’limiy  o‘yin  muhitini 

yaratuvchi jihozlarning talab darajasidagi bazasi yaratilgan  muhim ahamiyat kasb 

etadi.  O‘yin atributlarini tayyorlashda ishtirok etish, ulardan foydalanishni tashkil 

etish  va  yig‘ishtirish,  joylashtirish  jarayonlari  orqali  kelgusida  bolaga  zarur 

bo‘ladigan  mehnat  ko‘nikmalari  shakllantiriladi.  Shunday    qilib  maktabgacha 

ta’lim tashkilotlarining  pedagogik  jarayonida  o‘yinning  tutgan o‘rni juda katta, 

o‘yindan  maktabgacha    yoshdagi  bolalarni  tarbiyalash  va    ularga  ta’lim  berishda 

keng  foydalaniladi. Zero: 

-    o‘yin  bolalarning    mustaqil    faoliyati  bo‘lib,  unda    bolaning  ruhiyati 

namoyon bo‘ladi; 

-  o‘yin  aqliy  rivojlanish  bilan  birga    axloqiy    sifatlarni  ham  shakllantirish  

omilidir; 

- o‘yin bolalarning  jismonan  sog‘lom  ulg‘ayishlarining  asosiy  vositasidir; 

- o‘yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish  shaklidir; 




 

-  o‘yin bolalarni  har tomonlama tarbiyalash  vositalaridan biridir; 



-  o‘yin ta’lim va tarbiya  berishning  metod va  usullaridir; 

-  o‘yin bolalarni o‘quv  faoliyatiga  tayyorlash vositasidir; 

Bolalar  o‘yini  uning  mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga  ko‘ra xilma-xildir. 

Bolalar  o‘yinlari  quyidagi  ikki  tipga  bo‘linadi: 

 


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish