Ertalab - o‘ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o‘yinlar uchun sharoit
yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko‘proq didaktik o‘yinchoqlar, stol
ustida o‘ynaladigan o‘yinlar, rolli-syujetli o‘yinlar, musiqiy o‘yinlar o‘ynagan
ma’qulroqdir.
Sayr davomida - harakatli o‘yinlar, uning ketidan tinch o‘yinlar va qurish
yasash o‘yinlarini tashkil etish foydalidir.
Mashg‘ulotlar davrida – ushbu davrda bolalarga ta’limiy o‘yinlar va rolli-
syujetli o‘yinlar o‘ynagani ma’qulroqdir. Bundan tashqari ushbu davrda ta’limiy
maqsadlarni beruvchi didaktik va xarakatli o‘yinlarni qo‘shish maqsadga
muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |