o‘yinlar sarasiga kiradi. Ushbu o‘yinlar orqali bolalar atrof-muhitdagi buyumli
dunyo haqidagi taasurotlarni aks ettiradilar, maqsadli tarzda turli narsalar
yasaydilar, bunyod etadilar. Qurilish o‘yinlari samarali faoliyat hisoblanib,
bolalarda bunyod etilgan inshootni mavjud buyum va narsalar, inshootning
qurilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan tasavvur bilan qiyoslash, taqqoslash
ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. U bolalarda kuzatuvchanlikni
7
rivojlantiradi. Bu o‘yinda qurilish materiallari turli geometrik shakllardan iborat
bo‘lib, bolalar har bir shakllarni o‘ziga xos xususiyatlarining farqini ajratadilar va
to‘g‘ri joylashga intiladilar. Bunda bolada bilim-ko‘nikmadan tashqari mayda
motorikasi ham rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: